Tasdiqlayman” O’. I. B. D. O’. A. R. Isayev
VALEOLOGIYANING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Download 1.04 Mb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valeologiya
VALEOLOGIYANING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Salomatlik - inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, inson shaxsining hech kim daxl qila olmaydigan huquqi, samarali ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy shartidir. Har bir inson maktabda o'qib yurgan davridan boshlab butun umri davomida ushbu qoidani yodda saqlashga harakat qilishi zarur: “Inson salomatligi bu - hayotning bosh qadriyati”. Uni hech qanday pulga sotib olib bo'lmaydi, shuning uchun yoshlikdanoq, bola hayotining birinchi kunidan uni saqlash, asrash va mustahkamlab borish zarur. Valeologiya - inson salomatligini saqlash, uni fiziologik, biologik, psixologik va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishni ta’minlab beruvchi, butun organizm va organizm tizimlarining gigiyenik, psixofiziologik zaxiralariga oid kompleks fan yoki fanlararo yo'nalishdir. Boshqa biror fan valeologiya singari inson fenomeni haqidagi ma’lumotlami bunchalik har tomonlama qamrab ololmagan va ololmaydi ham. Inson, uning biologiyasi, genetikasi, fiziologiyasi, psixologiyasi haqida, hayotiy faoliyatining boshqa tomonlari, xususan, organizm holati, uning atrof-muhit bilan o‘zaro harakatini boshqarish, bashorat va tashxis etish bo‘yicha integrallashgan bilimlarni yaratish uchun ma’lumot yuqori darajada yetarli bo'lmaganligi uning (valeologiyaning - ta’kid bizniki) vujudga kelishiga imkoniyat yaratdi. Valeologiya fan sifatida barcha o‘ziga xos belgilari: predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari va metodlariga ega. Shunga qaramay, eng awalo, salomatlik valeologiyaning predmeti sifatida aks etganligi bois uning mustaqil fan (yoki ilmiy yo'nalish) sifatida boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabatlarining umumiy asoslarini aniqlab olish zarur. Xususan, biologiya (umumiy biologiya, genetika, sitologiya va boshqalar) filogenezdagi organizmlarning hayotiy faoliyati qonuniyatlarini tadqiq etadi, inson tabiatidagi evolutsion nuqtai nazarni shakllantiradi, biologik olamning bir butun manzarasini yaratadi. Ekologiya tabiatdan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ta’minlaydi, jamiyatinson- muhitning o‘zaro munosabat xarakterini tadqiq etadi hamda mazkur o‘zaro munosabatlaming qulay modelini ishlab chiqadi, salomatlikning atrof-muhit bilan bog'liq tomonlari haqidagi bilimlarni shakllantiradi. Tibbiyot (anatomiya, fiziologiya, gigiyena, sanologiya va boshqalar) salomatlikni ta’minlashning mezonlari (normativ - belgilangan me’yori)ni ishlab chiqadi, sog’liqni saqlash va mustahkamlash, kasalliklarni davolash va oldini olish bo‘yicha bilimlar va amaliy faoliyat tizimini ta’minlaydi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling