Tasdiqlayman” O’. I. B. D. O’. A. R. Isayev


Kasallik -Bu tibbiy atama bo`lib, organizmda muayyan simptomlar bilan birga kechadigan patologik o`zgarishlarni tavsiflovchi holatni anglatadi. 2.6-ilova


Download 1.04 Mb.
bet7/9
Sana08.03.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1250840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

Kasallik -Bu tibbiy atama bo`lib, organizmda muayyan simptomlar bilan birga kechadigan patologik o`zgarishlarni tavsiflovchi holatni anglatadi.
2.6-ilova
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish maqsadida B/Bx/B usuli bilan ishlash
qoidalarini tushuntiradi va topshiriq beradi.
HAMKORLIKDA O‘QISH JARAYONI VA B/BX/B STRATEGIYASI

BILAMAN

BILISHNI HOHLAYMAN

BILIB OLDIM

Sog’lom turmush tarsi haqida

1.Valeologiya fanining vazifalari,
tibbiyotda tutgan o‘rni.
2.Valeologiyaning tarixi va
rivojlanish bosqichlarini;
3.Valeologiya tasnifi.
4.Hayot darajasi ko‘rsatkichlari.
5.Hayot tuzilishi, hayot uslubi,
hayot sifati tushunchalari.

1.Hayot tuzilishi, hayot
uslubi, hayot sifati
tushunchalari.
2.Abu Ali ibn Sinoning
tibbiyotda tutgan o‘rni.
3.Salomatlik va sog‘lom
turmush tarzining, sportning,
shaxsiy gigienaning unga
ta’siri, ahamiyati.



2.7-lova
NAZARIY MASHG’ULOT BAYONI:
Valeologiya asoslari» fanining maqsadi - talabalarning jismoniy, psixik
salomatligini saqlash, ularda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini hosil qilish, yoshlarni
organizmning reproduktiv funksiyalari bilan tanishtirish, bundan tashqari shaxs va millat
salomatligini saqlash va mustahkamlashni nazarda tutish. Talabani inson salomatligiga
konstruktiv yondashishga o‘rgatish orqali biz salomatlikni saqlash va mustahkamlashning
faol strategiyasini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Inson salomatligi - bu eng
awalo, uzoq umr ko'rish davomida uning yuqori sur’atdagi ishchanlik qobiliyati va
ijtimoiy faolligi, psixik va fiziologik sifatlarini saqlash va rivojlantirish demakdir.
Aksariyat olimlarning fikricha, inson organizmining funksional imkoniyatlari va tashqi
muhitning ijobiy omillariga nisbatan uning barqarorligi butun hayoti davomida o'zgarib
boradi.
Xuddi shu kabi organizmning sog’lomlik holati dinamik jarayon bo‘lib, u
insonning yoshi, jinsi, kasbiy faoliyati, hayot tarzi bilan bog'liqlikda yaxshilanadi yoki
yomonlashadi (salomatlikning zaiflashib ketishi va mustahkamlanishi). Shubhasiz,
valeologiya “salomatlik”, “sog’lom bolish” ma’nolarini bildirib, hozirgi vaqtda sog’lom
avlodni tarbiyalash masalalarini hal etishda zarur o‘rin egallashi shart. Bu o‘rinda
pedagoglarning vazifasi har bir ta’lim oluvchida o'zining va atrofidagilarning
salomatligini saqlash va mustahkamlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan
iborat. Mazkur yondashuv aholining, shu jumladan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning
salomatligini himoya qilish borasida O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga
mos keladi.
Bizning tarbiyaviy tizimimiz (oila, ta’lim muassasalari) har bir bola, o‘smir, yigit-qiz
hamda katta yoshli kishilarda salomatlikning asosiy tarkibiy qismlari hisoblangan faol
harakat rejimi — chiniqish, jismoniy madaniyat va sport bilan shug’ullanishda
ifodalangan sog'lom turmush tarzini tashkil etish ehtiyojini shakllantirishi va
rivojlantirishi zarur.
Ovqatlanish, mehnat va dam olish gigiyenasi, kundalik rejim, shaxsiy va jamoatchilik
gigiyenasi talablariga rioya qilish, atrofimizdagi olam (ekologiya va salomatlik)ni asrash,
yomon odatlarning oldini olish, psixogigiyena talablariga amal qilish tarbiyachi va
tarbiyalanuvchila orasida optimal o‘zaro munosabatlar vujudga kelishi zaruriyatini taqozt
etadi.
Olimlarning fikricha, valeologiya - XXI asr fani. Sog Ion bo‘lish uchun inson
valeologiya fanini albatta o‘rganishi zarur. Valeologiya fanining predmeti hayotning
ustuvor kategoriyas sifatida insonning individual salomatligida aks etadi. Boshqa
fanlardar farqli ravishda u insonning salomatligiga miqdor va sifat jihatdar ta’sir
ko‘rsatib, turli darajalarda - fiziologik, psixologik va ijtimoi] bashorat qilinadigan
mustaqil kategoriya sifatida qaraladi. Mazku fan bo'yicha bilimlarni o'zlashtirish
natijasida talaba salomatlikning asosiy belgilovchi jihatlari: ijobiy motivatsiyaning
rivojlanishi, sog'lon turmush tarzi tamoyillarini egallash orqali shaxsiy salomatlikni
saqlasi va mustahkamlashni baholash imkoniyatiga ega bo'ladi, pedagogil mehnat bilan
shug'ullanish jarayonida esa o‘quvchilarda o‘quv, mehna va dam olish davomida
o'zlarining salomatliklarini saqlash va mustahkamlashga mas’uliyatli munosabat
shakllanadi. Fanning salomatlikning jismoniy, psixik, jinsiy, ijtimoiy, bundan tashqari
individual va jamoatchilikka oid jihatlariga e’tibor qaratadigan “Insor salomatligi” bo'limi
zamonaviy muammo sifatida alohida qiziqisi uyg’otadi. Shuning uchun salomatlikning
shunday jihatlari sifatidc genetik, bioximik, funksional, psixologik, ijtimoiy-ma’naviy,
klinik jamoatchilik salomatligi ko‘rsatkichlari: tug’ilish, o‘lim, kasallanish hayotning
davomiyligi, nogironlik ko'rib chiqiladi. Bunday masalalarg; e’tibor qaratish esa
sog’lomlik darajasi va uni baholash metodlar haqida fikr yuritish imkonini beradi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling