Tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov " " 2022-yil tarix fakulteti "Jahon tarixi" kafedrasi


V.A. Daudov va Muhammad Yusuf elchiligi to‘g‘risida manbalar


Download 0.5 Mb.
bet20/29
Sana03.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1743301
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov ” -fayllar.org

V.A. Daudov va Muhammad Yusuf elchiligi to‘g‘risida manbalar Vasiliy Aleksandrovich Daudov asli fors (eronlik) bo‘lib, 1653-yili Qozonda xristianlikni qabul qilgan, Rossiya davlatining xizmatiga kirgan ham stolnik va voyevoda lavozimida xizmat qilgan
1. M uham m ad Yusuf esa asli m usulm on (tatar). U ham ruslarning xizmatida b o ig a n . 1 А в то б и о гр аф и я В .А .Д ауд ова/Р усски й ар х и в , год 27, 1889. К н .2. С .5—20. 101 Avvalo shuni alohida aytib o ‘tish kerakki, har ikkala elchi—V.A.Daudov va M.Yu.Qosimov Buxorogacha birga borishgan bo'lsalar-da, elchilar m ahkam asidan alohida-alohida topshiriq olganga o ‘xshaydilar, chunki V.A.Daudov va M.Yu.Qosimovga berilgan yo ‘riqnom a (nakaz) bizgacha yetib kelmagan. U 1800-yilgacha Rossiya tashqi ishlar mahkamasining arxivida saqlanar edi. 1806-yili o ‘tkazilgan tekshirish paytida u turgan joyidan topilmagan. Shu sababdan V.A.Daudov va M.Yu.Qosimov qanday vazifalarni ado etganliklarini aniq bilmaymiz. Buni V.A.Daudovning elchilik mahkamasidan olgan yo'riqnomasi (nakaz)dan taxminan bilib olish mumkin. Ular quyidagilar: 1. Buxoro va Xiva xonliklarining Moskva hukum ati bilan diplomatik aloqalarini rivojlantirishga xohishi bormi-yo'qmi, shuni aniqlash; 2. Xonliklarda yashab turgan rus asirlarini ozod qilish; 3. Ikki davlat, Rossiya, Xiva va Buxoro xonliklari o ‘rtasidagi savdo va elchilik karvonlarining xavfsizligini ta ’minlash uchun Kaspiy dengizining kun chiqish tarafida, dengiz sohilidagi Saratosh tepaligida kemalar to'xtaydigan bandargoh qurishga Xiva xonining roziligini olish; 4. Amudaryoning boshi va o ‘zani, daryo sohilida istiqomat qilib turgan xalqlar, ularning mashg'uloti va turm ush tarzi haqida m a ’lumot t o ‘plash; 5. B uxorodan H in d isto n g a olib b oradigan y o 'llar, H in d isto n hukumatining Rossiya bilan savdo va diplomatik aloqalarini o'rnatishga xohishi bor-yo‘qligini M.Yu.Qosimovga berilgan topshiriqda aniqlash. Elchilik Buxoro va Xivada, yo‘lga ketgan vaqtni qo'shib olganda, Buxoroda 1675-yilning 15-mayidan—1676-yil 2-oktabrigacha bo'lgan. M.Yu.Qosimov elchiligiga kelsak, unga Buxorodan Hindistonga olib boradigan yo'llar va Hindiston podshosi Avrangzeb (1658— 1707)ning Rossiya bilan diplomatik aloqalarni o'rnatishga mayli bormi-yo'qmi ekaniigini aniqlab kelish topshirilgan edi. Shuning uchun ham, u Buxoroga kelganidan ko'p vaqt o'tmay, Hindistonga jo'nab ketdi. M.Yu.Qosimov faqat Kobulgacha bordi. «Shoh (Avrangzeb) ulug' podshoh bilan do'stona aloqalar o'rnatishni istamagani» uchun orqaga qaytishga majbur bo'ldi va 1677-yiIi Moskvaga qaytib keldi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling