Tasdiqlayman” O’zbekiston Respublikasi fvv akademiyasi boshlig’i general-mayor R. X. Xaydarov


Download 294.93 Kb.
bet5/9
Sana28.10.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1730344
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-2023 Fizika (unifikatsiya) - namunaviy dastur

Elektrostatika (6 soat)
Elektr zaryadi, zaryadning ikki turi, elementar zaryad. Elektr zaryadning saqlanish qonuni. Jismlarning elektrlanishi. Elektr zaryadlarining o’zaro ta’siri. Kulon qonuni. Zaryad birliklari. Elektr doimiysi. Elektroskop va elektrometrlar, ularning ishlash prinsipi. Elektr maydon. Elektr maydon kuchlanganligi. Kuchlanganlik (kuch) chiziqlari va ularni o’tkazish qoidalari. Sinov zaryadi haqida tushuncha. Nuqtaviy zaryadning elektr maydon kuchlanganligi. Maydonlarning superpozitsiya prinsipi. Elektr maydonini grafik ravishda tasvirlash. Bir jinsli elektr maydon. Elektr maydon induksiya oqimi. Ostragradskiy-Gauss teoremasi. Bir jinsli zaryadlangan cheksiz tekislikning elektr maydon kuchlanganligi. Ikkita har xil ishorali zaryadlangan cheksiz tekisliklarning elektr maydoni. Bir jinsli zaryadlangan shar va sferaning elektr maydoni.
Elektrostatik maydonda o’tkazgichlar. O’tkazgich ichidagi elektr maydon. Elektrostatik maydonda dielektriklar. Dielektrik singdiruvchanlik. Segnetoelektriklar va pyezoelektriklarning qo’llanilishi. Elektr maydonida nuqtaviy zaryadlarni ko’chirishda bajarilgan ish. Potensial. Potensiallar ayirmasi. Elektr maydonidagi nuqtaviy zaryadning potensial energiyasi va uning o’zgarishi bilan ish orasidagi bog’lanish. Potensiallar ayirmasi va kuchlanganlik orasidagi bog’lanish. Nuqtaviy zaryadlarning o’zaro ta’sir potensial energiyasi. Nuqtaviy zaryad, zaryadlangan shar va sferaning elektr maydon potensiali. Ekvipotensial sirtlar.
Elektr sig’imi. Yakkalangan jismning elektr sig’imi. Sig’im birliklari. Elektr sig’imining o’tkazgichni o’rab turgan muhitga bog’liqligi. Kondensatorlar, ularning turlari. Yassi, sferik va silindrik kondensatorlarning sig’imi. Sharning sig’imi. Kondensatorlarni ketma-ket va parallel ulash. Zaryadlangan jism va kondensator energiyasi. Elektr maydon energiyasining zichligi. Kondensatorlarning texnikada qo’llanilishi.

O‘zgarmas tok (6 soat)
Elektr toki. Elektr tokining vujudga kelish shart-sharoitlari. Tokning ta’siri. Tok kuchi va tok zichligi, ularning birliklari. Tok manbayi bo’lmagan zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. Volt-amper xarakteristikasi (VAX). Elektr o’tkazuvchanlik. Elektr qarshilik. Qarshilik birliklari. Solishtirma qarshilik. Metallar qarshiligining temperaturaga bog’liqligi. O’ta o’tkazuvchanlik.
Elektr zanjir. O’tkazgichlarni ketma-ket, parallel va aralash ulash. Tok kuchi, kuchlanish va qarshiliklarni o’lchash. Ampermetrga shunt ulash. Voltmetrda qo’shimcha qarshilik ulash.
Elektr yurituvchi kuch (EYuK). Tashqi (elektrostatik bo’lmagan kuch) kuchlar, ularning tabiati. Butun zanjir uchun Om qonuni. Qisqa tutashuv toki. Kirxgof qoidalari. Tarmoqlangan elektr zanjirlaridagi tok kuchi va kuchlanishlarni hisoblash. Elektr tokining ishi va quvvati. Joul-Lens qonuni. Tok manbalarini ketma-ket va parallel ulash.Tok manbayining quvvati va foydali ish koeffitsiyenti.



Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling