Nisbiylik nazariyasi elementlari (2 soat)
Elektrodinamika qonunlari va nisbiylik prinsipi. Eynshteynning maxsus nisbiylik nazariyasi postulatlari. Vaqtning, masofaning nisbiyligi. Tezliklarni qo‘shishning relyativistik qonuni. Jism massasining tezlikka bog‘liqligi. Massa bilan energiya orasidagi bog‘lanish.
Kvant fizikasi (2 soat)
Yorug`likning kvant nazariyasining vujudga kelishi. Yorug’lik kvantlari. Yorug’lik ta’siri. Fotoeffekt. Fotoeffekt nazariyasi va qonunlari. Eynshteyn tenglamasi. Fotonlar. Ichki fotoeffekt. Fotoeffektning qo’llanilishi. Geliotexnika elementlari. Quyosh energiyasidan foydalanish. Yorug`likning bosimi. Lebedev tajribasi. Yorug`likning kimyoviy ta`siri. Fotografiya. Yorug’lik tabiatini tushuntirishdagi dualizm-yorug’likning to’lqin va kvant xossalari.
Atom fizikasi (2 soat)
Atom tuzilishi. Tomson modeli. Rezerford tajribasi va formulasi. Atomning planetar modeli. Bor postulatlari. Atom spektrlaridagi asosiy qonuniyatlar. Vodorod atomining spektral seriyalari. Balmerning umumlashgan formulasi. Vodorod atomining Bor nazariyasi. Energetik sathlar diagrammasi. Bor nazariyasining qiyinchiliklari. Spontan va majburiy nurlanishlar. Yorug’likning kuchaytirish prinsiplari. Rubin lazerining tuzilishi va ishlash prinsipi. Lazer nurlanishining xossalari. Lazerlarning qo’llanilishi.
Yadro fizikasi (2 soat)
Atom yadrosining tarkibi. Yadroning bog’lanish va solishtirma bog’lanish energiyalari. Radioaktivlik. Radioaktiv yemirilish qonuni. Aktivlik tushunchasi va birliklari. α–yemirilish. β–yemirilish. Siljish qoidalari. Atom yadrosining γ– nurlanishi. Yadro reaksiyalari. Yadro reaksiyalari vaqtidagi saqlanish qonunlari. Termoyadro reaksiyasi. Yadroviy nurlanish dozasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |