Tasdiqlayman” O’zbekiston Respublikasi fvv akademiyasi boshlig’i general-mayor R. X. Xaydarov


Download 294.93 Kb.
bet2/9
Sana28.10.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1730344
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-2023 Fizika (unifikatsiya) - namunaviy dastur

Kinematika (8 soat)
Vektorlar to‘g‘risida ma’lumotlar. Vektorning kattaligi va yo‘nalishi – uning mustaqil va teng kuchli ikki tafsifi. Vektorlarni qo‘shish va ayirish. Ikki vektorni skalar ko‘paytirish. Fizik formulalarni skalar va vektor shaklda yozish. Sanoq sistemasi. Inersial va noinersial sanoq sistemalar. Harakat nisbiyligi. Fizik qonunlarning inersial sanoq tanlashga bog'liq emasligi. Galileyning harakatlar nisbiyligi prinsipining qo'llanilish sohasi. Harakatlarni qo‘shish. Murakkab harakatni mustaqil oddiy harakatlar yig'indisi sifatida tavsiflash imkoniyati.
To‘g‘ri chiziqli tekis harakat. To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda tezlik, yo‘l formulasi, tezlik va yo‘l grafiklari, koordinatasning vaqtga bog‘liqlik grafigi. To‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat. Tekis o‘zgaruvchan harakatda o‘rtacha va oniy tezlik, tezlanish formulasi, tezlanish va tezlik grafiklari, koordinataning vaqtga bog‘liqlik grafigi va trayektoriya tenglamasi.
Erkin tushish va yuqoriga otilgan jism harakati, harakat tenglamalari. Egri chiziqli harakat. Aylana bo‘ylab tekis va notekis harakat. Chiziqli va burchak tezlik. Aylanish chastotasi va davri. Burchak tezlikning chastota va davrga bog‘liqligi. Aylanma harakatlarni friksion, tishli va tasmali uzatishlar. Burchak va tangensial (urinma) tezlanish.
Murakkab harakat. Harakatlarning mustaqil tashkil etuvchisi. Gorizontal otilgan jismning harakati. Uchish uzoqligi, uchish vaqti, trayektoriyasi tenglamasi. Gorizontga qiya otilgan jismning harakati. Uchish vaqti, uchish uzoqligi, maksimal ko‘tarilish balandligi. Normal va tangensial tezlanishlar, egrilik radiusi, trayektoriya tenglamasi.


Dinamika (6 soat)
Dinamikaning asosiy vazifasi. Nyutonning birinchi qonuni. Inersiya qonuni. Nyutonning ikkinchi qonuni. Kuch va uning vektor tavsifi. Kuchlarning teng ta’sir etuvchisi. Massa tushunchasi. Moddaning zichligi. Nyutonning uchinchi qonuni. Mexanikada kuchlarning turlari. Tayanchning reaksiya kuchi. Prujina va ipning taranglik kuchi. Elastik kuchlar va ularni vujudga keltiruvchi sabablar. Mutlaq elastik deformatsiyalar. Mutlaq elastik prujinalar va iplar uchun Guk qonuni. Mutlaq va nisbiy uzayish, kuchlanish, Yung moduli, mustahkamlik chegarasi.
Gravitasiya kuchi. Butun olam tortishish qonuni. Gravitatsion doimiy, uni tajribaviy yo‘l bilan aniqlash. Jismning Yerga tortilish kuchi (og‘irlik kuchi). Erkin tushish tezlanishi va uning jism bilan Yer markazi orasidagi masofaga bog‘liqligi. Gravitatsion maydon. Birinchi, ikkinchi va uchinchi kosmik tezliklar. Jism og‘irligi. Og‘irlikning jism harakati turlariga bog‘liqligi. Vaznsizlik. Yuklanish. Kosmik kema-yo‘ldoshlarda vaznsizlik.
Ishqalanish kuchlari va uni vujudga keltiruvchi sabablar. Tinchlikdagi ishqalanish kuchi. Sirpanish ishqalanish kuchi. Dumalanish ishqalanish kuchi. Dumalanish va sirpanish ishqalanish koeffisientlarini taqqoslash. Havoning qarshilik kuchi. Havo qarshilik kuchining jism tezligiga bog‘liqligi. Jismning bir necha kuch ta'sirida harakati.



Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling