Tasdiqlayman” O’zbekiston Respublikasi fvv akademiyasi boshlig’i general-mayor R. X. Xaydarov
Molekulyar-kinetik nazariya (4 soat)
Download 294.93 Kb.
|
2-2023 Fizika (unifikatsiya) - namunaviy dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termodinamika asoslari (2 soat)
- Suyuqlik va qattiq jismlarning xossalari (4 soat)
Molekulyar-kinetik nazariya (4 soat)
Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy qoidalari va ularning eksperemental asoslari. Avogadro doimiysi. Nisbiy molekular massa. Modda miqdori. Molekula massalari va o‘lchamlari. Broun harakati. Diffuziya. Modda atomlari va molekulalarining o‘zaro ta’siri, uning tabiati. Molekulalarning o‘zaro ta’sir potensial energiyasi. Moddalarning gaz, suyuq va qattiq holatlari. Ideal gaz. Ideal gaz molekular-kinetik nazariyasi va uning asosiy tenglamasi. Temperatura – molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasining o‘lchovi. Temperatura shkalasi. Bolsman doimiysi va uning ma’nosi. Molekulalar issiqlik harakatining o‘rtacha tezliklari. Gaz molekulalarining tezligini o‘lchash. Shtern tajribasi. Ideal gaz holat tenglamasi. Universal gaz doimiysi. Avogadro qonuni. Dalton qonuni. Ideal gazlarda izojarayonlar. Boyl-Mariott qonuni. Gey-Lyussak qonuni. Sharl qonuni. Gaz jarayonlarining texnikada qo‘llanishi. Termodinamika asoslari (2 soat) Ichki energiya. Ideal gazning ichki energiyasi va uni o‘zgartirish usullari. Issiqlik miqdori. Issiqlik sig‘imi. Issiqlik balansi tenglamasi. Gaz hajmi o‘zgarganda bajariladigan ish. Termodinamikaning I qonuni. Izojarayonlar uchun termodinamikaning I qonuni. Adiabatik jarayon, uning grafigi. Mayer formulasi. Qaytar va qaytmas jarayonlar. Tabiatdagi jarayonlarning qaytmasligi va ularning tushuntirilishi. Issiqlik dvigatellari. Karno sikli. Issiqlik dvigatellarining maksimal FIKi. Sovutgich mashinalar. Issiqlik dvigatellari va ekologiya. Termodinamikaning II qonuni. II turdagi abadiy dvigatelning bo‘lmasligi. Suyuqlik va qattiq jismlarning xossalari (4 soat) Suyuqlik va gazlarning o‘zaro aylanishi. Suyuqliklarning bug‘lanishi. Kondensatsiya. Suyuqlik bilan bug'ning muvozanati. To‘yingan va to‘yinmagan bug‘lar. Kritik holat. Kritik temperatura. Qaynash. Qaynash temperaturasining tashqi bosimga bog‘liqligi. Solishtirma bug‘lanish issiqligi. Havoning namligi. Absolut va nisbiy namlik. Shudring nuqtasi. Gigrometrlar. Psixrometr. Suyuqlik xossalari. Sirt taranglik. Sirt qatlamining molekular manzarasi. Sirt energiyasi. Sirt taranglik kuchi va uni o‘lchash. Qattiq jism-suyuqlik chegarasidagi hodisalar. Ho‘llash va ho‘llamaslik. Menisk. Kapillar hodisalar va uning qo'llanilishi. Qattiq jismlarning tuzilishi. Kristall panjara va ularning turlari. Polikristallar va monokristallar. Qattiq jismlarda deformatsiya. Deformatsiya turlari.Plastiklik va mo‘rtlik. Amorf jismlar. Kristall va amorf jismlarning erishi va qotishi. Kristallizatsiya. Solishtirma erish issiqligi. Qattiq jism va suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi. Chiziqli kengayish va hajmiy kengayish koeffitsiyentlari, ular orasidagi bog‘lanish. Qattiq jismlarning va suyuqliklarning issiqlikdan kengayishini hisobga olish va texnikada qo‘llanilishi. Download 294.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling