Turli muhitlarda elektr toki (2 soat)
Qarshilikni o’tkazgichning tabiatiga, o’lchamlariga va temperaturaga bog’liqligi. Bir jinsli bo’lmagan zanjir uchun Om qonuni. Elektrolitlarda elektr toki. Elektroliz. Faradey qonunlari. Gazlarda elektr toki. Vakuumda elektr toki. Elektron emissiya va uning turlari. Yarimo’tkazgichlarda elektr toki. Yarimo’tkazgichlarda xususiy va aralashmali o’tkazuvchanlik.
Magnit maydon (2 soat)
Toklarning magnit maydoni. Magnit maydonida tokli kontur. Magnit maydon induksiya vektori, uning yo’nalishi, birligi. Tokning magnit momenti. Magnit maydon uchun superpozitsiya prinsipi. Magnit maydon induksiya chiziqlari (kuch chiziqlari). Bio-Savar-Laplas qonuni. Amper kuchi. Harakatlanayotgan zaryadli zarrachalarga magnit maydonining ta’siri (Lorens kuchi) Tokli o’tkazgichning magnit maydonida ko’chirilishida bajarilgan ish. Zaryadlangan zarrachalarning bir jinsli elektr va magnit maydonlaridagi harakati. Elektr o’lchov asboblari. Tezlatgichlar haqida tushuncha.
Elektromagnit induksiya (2 soat)
Elektromagnit induksiya qonuni. Lens qoidasi. Magnit maydon oqimi. Magnit maydon oqimi birliklari. Uyurmaviy elektr maydon. Harakatlanayotgan o’tkazgichlarda induksiya EYuK. O’zinduksiya. Induktivlik. O’zaroinduksiya. Magnit maydon energiyasi va energiya zichligi. Elektr va magnit maydonlarning nisbiyligi. Elektromagnit maydon haqida tushuncha. Amperning molekulyar toklar nazariyasi. Moddalarning magnit xossalariga ko’ra turlari: diamagnetiklar, paramagnetiklar va ferromagnetiklar.
Mexanik tebranishlar va to‘lqinlar (2 soat)
Mexanik tebranishlar. Matematik va prujinali mayatniklar. Garmonik tebranishlarning parametrlari. Vektor diagrammalar. Real tebranishlar. So’nuvchi tebranishlar. Majburiy tebranishlar. Rezonans. Ko’ndalang va bo’ylama to’lqinlar. To’lqin uzunligi. To’lqin tezligi. Yassi to’lqin tenglamasi. To’lqin energiyasi. Tovush to’lqinlari, tezligi, qattiqligi, balandligi. To’qinlar interferensiyasi. Turg’un to’lqinlar. To’lqin difraksiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |