Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли
Download 1.22 Mb.
|
Kitob 4595 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Halqaro va milliy tajriba: qiyosiy tahlil
2.2.4-jadval"Kafolat" DASKning Analitik koeffistientlari
manba: "Kafolat" DASK ma’lumotlari Jadvaldan sug`urta kompaniyasi "Kafolat" DASKning ma’lumotlarini tahlil qilishimiz mumkin .2010y ma’lumotlariga ko’ra O’zRning sug`urta bozorida 32 sug`urta kompaniyalari faoliyat ko’rsatmoqda. Shulardan 25 – umumiy sug`urtalashda 1-hayotni sug`urtalash,1-qayta sug`urtalash kompaniyasidir. Halqaro va milliy tajriba: qiyosiy tahlilBryusseldagi falokatlar bo’yicha tadqiqot markazi ma’lumotlariga qaraganda so’nggi 30 yil ichida dunyoda tabiiy ofatlardan 36 millionga yaqin kishi xalok bo’ldi, 3 milliard kishi jabrlandi, umumiy iqtisodiy zarar 340 milliard dollarni tashkil etdi. Oddiy xisob-kitoblarga qaraganda falokatlar, avariyalar tabiiy ofatlar natijasida har yili ikki millionga yaqin kishi xalok bo’ladi, hamda bir necha o’n million kishi zararlanadi va jaroxat oladi. Ayni vaqtda jaxon iqtisodiyotida ishlab chiqarilgan yalpi maxsulotlarning taxminan 4-5 foizining bevosita va bilvosita zararlar tashkil qiladi. O’tgan asrning 1998 yilining o’zida jaxonda falokatli oqibatlar keltirgan 538 tabiiy ofat yuz berdi va ellik minga yaqin kishi xalok bo’ldi, 126 million kishi jabrlandi va o’z istiqomat joylarini tashlab ketishga majbur bo’ldi. Dovullar, bo’ronlar, er kuchishi, to’lqinlardan 300 million kishi jabrlandi. Xulosa qilib aytganda nobudgarchiliklarni o’rnini qoplash uchun 90 milliard dollardan ko’proq mablag` sarflandi. Keltirilgan raqamlar jaxon miqyosida barcha mamlakatlarda sug`urtalash katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Agarda, sug`urtalash barcha mamlakatlarda bir tekisda amalga oshirilganda edi, sug`urta pulining anchagina qismi ogoxlantirish, oldini olish tadbirlariga sarflangan bo’lar edi. Ushbu omillar sug`urtaning xalqaro miqyosidagi ulkan ahamiyatini kursatib beradi. Shu bilan birga jaxonda sug`urtalash etarli darajada rivojlanmaganini ko’rsatadi. Xozirda o’z sug`urta tizimiga ega bulmagan mamlakatni izlab topish qiyin. Ayrim Afrika mamlakatlarida milliy sug`urta ishlarini xorijiy mamlakat sug`urta kompaniyalari bajaradi. AqShning sanoatlashgan shaharlaridan tortib, Osiyo va Afrikaning ichkarisidagi kichik mamlakatlarigacha, Xitoyda, Xindistonda, Avstraliyada sug`urtaning turli shakllari joriy qilingan. Biz sug`urta tashkilotlari XVII asrda Angliyada kurtak ota boshlaganligini ko’rsatgan edik, XVIII asrda sug`urta Angliyadan Rossiyaga ko’chgan, dastlab xorijiy sug`urta tashkilotlari, keyinchalik, milliy sug`urta tashkilotlari barpo qilingan. XIX asr oxirlarida Turkistonda uning filiallari qad ko’targan, XIX asrlarda jaxon mamlakatlarida sug`urtaning bir tekisda rivojlanmaganligi sabab, mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi bir xil bo’lmaganligidir. Iqtisodiyoti tez rivojlangan mamlakatlarda sug`urtaning rivojlanish sur’ati sekin bulmagan, mamlakatdagi xususiy monopolistik tashkilotlarning va korxonalarning iqtisodiy taraqqiyoti sug`urtaning tez rivojlanishiga imkoniyatlar yaratib bergan, lekin jaxon mamlakatlarida sug`urtaning xalqaro xisoboti eksport va import kabi namunali yo’lga quyilmagan. Shu sababli har bir mamlakatning jaxon sug`urta tizimidagi o’rni haqida batafsil ma’lumotlarga jaxon bo’yicha qoplangan zararlarni umum miqdorini xisoblab chiqish imkoniyatiga ega emasmiz, lekin ko’rsatkichlar ham jaxon sug`urtasi haqida batafsil ma’lumot berishi qiyin, o’rtacha kursatkichlar esa aniq tasavvur bermaydi. Sug`urta haqida ilmiy jixatdan tasavvur beradigan kursatkich har bir mamlakatdagi sug`urta badali sug`urta mukofotining miqdoridadir. Aniqrog`i bu ko’rsatkichning milliy daromad va ijtimoiy maxsulotda tutgan o’rni, qolaversa sug`urta badalining jon boshiga qanchadan to’g`ri kelishi, shuningdek sug`urta tashkilotlarining soni orqali ifodalanishidadir. Sug`urta tashkilotlarining soni jixatidan AqSh, Angliya va Kanadani peshqadam deb kursatsak, mubolag`a qilmagan bo’lamiz. Ushbu mamlakatlarda sug`urta xissasi jaxon sug`urta to’lovlarining 40% dan ortig`ini tashkil qiladi. Evropa mamlakatlarida 30% ortiq, Osiyo mamlakatlari 25 %, Afrika mamlakatlarida esa 1,0% atrofida. Keltirilgan raqamlar ancha eskirgan, lekin keyingi yillarda Pokiston, Xitoy va boshqa mamlakatlarda sug`urtaning rivojlanishida ancha siljish bo’lganligini kursatib o’tish kerak. Sug`urta to’lovining jon boshiga qanchadan to’g`ri kelishi ham bizning xulosalarimizni tuldirishi mumkin. Bu kursatkich bo’yicha Shvestariyada 2,4 ming, Amerikada 1,8 ming dollar, Xitoyda atigi 2,4 dollarga to’g`ri keladi. Shunday qilib jaxon mamlakatlarida sug`urtaning turlicha rivojlanishiga sabab bir tomondan tabiiy ofatlar va baxtsiz xodisalarni har bir mamlakatlarning sharoitiga qarab turli muddatlarda va miqyoslarda takrorlanib turishi bulsa, bu mamlakatlarda qishloq xo’jaligida asosiy o’rinni egallagan, dexqonlarning sug`urta imkoniyatlaridan foydalanishlari uchun etarli sharoitlarga ega emasliklaridadir. 90-yillarga qadar jaxon miqyosida shaxsiy sug`urtaning xissasi mol-mulk sug`urtasiga nisbatan ancha ortiq edi. 90-yillardan keyin shaxsiy sug`urta dinamikasida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mulk sug`urtasiga nisbatan shaxsiy sug`urtaning ustun rivojlanishi davom etmoqda. BMTning 90-95 yil ma’lumotlariga qaraganda qit’alar va mamlakatlar bo’yicha shaxsiy sug`urtaning xissasi quyidagicha: ( 2.3.1 –diagramma) ( 2.3.1 –diagramma) Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling