Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли
O’zbekistondagi yirik sug`urta kompaniyalari renkingi
Download 1.22 Mb.
|
Kitob 4595 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug`urta bozorini boshqarish mexanizmlari va uning elementlari.
O’zbekistondagi yirik sug`urta kompaniyalari renkingi2.1.1-jadval
Manba: export@uzbekinvest.uz Jadvaldan ko’rinadiki, ulardan eng yiriklari davlat mulki ishtirokidagi sug`urta kompaniyalari bo’lib, ular "O’zagrosug`urta" DASK, "Kafolat" DASK, "O’zbekinvest" EIMSK, va "Madad" sug`urta agentliklaridir. Jaxondagi rivojlangan mamlakatlarda yig`iladigan sug`urta tushumlarining kariyb 40 foizidan ortigi AqSh xissasiga to’g`ri keladi. Mintakaviy sug`urta bozori deganda, savdo-iktisodiy va boshqa jixatlardan uzaro yakin munosabatda bulgan bir nechta mamlakatlar hududlarini kamrab oluvchi bozor tushuniladi. Xalkaro sug`urta bozori sifatida dunyo mikyosida sug`urta faoliyatini olib boruvchi mamlakatlarning sug`urta bozori tushuniladi. Sug`urta bozori bozor munosabatlari sub’ektlarining mustakilligini, ularning sug`urta xizmatlari oldi-sotdisi bo’yicha teng xukukli hamkorligini kuzda tutadi. Sug`urta bozorining sub’ektlari quyidagilardan iborat: Uz manfaatlaridan kelib chikib sug`urta ximoyasi bo’yicha xizmatlarni sotib oluvchilar (sug`urtalanuvchilar); Bunday xizmatlarni ishlab chikaruvchi va sotuvchilar (sug`urtalovchilar); Mazkur shaxslar urtasidagi vositalar (sug`urta agentlari va brokerlar); Sug`urtalangan shaxslar; Manfaatdor shaxslar (naf oluvchilar); Uchinchi shaxslar. Ichki sug`urta bozorini moliyaviy tarkibini sug`urta tashkilotlarining moddiy va moliyaviy resurslari tashkil kiladi. Sug`urta bozorining asosiy vazifasi sug`urta xizmatlariga talabni shakllantirish (marketing, reklama), shartnomalar tuzish va sug`urta polislarini sotish, maksadga muvofik va egiluvchan tarif siyosatini olib borish, uz infra-tuzilmasini tartibga solish xisoblandi. Sug`urta bozorini boshqarish mexanizmlari va uning elementlari.Aytib o’tganimizdek Respublikada sug`urta bilan sug`urta tashkilotlari va turli shakldagi agentliklar shug`ullanishadi. Faqat davlat va davlat akstionerlik kompaniyalari sug`urtaning 35 turi bilan shug`ullanishadi. Sug`urta turlarining har biri o’z ob’ektiga, o’z sub’ektiga va har xil tariflarga ega. Shuning uchun sug`urta ishini tashkil etishda sug`urtaning bu turlarini guruhlash katta ahamiyatga egadir. Sug`urtani guruhlash quyidagi yo’nalishlar bo’ylab amalga oshiriladi: 1)hudud bo’ylab sug`urtalash; 2)davlat va xususiy sug`urta tashkilotlari yordamida sug`urtalash; 3)mulk turlari bo’yicha sug`urtalash; 4)xavf-xatar turlari bo’yicha sug`urtalash; 5)majburiy va ixtiyoriy sug`urta. Ana shu guruhlarni ko’rib chiqamiz. hudud bo’yicha sug`urtalash – alohida xududda sug`urta ishini tashkil etish bilan amalga oshiriladi. Sug`urta to’g`risidagi qonunning chiqishi bilan bizning kompaniyalarimizning sug`urtalanishi to’la bekor qilindi. Mulkchilik turlari bo’yicha sug`urtalanish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi: -mulkni sug`urta qilish; -shaxsiy sug`urta; -javobgarlik sug`urtasi; -tadbirkorlik xavf-xatarini sug`urta qilish. Bu yo’nalishlar bo’yicha sug`urtaning o’nlab sug`urtasi amalga oshiriladi. Sug`urtaning bu turlari asosan ixtiyoriy hisoblanadi. Xavf-xatar turlari bo’yicha sug`urta – bu asosan mulk sug`urtasiga tegishlidir va ular quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi: -olovdan sug`urta qilish; -qishloq xo’jaligini sug`urta qildirish; -avtotransport vositalarini sug`urta qilish. Majburiy va ixtiyoriy sug`urta. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 914-moddasiga va sug`urta to’g`risidagi qonunning 4,5-moddalariga muvofiq sug`urta majburiy va ixtiyoriy bo’lishi mumkin. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling