Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi jahon bozoriga integrastiyalashuv sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyat rivojlantirishdagi sug`urta siyosatining islohotlar natijalarini tahlil qilish asosida uni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash, inqirozdan chiqish sharoitida O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va rag`batlantirishni takomillashtirishda sug`urta siyosati yuzasidan amaliy takliflar va tavsiyalar berishdan iboratdir. Maqsadga erishish yo’lida ilmiy izlanish oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi
* Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasining mohiyati va asosiy shakllari.
|
* Tashqi iqtisodiy aloqalar va ularning amalga oshirilish yo’llari
|
O’zekiston tashqi iqtisodiy faoliyatida bo’lgan asosiy o’zgarishlar
Sug`urta bozorining va uning tarkibiy tuzilishi
Sug`urta bozorini boshqarish mexanizmlari va uning elementlari.
Halqaro va milliy tajriba: qiyosiy tahlil
O’zRda sug`urta biznesi taraqqiyotining moliyaviy masalalari
O’zekiston import va eksport salohiyatini oshirishda sug`urta siyosati va
|
«O’zbekinvest»ning ahamiyati
* O’zekiston sug`urta siyosati investistion loyihalarning himoya omili sifatida shakllanishi
Bitiruv malakaviy ish mavzusining tadqiq etilganlik darajasi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning nazariy-uslubiy asoslari A. Elyanov, Ann Xarrison, Piter N. Lindert, A.P. Kireev, N.A. Miklashevskaya, A.V. Xolopov va boshqa bir qator chet ellik olimlarning asarlarida batafsil o’rganilgan. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni, jumladan sug`urta siyomatini boshqarish va rivojlantirish masalalari o’zbek iqtisodchi olimlari: A.O’lmasov, N. To’xliev, S.S. G`ulomov, J.Jalolov, A.Alimov, Bekmurodov A.Sh., G.G. Nazarova, N. Sirojiddinov va boshqalar tomonidan ham o’rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |