Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet140/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Mavzu: _________________________________________________________________
_________________________________________________________________________
Alkogolizm (surunkali ichkilikbozlik, araqxo‘rlik) tez-tez va ko‘miqdorda spirtli ichimliklar iste’mol qilish oqibatida kelib chiqiunga hirs qo‘yish bilan kechadigan surunkali kasallik hisobla Bosh og‘rig‘i kishida somatik va ijtimoiy oqibatlar bilan o‘tadi. Alkogolizm sabablari spirtli ichimliklar ichishdir. Alkogolizm rivojlanish davrida odamlarga xushchaqchaqlik, ruhiy kayfiyat, ko‘tarinkilik, quvnoqlik beradi. Alkogol ichilganda odamning markaziy asab tizimi faoliyatiga tez ta’sir qiladi, bunda oliy asab faoliyati izdan chiqadi. Ichkilik ichgan odamda diqqat-e’tibor susayib, u harakatlarini yo‘qotib qo‘yadi. Bunda aqliy ish qobiliyati buziladi, qattiq gapirib, maqtanchoqlik qiladi. Bularning hammasi oddiy mastlik holatiga olib keladi. Mastlik - bu alkogol bilan o‘tkir zaharlanish bo‘lib, spirtli ichimliklarning psixotrop ta’siridan kelib chiqadi. Bu insonning ruhiy, vegetativ asab buzilishlariga olib keladi.
Klinik manzarasi. Mastlikning quyidagi turlari mavjud:
I. Oddiy mastlik holati, uning 3 darajasi bor. 1. Yengil darajasida kayfiyatning ko‘tarilishi, tetiklik, mamnunlik, shirin xayollar paydo bo‘ladi. Bunda nutqning baland bo‘lishi, tezlashishi, imo- ishoralarning jonlanishi, harakatda aniqlikning yo‘qolishi bilan xarakterlanadi. Bu darajada ichgan odamlarda bajarayotgan ishining hajmi, sifati pasayadi. Vegetativ belgilardan: yuzning qizarishi yoki oqarishi, jinsiy maylning oshishi namoyon bo‘ladi. Mastlikning yengil darajasida barcha voqealar bemorning xotirasida saqlanib qoladi. 2. 0‘rtacha og‘ir darajasida ko‘tarinki kayfiyat, jahldorlik, tajanglik, tez xafa bo‘lish hollari kuzatiladi. Mast kishi o‘z qobiliyatini yuqori baholaydi, o‘z-o‘zini tanqid qilishi pasayadi, harakatning chuqurroq buzilishi, ataksiya va dizartriya namoyon bo‘ladi. Fikrlashning susayishi, nutqning sekinlashuvi, bir so‘zni qayta-qayta takrorlashi paydo bo‘ladi. Bemorning diqqat-e’tibori pasayadi. 3. Mastlikning og‘ir darajasida karaxtlik belgilari paydo bo‘lib, koma holatiga tushadi. Bunda bemorlarda muvozanat buziladi, mushaklar atoniyasi, animiya, dizartriya belgilari namoyon bo‘ladi. Bemorlarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, nafas olish va yurak-qon tomir faoliyatida o‘zgarishlar bo‘ladi. Natijada qoi-oyoqlarning sovuq qotishi, ko‘karib qolishi, haroratning pasayishi, tutqanoq xurujlari paydo bo‘lib, ixtiyorsiz siyib yuborish va axlat chiqishi kuzatiladi. Mastlik holatining bu darajasida kishi xotirasi butunlay saqlanmaydi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling