Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet161/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Mavzu: _________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________

Ko‘ruv a’zosi patologiyasining 20% ini shikastlanishlar taslikil etadi. Agar shikastlanish juda kuchli bo‘Isa, ko‘rish keskin pasayib, hatto ko‘r bo‘iib qolish ham mumkin. Keyinchalik ko‘z ko‘rib ketadimi-yo‘qmi, shikast ta’sirida ko‘zga tashlanadigan nuqsonlar bo‘ladimi-yo‘qmi bularning hammasi ko‘rsatiIadigan birinchi tibbiy yordamga, qolaversa, umumiy yordamga bog‘Iiq bo‘ladi. Shuning uchun har bir hamshira ko‘ruv a’zosi shikastlari haqida yaxshi bilimga ega bo‘lishi, to‘g‘ri va tez yordam ko‘rsata olishi kerak.


Shikastlar ishlab chiqarishda (sanoat va qishloq xo‘jaligida), uy sharoitida, bolalarda, harbiylarda, sport ustalarida hamda boshqa tarmoq sohalarida boiadi. Ko‘ruv a’zosi mexanik, kimyoviy, termik va nur ta’sirida sliikastlanadi. Joylashuviga qarab shikastlanisMar ko‘z soqqasidagi, yordamchi apparatlardagi (qo- voq, kon’yunktiva, ko‘z yoshi yo‘lIari, muskullaridagi, ko'z ko- sasidagi) shikastlarga bo‘linadi. Shikastlanish sabablarini har doim sinchiklab o‘rganish kerak (qachon, nima bilan, qayerda, yordam ko‘rsatildimi, agar ko‘rsatilgan boMsa, nimalar qilindi va h. k.), ko‘rish pasaydimi, yo‘qmi, degan savollarga javob topish lozim. Tibbiy hujjatlarni toiiq yozib, bemor tekshirilib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgach, qihngan muolajalar aytiladi va kerak bo‘lsa, statsionarning ko‘z kasalhklari bo‘limiga yuboriladi. Bunday bemor tibbiy muassasaga ilk murojaat qilganida eng birinchi navbatda aniqlanadigan narsa— jarohat turidir. Jarohatlar quyidagilarga bo‘Unadi: a) kontuziyalar (to‘mtoq shikastlar); b) yaradorlik; d) kuyishlar.
Demak, ularning turiga qarab shoshilinch yordam ko‘rsatiladi, bunda har bir jarohatlanuvchining ko‘rish o‘tklrligi tekshiriladi, maxsus jadvallar bo‘lmasa, taxminiy tekshiruv o‘tkazilishi ham ' mumkin. Masalan, bemorga uzoqqa qarang, deb aytiladi, oldin sog‘ ko‘z bilan, keyin shikastlangan ko‘z bilan yoki xuddi shu tartibda kitob o'qitliriladi. Agar ikkala ko‘z bir xil ko‘rsa, demak ko‘rish pasaymagan. Bemorda ko‘z iehi bosimi barmoqlar yordamida paypaslab tekshiriladi.
KONTUZIYALAR
Kontuziya — bu to‘mtoq shikastlanishdir. Yaradorlikdan asosiy farqi — to‘qimalarning butun, ya’ni shikastlanmagan bo'lishidir (ko‘ruv a’zosida yiitilgan, yorilgan, teshilgan joylar bo‘lmaydi). Kontuziya yordamchi qismda (qovoq, kon’yunktiva, ko‘z yoshi yoMlarida, ko‘z kosasida) va ko‘z soqqasining o‘zida bo‘lishi mumkin. Ko‘z soqqasi kontuziyasi ko‘rishning pasayi- shiga, hatto ko‘rlikka olib kelishi mumkin. Agar bemoming ko‘zida kontuziya tashxisi qo'yilsa, ikkinchi hai qilinadigan masala— uning darajasini aniqlashdir.
Kontuziyaning uchta darajasi bor: yengil, o‘rta va og‘ir.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling