Yengil darajadagi kontuziya. Yengil darajadagi kontuziyada ko‘rish pasaymaydi, vujudga keladigan kosmetik (ko‘zga ko‘rina- digan) o'zgarishlar keyinchalik izsiz o‘tib ketadi. Bu kasallik poiiklinikada davolanadi.
Yengil darajadagi kontuziyaga quyidagilar kiradi;
Teri ostiga qon quyilishi (erta va kechki gematoma). Erta gematoma shikast kuni yoki ertasiga paydo bo‘ladi (zatyaraqdagi 62- rasmga qarang). Kechki gematoma bo‘lsa, 2—3 kundan keyin paydo bo‘lib, u miyaning asosi singanligining belgisi hisoblanadi va neyrojarrohlikda davolaniladi.
Qovoq yoki ko‘z olma kon’yunktivasining tagiga qon quyilishi. Agar qon quyilish juda katta bo‘lsa, ko‘z ichi bosimini (KIB) barmoqlar bilan tekshirish kerak. Kontuziyada KIB normada bo‘ladi. Agar KIB past bo‘lsa, bemomi ko‘z kasalliklari boMimiga yuborish kerak.
Shox pardaning erroziyasi (yuzaki qavatining shilinishi). Bu shox pardaga qo‘l tegib ketganda (tirnoq), daraxt shoxi kirib o‘tsa, ko'zga yot jism tushib, qattiq ishqalaganda, kontakt linza yaxshi joylashmaganda, payvandlash vaqtida, ko‘zga kimyoviy modda sachraganda vujudga kelishi mumkin. Bunda ko‘zda qattiq og'riq, yoshlanish, nurga qarolmaslik, qovoqlarning qizarib shi- shishi, hatto ko‘zning qattiq yumilib qolishi va ko‘z olma kon’yunktivasining qip-qizarib ketish holatlari kuzatiladi. Shox pardada oddiy ko‘z bilan qaraganda erroziya ko‘rinmaydi, ya’ni
118
shox parda yaltirab turaveradi. Kon’yunktival xaltachaga bo‘yoq tomizilganda (kollorgol, flyuoressein), qirilgan joy ko‘zga tashlanadi (zarvaraqdagi 63- rasmga qarang). Erroziyada dezin- feksiyalovchi tomchilar, 1% li xinin, solkoseril geli yoki ko‘z malhami tez-tez (har 2 soatda) tomizilib turiladi. Shu orqali erroziya 2—3 kunda bitadi.
Birinchi yordam shikast yetgan zahoti ko‘z sohasiga muz xaltachasi qo‘yilishidan boshlanadi. Agar shunga qaramay gematoma yoki kon’yunktivadagi qon quyilishi kattalashib ketaversa, ko‘zga 0,1% И adrenalin tomiziladi va umumiy qon to‘xtatuvchi vositalardan qilinadi (vikasol, askorutin, ditsinon, kalsiy xlor). Agar bemor shifokorga shikastning ertasiga murojaat qilsa, muzli xaltacha qo‘llanilmaydi, hech narsa qilinmasa ham o‘zi so‘rilib ketadi. Qonning tezroq so‘rilib ketishi uchun kuniga 3—4 mahaldan kon’yunktival xaltaehaga 3% li kaliy yod tomiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |