Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet59/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Klinik holati va simptomlar. Tana vaznining o‘zgarishi max- sus bo‘lmagan simptom hisoblanadi, lekin endokrinologik patologiya- da ko‘p kuzatiladi. Kuchayib boradigan ozish holati qalqonsimon bez funksiyasi oshganda kuzatilsa, semirish holati aksincha, qalqonsimon bez funksiyasi pasayganda kuzatiladi.
Muskullar kuchsizligi. Muskullar kuchsizligi tufayli bemorlar harakatlana olmaydi yoki qiyin harakatlanadi, yutinish va gaplashishi qiyinlashadi. Bunday holat diffuz toksik buqoqda, gipotireozda, qandli diabetga chalingan kasallarda kuzatiladi. Nerv tizimi funksiyasining o‘zgarishi endokrinologik patologiyada asosiy simptom hisoblanadi. Qalqonsimon bez funksiyasi oshganda bemorlarda psixoemotsional o‘zgarishlar: o‘ta ta’sirchanlik, tez asabiy- lashish, o‘zgaruvchanlik, ko‘p gapirish va b. Qalqonsimon bez funksiyasi pasayganda atrofdagilarga qiziqish ka- mayadi, beparvolik, bo'shanglik paydo bo‘Iadi, xotira buziladi, nutqi va harakatlari sustkash bo‘lib qoladi. Qandli diabetda ko‘pincha markaziy va periferik nerv tizimi zararlanadi. Bemorlarda bosh og‘rig‘i paydo bo‘lib, uyqu buziladi, po- linevritlar (oyoqlarda og‘riq, sezgi pasayishi, boldir muskullari titrashi) boshlanadi. Chanqash va poliuriya qandli va qandsiz diabetning asosiy simpto- mi hisoblanadi. Bu simptom qonda qand miqdori oshishi bilan kuza­tiladi. Ovqat hazm qilish funksiyasi buzilishi, ishtaha oshishi semirgan kasallarga, qandli diabetlarga, qalqonsimon bez funksiyasi oshishiga xosdir. Qorinda og'riq, ko‘ngil aynishi, qayt qilish - giperglikemik koma, tireotoksikozning ko‘p kuzatiladigan simptomlaridandir. Gipotireozda ko‘proq ich qotishlar kuzatiladi. Tekshirish usullari va davolash. Endokrinologik patologiyasi bor kasalliklarni aniqlab olish uchun anamnez, so‘rab-surishtirish, ko‘zdan kechirish, palpatsiya qilish ma’lumotlari, shuningdek, laboratoriya tek- shirishlarining natijalari ahamiyatga ega. Laborator diagnostikasi. Qandli diabetning diagnostikasi bilan davosida qon va sutkalik siydikdagi qand miqdorini aniqlashga katta e’tibor beriladi. Diabet komasi boshlanib keiayapti, deb gumon qilinga- nida siydikdagi keton tanalarini aniqlab ko'rish muhim ro‘l o‘ynaydi. Qandli diabetning yashirin formalarini aniqiash uchun odam- ga qand yedirib turib, tckshirib ko'riladi (qand nagruzkasi bilan o‘tkaziladigan sinama ). Ertalab nahorga analiz uchun barmoqdan qon olinadi. Shundan key in kasai 50 g glukoza solingan bir stakan suv ichadi. Glukoza ichilganidan kcyin oradan 30, 60, 90, 120 va 180 minui o‘tkazib turib barmoqdan qon olinadi. So‘ngra glikemik egri chiziq chizib chiqiladi Sog‘lom odamlarda qondagi qand miqdori bir soatdan keyin ko‘pi bilan 1,8 g/1, ikki soatdan keyin esa 1,2 g/1 bo‘ladi. Qandli diabetning yashirin (latent) formasi bor kasallarda qondagi qand miqdori 1 soatdan keyin 2 g/1 dan, 2 soatdan keyin esa 1,5 g/1 dan ortiq bo‘ladi. Ro'yrost diabetni aniqiash uchun qand berib tekshirib ko‘rishning hojati yo‘q. Qand miqdorini aniqiash uchun quyidagicha qon olinadi. Barmoq uchi spirt bilan artilib, terisiga maxsus skarifikator sanchi- ladi. Birinchi qon tomchisi quruq paxta yoki salfetka bilan artib olina­di. Qonni darajalarga bo'lingan 0,1 ml. li toza va quruq pipetkaga tortib olinadi, pipetkaga havo o‘tib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Qonni olib bo‘lgandan keyin pipetkaning o‘zi tozalab artib olina­di va ichidagi qon tayyorlab qo‘yilgan aralashmaga puflab tushiriladi. Shunga havo berib turib, probirkaning ichidagisi aralashtiriladi. Keyin probirkalar qaynab turgan suv hammomiga 3 minut qo'yib qo'yiladi va analiz qilinadi. Qondagi qand tniqdorini shoshilinch hol- larda tez aniqiash uchun dekstrostiks va dekstronal degan diagnostik qog‘ozlar bor. Biroq bu usul yetarlicha aniq natija bermaydi, xatosi 0,2-0,3 g/1 ga boradi. Siydikdagi asetonni aniqiash ushun tabletkalar filtr qog‘oz va pipetkalardan iborat maxsus yig‘malari bor. Bir bo‘lak filtr qog‘oz ustiga tabletkani qo‘yib ustiga pipetka bilan siydik tushiri­ladi. Aseton bo‘lsa tabletka binafsha rang tusga kiradi. Laboratoriya tekshirish usullaridan asosiy almashinuvni, oqsil bi­lan birikkan yodni, 131 J ning qalqonsimon bezga yutilishini aniqiash usullari, skanerlash qo‘llaniladi. Asosiy almashinuv odamning tinch holatda turgan mahalida sarflaydigan energiyasini xarakterlab beradi. Uni tekshirish 10 minut davomida nahorga yutiladigan kislorod va ajratib chiqariladigan karbonat angidrid gazini aniqlashga asoslangan. Buning uchun maxsus apparat qo‘llaniladi. Qalqonsimoni bezni skanerlash uning kattaligi bilan shak- lini aniqlashga, shuningdek funksiyasini o‘rganishga imkon beradi. Qalqonsimon bez va oshqozon osti bezini UTT qilish. EKG, ko‘z tubini va refleksometriya kabi asbob-uskunali tekshiruvlardan o‘tkaziladi. Davolash: diyetoterapiya va medikamentoz davo.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling