Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi
Shox pardaning o‘rmalovchi yarasi
Download 0.64 Mb.
|
Рефератлар
Shox pardaning o‘rmalovchi yarasi -»(ulcus cornea serpens) bu shox pardaning og‘ir yaUigMi yaralanishidir. Odatda to‘satdan ko‘zda kuchU sanchiq, yoshlanish va og‘riq bilan, shox pardaning o'rtasida dumaloq sarg‘ish-kulrang infiltrat paydo bo'lishi bilan) boshlanadi. Uning sathidagi epiteliy bir oz notekis bo‘ladi. Infiltrat tezda yorilib, yara paydo qiladi. Yara atrofida shox parda xiralashadi. Asosiy belgilari shundan iboratki, yaraning ko‘z tirqishi yo‘nalishidagi bir tomoni anchagina chuqurlashib^ sap- sariq yiring boylaydi va tobora chuqurlashib, 1—2 kun ichida pardaning tiniq tomoniga surilib ketaveradi. Yaraning ikkinchi, regressiv tomoni esa yiringdan tozalanadi va epiteliysi paydo boMadi. Yallig‘lanish jarayoni kuchayib, yiring tez orada ko‘z ichiga suriladi.
Ko‘z oldingi kamerasida yiring — gipopion (hypopion) paydo bo‘lishi bilan birga, undagi suyuqlik ham yiringli loyqalanadi. Rangdor parda yallig‘lanishi mumkin. Yara borgan sari chuqurlashib, ko‘pincha yoriladi va rangdor parda undan qisilib chiqadi. Gipopion ko‘payib, quyuqlashib boradi, butun kamera yiringga^oiadi. 0‘rmalovchi yara tez fursatda aniqlanib, statsionarda davolansa, shox pardada oq chandiqcha (leucoma cornea) paydo boMishi bilan chegaralanadi. Hozir bu kassallik kam uchraydi, kuchli antibiotiklar (linkomitsin, gentamitsin, seporin, kefalgin va boshqalar)dan birining kukuni yaraga kechqurun yotishdan oldin sepilsa, uning novokaindagi eritmasi kon’yunktiva ostiga har kuni 50000 ТВ 3 mahal yuborilsa va ko‘zga tez-tez tomizilsa/sulfanilamid tabletkalaridan bemorga (1 tab. 3 mahal) ichirilsa, kasallik tuzaladi. qo‘zg‘atuvchisi pnevmokokk, stafilokokk, streptokokk, hatto Moraks-Aksenfeld diplobasillalari bu kuchli antibiotiklar ta’siriga dosh berolmaydi. Tashxisni o‘z vaqtida qo‘ya olish g‘oyat muhimdir. Yuqoridagi infeksiyalar ko‘pincha yoz va kuzda shox parda epiteliysining juda kichik, hatto bemor uchun sezilmagan tirnalib zararlanishi natijasida uni yallig‘lantiradi. Bunday holat,?ayniqsa, quruv- chilarda, tosh va marmar bilan ishlovchilarda hamda o‘rmon- chilarda, shuningdek, surunkali yiringli dakroitsistit bilan og‘rib yurganlarda uchrashi mumkin. Kasallikning oldini ollsh uchun shaxsiy gigiyenaga amal qilish, qoMni sovunlab yuvmay ko‘zga tekkizmaslik, ishchilarni ehtiyot- korlikka o‘rgatish kerak. Oftalmolog ko‘zga tushgan mayda yot jismni olib tashlagach dezinfeksiyalovchi dorilar tomizishi zarur. Shox pardaning o‘rmalovchi yarasi o‘z vaqtida davolanmasa, u oylab davom etib, yara yorilishi, rangdor parda bilan yopishib, ko'zda katta chandiqli oq (leucoma corneae adherens) paydo qilishi mumkin. Ayni vaqtda infeksiya ichkariga surilib, endoftalmit (ichki pardalar yallig‘lanishi) va panoftalmit (yalpisiga yallig‘lanish) va ftizis (phtisis) berib, ko‘z bujmayib qoladi. Natijada bemor ojiz bo‘lib qolishi, agar infeksiya to‘xtamasa, miyaga infeksiya o‘tib, meningit va miyaning abssessiga olib kelishi mumkin. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling