Tafakkurning buzilishi. Tafakkur (fikrlash)ning buzilishi xilma-xil bo‘lib, uning tezlashuvi va sekinlashuvi kuzatiladi. Tafakkurning tezlashuvi moniakal-depressiv psixozning maniakal bosqichida boMadi. Bunda bemorning fikrlashi shu qadar tezlashib ketadiki, u fikrlarni so‘z bilan ifodalashga ulgura olmay qoladi. Natijada, ba’zi so‘z va jumlalarni tushirib gapiradi. Bunda bemorning gapirgan gaplarini tushunish qiyin bo'lib qoladi. Maniakal-depressiv psixozning depressiv bosqichida tafakkurning sekinlashuvi kuzatiladi. Bunda bemorning tafakkuriga biror tushuncha chuqur o‘rnashib qoladi. Bemor qisqa jumlalar bilan sekin-sekin cho‘zib gapiradi.
Xayoldan ketmaydigan holatlar. Xayoldan ketmaydigan, miyaga
o‘rnashib qolgan xotiralar vahimalar, shubha va istaklar hamda xatti-
harakatlarshaklida namoyon bo‘ladi. Bulaming keraksizligini bemor biladi,
lekin ulardan qutula olishning ilojini topa olmaydi. Bemor fikrlarini band
qilib qo‘yadigan holatlar nevrozlar, psixasteniya va shezofreniya kasalliklarida uchraydi.
Fobiyalar — miyaga o'rnashib qolgan vahimalar. Bemor biror kasallik bilan og‘rib qolishdan qo‘rqish, ochiq joylarda yurishdan va yopiq binolar ichida yurishdan qo‘rqish, quturish kasalligi bilan og‘rib qolishdan qo‘rqish natijasida quturgan it tishlab oladi, deb vahimaga tushib yuradi.
Miyaga o‘rnashib qolgan shubhalar. Bemor biror joyga ketayotib eshiklar yopildimi, chiroq o‘chirildimi deb shubha qilaveradi.
Miyaga o‘rnashib qolgan istaklar. Bunday bemorlar ko‘p qavatli
bino derazasidan o‘zini tashlab yuborgisi kelaveradi, o‘tib ketayotgan
mashinalarga qo‘Iini tekizmoqchi boMaveradi. Bunda bemor bu istaklaming
noto‘g‘ri ekanligini tushunadi va ularni bajarmaydi, lekin bu xayollardan qutula olmaydi.
Miyaga o^rnashib qolgan xatti-harakatlar. Bunda bemorlar ba’zi xatti-harakatlami qilaveradi. U uylarning derazasini, simyog‘ochlami sanab chiqadi, o'tib ketayotgan mashinalarning nomerlarini bir-biriga qo‘shib yuraveradi. Bunday xatti-harakatlar ba’zan yo'talish, ko‘zIami mahkam yumib olish va qoMlarni tez-tez yuvish bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |