Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana19.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1363776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari (1)

XULOSA VA TAKLIFLAR 
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz tashqi savdosining hajmini oshirish va 
tarkibini diversifikatsiya qilish bilan bir qatorda geografik jihatdan ham 
diversifikatsiya qilish talab etiladi. Yuqorida keltirilgan vaziyatning yuzaga 
chiqishida eksport salohiyati darajasida rivojlanmaganligi va diplomatik aloqalar 
o‘rnatilgan 170 dan ortiq mamlakatlarning faqat ayrimlari bilan savdo munosabatlari 
kuchaytirilganligi, qolganlari bilan zarur darajada hamkorlik yo‘lga qo‘yilmaganligi, 
shuningdek, eksport tarkibi imkoniyat darajasida diversifikatsiya bo‘lmaganligi 
sababdir.
Shu bois eksport tarkibini, hajmini va geografiyasini milliy iqtisodiyotimiz 
salohiyati va qudratini kuchaytiradigan yo‘nalishda uzoq muddatga mo‘ljallangan 
dasturlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish orqali rivojlantirish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Demak, ayrim mamlakatlarning tashqi savdodagi yetakchilik 
ta’sirini so‘ndirish va kutilmagan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni oldini olish uchun 
u davlat bilan savdo aloqalarini qisqartirish kerak emas, balki, umumiy tashqi 
savdoning hajmini yanada kengaytirish va boshqa davlatlar bilan savdo sheriklikni 
salohiyat darajasida rivojlantirish ratsional yondashuv tarzi hisoblanadi.


Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 
“O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
 2022-yil, 3-son 
13 
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda faoliyat olib borilayotganda milliy ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalash va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonlari 
bilan chambarchas bog‘liqlikda olib borish hamda importni muvofiqlashtirish talab 
etiladi. Zero milliy iqtisodiyotning taraqqiyoti uning barcha tarmoq va sohalari 
hamda hududlari yaxlit tarzda va yakdil maqsad uchun uyg‘unlikda faoliyat olib 
borishini taqozo qiladi. Shuning uchun modernizatsiya qilinayotgan sohalar va 
tarmoqlar ayni paytda eksport tarkibini diversifikatsiyalashga,hajmini oshirishga va 
geografiyasini kengaytirishga xizmat qilishi lozim. 
Qolaversa, import tarkibida texnologik xarakterdagi tovarlar salmog‘ini imkon 
qadar oshirish va undan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali eksport tarkibini 
diversifikatsiya qilish, hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish maqsadida 
foydalanish samarali natijalarga asos bo‘ladi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling