Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAHLIL VA NATIJALAR
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotning metodologik asosini statistika fanining fundamental qonunlari, xususan, 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi “O’zbekiston Respublikasida milliy hisoblarning zamonaviy tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 691-sonli qarorlari asosida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, makroiqtisodiy, tashqi iqtisodiy faoliyatda o‘rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni qamrab olishni kengaytirishga qaratilgan statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashda zamonaviy statistik usullar va uslubiyotlarni keng joriy etish yo‘li bilan, statistik Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali. 2022-yil, 3-son 9 kuzatuvlar tizimini umumqabul qilingan xalqaro amaliyotga yanada moslashtirish tashkil etadi. Shuningdek, tadqiqot jarayonida tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, ilmiy abstraksiyalash, dinamika qatorlari, statistik jadvallar kabi usullardan keng foydalanildi. TAHLIL VA NATIJALAR Tashqi savdo balansi samaradorligini baholaganda mamlakatdagi barcha soha va tarmoqlardagi mavjud ko‘rsatkichlar inobatga olinadi. Shunga ko‘ra, tashqi savdo balansining samaradorligi quyidagi ko‘rsatkichlarning holatiga bog‘liq bo‘ladi. - tashqi savdo ko‘rsatkichi. Bunga tashqi savdo aylanmasi va tashqi savdo balansining YaIMdagi ulushi, eksport kvotasi, import kvotasi, tashqi bozorda milliy mahsulotlarning raqobatbardoshlik darajasi kabilar; - ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkich. Aholining minimal ehtiyojlarini ta’minlash darajasi, iste’mol narxlar indeksi, importning jami iste’moldagi ulushi kabilar; - iqtisodiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari. Korxonalarning tashqi savdosidan tushgan foyda, rentabellik, eksport hajmi, mahsulot ishlab chiqarish quvvati, korxonaning tashqi savdodagi barqaror faoliyati kabilar; - ekologik ko‘rsatkichlar. Mahsulot sifat darajasi, mahsulot ishlab chiqarish va saqlashning ekologik xavfsizligi, eksport va importning mavsumiy o‘zgarish darajasi kabilar. Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida tashqi savdo balansini baholashda ochiq va yopiq iqtisodiyot deb nomlanuvchi usuldan foydalanilmoqda. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling