Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari


MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana19.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1363776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari (1)

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI 
Jahon xo‘jaligi aloqalarida mamlakat eksport imkoniyatlaridan samarali 
foydalanish doirasidagi dastlabki tadqiqotlar XVI-XVII asrlarda G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlarida amalga oshirila boshlandi. Ushbu davrdagi amaliy harakatlar, yopiq 
iqtisodiyotni shakllantirishga asoslangan “proteksionizm” siyosatini amalga oshirish 
chora-tadbirlari va mexanizmlarining ustuvorligi bilan alohida ahamiyatga ega 
hisoblanadi. Bu boradagi amaliy harakatlarni davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi 
merkantilizm g‘oyasining keng targ‘ib etilishiga asos yaratdi. Merkantilizm 
g‘oyasining tizimli tartibdagi yo‘nalishga ega emasligi, tashqi savdoda 
nomutanosibliklarni yuzaga keltirishga asoslangan savdo siyosatining ustuvorligi, 
eksport imkoniyatlarini kengaytirishda kaloniya tipidagi shaharlarga iqtisodiy va 
noiqtisodiy bosimning ortishi kabi holatlar iqtisodiy maktab g‘oyalarining ahamiyati 
va o‘rnini yo‘qotishiga sabab bo‘ldi. XVII asr oxiri va XVIII asrning boshlariga kelib 


Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 
“O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
 2022-yil, 3-son 

G’arbiy Yevropada shakllangan klassik iqtisodiy maktab g‘oyalarida, merkanatilizm 
ta’limotiga nisbatan eksport imkoniyatlaridan samarali foydalanishning ilmiy 
prinsipial shakllarga asoslangan iqtisodiy ta’limotlar kengroq o‘rin egallaydi. 
Xususan, tashqi savdoga kirish mutloq va nisbiy ustunlik xarakteriga ega ekanligini 
ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, mamlakat doirasidagi ishlab chiqarish 
imkoniyatlaridan samarali foydalanishning tashqi bozor kengayishi hisobiga o‘sib 
borishi, eksport subsidiyalarini ichki narxlarning o‘sishiga olib kelishi, eksport 
salohitidan samarali foydalanishning bevosita mehnat unumdorligiga bog‘liqligi kabi 
holatlar tadqiqot yo‘nalishlarida alohida o‘rin egallaydi. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi fan-texnika taraqqiyoti ta’siri ostida ishlab 
chiqarish munosabatlarining keskin o‘zgarishi klassik iqtisodiy maktabning tashqi 
savdo jarayonlariga oid tadqiqot yo‘nalishlarini takomillashtirishga cabab bo‘ldi. 
E.Xeksher va B.Olinning “ishlab chiqarish omillari” nazariyasida ushbu ustuvorlik 
to‘liq aks etadi [3], [4]. Ushbu nazariya mamlakatda mehnat va kapitalning to‘la 
bandligi sharoitida o‘zining amaliy jihatlarini ifoda etadi. Mazkur nazariyaning 
xalqaro savdo jarayonlarini izohlashga xizmat qilishdagi o‘rnini hisobga olish bilan 
birga, asosiy kamchiligi sifatida texnologik taraqqiyot ta’sirini hisobga olinmaganligi 
va ishlab chiqarish omillarining o‘rniga boshqasini qo‘llash imkoniyatining 
mavjudligini e’tirof etilmaganligi orqali izohlash mumkin. Qolaversa, ushbu nazariy 
qarashlar ta’sirida V.Leontev paradoksining yuzaga kelishi, zamonaviy savdo 
jarayonlarini tadqiq etishga doir munozarali holatlarga sabab bo‘ldi. 
XX asr iqtisodiyoti eksport raqobatbardoshligini oshirishda klassik iqtisodiy 
maktab nazariyalarini inkor qiluvchi va kengaytiruvchi xususiyatlariga ko‘ra muhim 
ahamiyat kasb etadi. M.Poznerning “texnologik uzilish” savdo nazariyasi nisbiy 
jihatdan “ishlab chiqarish omillari” nazariyasiga asoslangan holda uni to‘ldiruvchi 
hisoblanadi [5]. R.Vernonning “mahsulotning hayotiylik sikli” [6] va M.Porterning 
“raqobatbardoshlik rombi” nazariyalari “ishlab chiqarish omillari” nazariyasi teskari 
xususiyat kasb etadi [7]. Ushbu nazariyalarning muhim xususiyatlari jahon savdosiga 
texnik taraqqiyotning ta’sirini oshirish va korxonalar raqobatbardoshligini 
ta’minlashning ichki raqobat muhitiga bog‘liqligi kabi holatlar orqali ifodalanadi. 
XXI asrda mamlakat eksport raqobatbardoshligiga oid ilmiy-nazariy qarashlar 
xorijlik iqtisodchi olimlardan V.L.Kvint tadqiqotlarida alohida o‘rin egallaydi, uning 
fikricha eksportni rag‘batlantirishning ma’muriy usullaridan ko‘ra, ochiq bozor 
usullari keng miqyosidagi samaradorlikka ega hisoblanadi [8]. P.Xausman, J.Xvang, 
D.Rodriklar tadqiqotlariga ko‘ra, eksporni rag‘batlantirish mexanizmi tashqi iqtisodiy 
faoliyat ishtirokchilarining faoliyat samaradorligini pasaytiradi, bu holatning ustuvor 
jihatlari jahon bozoridagi kon’yunkturaviy o‘zgarishlar o‘z aksini topadi [9]. 
E.Jonatxan, S.Kortum, F.Kramarzlarning tadqiqot yo‘nalishida eksport siyosatini 
rag‘batlantirishning nota’rif usullari keng o‘rin egallaydi [10], N.F. Gofman, 
G.A.Maxovikova tomonidan olib borilgan tadqiqotlar eksport faoliyatini 
rag‘batlantirishning klassik va hozirgi zamon uyg‘unligini ta’minlashga asoslanadi 
[11].



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling