Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana19.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1363776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari (1)

Key words: foreign trade, export, import, foreign economic activity, 
competition, national economy, development, globalization, foreign economic 
relations, production potential, consumer market, economic liberalization, foreign 
trade partner, diversification, foreign trade geography, market economy, export 
structure, support for export activities, simplified permit system, electronic 
declaration, tax and customs benefits. 
KIRISH 
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot milliy xo‘jaliklarning global tizimdan 
manfaatdor bo‘lish va uning salbiy ta’sirlaridan muhofazalanish uchun jahondagi 
o‘zgarishlarning muammolaridan himoyalanish tizimiga ega bo‘lishni talab etmoqda. 
Shu bois mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot davrida bozor iqtisodiyotini rivojlantirish 
va milliy ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishni ustuvor vazifa sifatida qabul 
qilib, uzoq muddatli strategik maqsadlarga erishish va xalqaro iqtisodiy tizimda 
mustahkam mavqega ega bo‘lish uchun tashqi iqtisodiy aloqalar va jahon 
hamjamiyatiga integratsiyalashuvni muttasil ravishda chuqurlashtirib kelinmoqda. 
Jumladan, O‘zbekiston birinchi galda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro 
valyuta jamg‘armasi va Jahon banki singari xalqaro tuzilmalarga a’zo bo‘lib, o‘zining 
jahondagi munosib o‘rnini egallagan bo‘lsa, ayni paytda hududiy tuzilmalardan 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti va Iqtisodiy 
hamkorlik tashkiloti kabilarning tashkil etilishi va faoliyatida faol ishtirok etib, jahon 
hamjamiyatiga iqtisodiy tomondan chuqur kirib borishga harakat qilmoqda. Bundan 
tashqari, mamlakatimizning savdo masalasida global miqyosda faoliyat olib 
borayotgan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgani 
ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha liberalizmni kuchaytirish
proteksionizmni cheklashni taqozo qiladi. Umuman, tashqi savdo aylanmasi va unda 
eksport bilan importdagi vaziyatlar umumlashgan tarzda tahlil qilinishi bilan bir 
qatorda milliy tashqi savdo aylanmasi va uning taqsimlanishini geografik jihatdan 
ham tadqiq qilish talab etiladi. Chunki har qanday davlatning tashqi savdo sherigi 
bo‘lgan mamlakatlarning rivojlanganlik darajasi va geografik joylashgan mintaqasi 
iqtisodiy aloqalarni shakllantirish va kuchaytirishga zamin hozirlaydi. 
Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining mustaqil ovoziga ega 
bo‘lgan davlat darajasiga ko‘tarildi va nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. 
Dunyodagi sanoati rivojlangan yetakchi mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo 
iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatib, ikki va ko‘p tomonlama manfaatli aloqalarni 
tobora rivojlantirib bormoqda. Shunday sharoitda mamlakatning tashqi iqtisodiy 
salohiyati tabiiy resurslarning mavjudligi, ishlab chiqarish va ilmiytexnik 
potensialning barpo etilishi, infratuzilma, ijtimoiy soha, mahsulot va xizmatlarning 
mamlakat tashqarisiga eksport qilinishi yoki chet el fuqarolariga, firma va 
tashkilotlarga, shu jumladan, mamlakat ichidagi xorijiy korxonalar va qo‘shma 
korxonalarga sotilishi bilan aniqlanadi. Mamlakat tashqi iqtisodiy salohiyatini 
aniqlovchi eng muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlar YaIM ishlab chiqarish hajmi, shu 


Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 
“O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
 2022-yil, 3-son 

jumladan, aholi jon boshiga, YaIMda tovar va xizmatlar eksportining ulushi hamda 
tovarlar umumiy eksporti hajmida sanoat tovarlari ulushi kabilar hisoblanadi. 
Ma’lumki, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning an’anaviy va eng rivojlangan 
ko‘rinishlaridan biri tashqi savdo hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan 
xalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining 75-80% tashqi savdoning ulushiga 
to‘g‘ri keladi. Dunyoda mavjud bo‘lgan har qanday mamlakat uchun tashqi 
savdoning roli kattadir. Bu borada “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonda keltirilganidek, «prinsipial 
jihatdan yangi mahsulot va texnologiyalar turlarini chiqarishni o‘zlashtirish, bunga 
asosan ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash 
[1]” muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ko‘pgina rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdo aloqalarini 
yanada kengaytirishga alohida ahamiyat beradilar. Chunki, har qanday 
ayirboshlashning ahamiyati, uning samaradorligi bilan, shu jumladan, xalqaro 
miqyosda ham kelishilgan bitimlardan tomonlarning oladigan samarasi bilan 
belgilanadi. Ya’ni, xoh tovar va xoh xizmatlar savdosi bo‘lsin, ayirboshlashdan 
olinadigan afzallikka har bir qatnashuvchi mamlakat ega bo‘ladi va natijada butun 
jahon xo‘jaligi tizimi o‘zaro manfaatdor bo‘ladi. Mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro 
ayirboshlash va xalqaro savdoning rivojlanishida globallashuvning ahamiyati 
to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, mamlakatlar qadim zamonlardan buyon moddiy noz-
ne’matlarni tayyor mahsulotlar va turli xil resurslar ko‘rinishida o‘zaro ayirboshlab 
kelishgan, ya’ni bir-birlari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishgan. O‘z 
navbatida, ayirboshlashning hajmi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish 
darajasiga va tovar ishlab chiqarish hajmining oshishiga bog‘liq bo‘lgan. Chunki, 
ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, bir tomondan, mamlakatlar o‘rtasida xo‘jalik 
aloqalarining kengayishiga imkon yaratsa, ikkkinchi tomondan, turli xil xomashyolar, 
materiallar va boshqa resurslarga bo‘lgan talabning oshib borishi ayirboshlash 
zaruratini keltirib chiqaradi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling