Tayyor dori turlari texnologiyasi
Plantaglyusidni chinligini aniqlash
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Oquv-uslubiy qollanma
Plantaglyusidni chinligini aniqlash. Plantaglyusid 6 soat mobaynida kislotali sharoitda gidroliz qilinib, natriy karbonat eritmasi bilan neytrallanadi va cho„kmadan ajratib olinadi. Suyuqlik qismi quyultirilgach, undagi glyukoza, ramnoza, arabinoza va ksiloza n-butanol-piridin-suv (1:4:3) aralashmasida, anilin ftalat eritmasi yordamida aniqlanadi. CHo„kma suvda eritilib, N-shaklidagi kationit KU-2 (rN 3-4) bilan aralashtiriladi va suziladi. Suyuqlik etilatsetat-sirka kislota-chumoli kislota-suv (18:3:1:4) aralashmasida xromatografiya qilinadi. Anilinftalat eritmasi bilan ishlanganda galakturon kislota borligi aniqlanadi. Kalsiy ioni, ammoniy oksalat eritmasi bilan oq rangli cho„kma xosil bo„lishidan bilinadi. CHo„kma sirka kislotasi va ammiak eritmasida erimaydi, lekin mineral kislotalarning suyultirilgan eritmalarida eriydi. Quritish vaqtida og„irligi 10% dan ortiq kamaymasligi kerak. Og„ir metallar 0,001% dan ortiq bo„lmasligi kerak. Kulning umumiy miqdori 3-10% bo„lishi lozim. Miqdorini aniqlash. Qaytaruvchi qandlar miqdori kislotali gidrolizdan so„ng spektrofotometrik usulda aniqlanadi. Preparatda ularning miqdori glyukozaga nisbatan xisoblanganda 9-20%, galakturon kislota 7-13% bo„lishi kerak. Tayyor maxsulotning tavsifi. Plantaglyusid zubturum o„simligi bargidan olingan polisaxaridlar yig„indisini saqlovchi preparat bo„lib, u kul rang, taxir mazali talqon. Suvda shilimshiqsimon eritma xosil qiladi, organik erituvchilarda esa erimaydi. Qadoqlash. Talqon 30-40 kg dan polietilen qoplarga joylashtirilib, granula xoliga keltirish uchun tabletka sexiga yuboriladi. 89 Saqlanishi. Quruq joyda 3 yilgacha saqlanadi. Saqlanish muddati o„tgandan so„ng preparat tekshiriladi. Agar FM ning talabigi to„g„ri kelsa saqlanish muddati yana bir yilga uzaytiriladi. Ishlatilishi. Oshqozon ichak yallig„lanishiga qarshi ishlatiladi. Oshqozon shirasining ajralishini kuchaytiradi. YArim choy qoshiqdan kuniga 2-3 marta ovqatlanishdan 20-30 daqiqa oldin beriladi. Ichishdan oldin preparat chorak stakan iliq suvda eritiladi. 90 Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi Қуритиш Олинди Бажарилган иш Хосил бўлди Қайнатиш Катта зубтурум ўсимлигининг барги Баҳолаш Қадоқлаш Тайѐр махсулот Қадоқловчи материал Тозаланган сув Ажратмани қуйиб олиш Майдалаш ва элаш Тозаланган сув Қайнатиш Ажратмани қуйиб олиш 1-ажратма 2-ажратма Бирлаштириш Фильтрлаш Нутч фильтр Қуюлтириш Совутиш 91-93% этил спирти Ювиш 91 24-mavzu. Rutin novogalen preparatini tayyorlash texnologiyasi Maqsad: Novogalen preparatlari xaqida umumiy ko„nikmalarga ega bo„lish va ularni o„ziga xos tayyorlanish texnologiyalari bilan tanishish. Mavzuning ahamiyati: Novoganlen preparatlari Galen preparatlaridan o„ta tozalanganligi va standarti bo„yicha tubdan farq qiladi. SHunday ekan ularni nafaqat ichish uchun balki in‟eksiya qilish mumkin bo„lganligi bilan ham ahamiyatlidir. Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Qorbo„ron” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar: 1. Rutinni olish uchun yapon saforasining g„unchalari o„rniga gullari bor. 2. Olingan ajratmada rutinni cho„kmaga tushishi juda ham sekin. 3. Texnik fitin 10% li nitrat kislotasining eritmasida erimadi. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:: 1. Novogalen preparatlarining tarixi. 2. Novogalen preparatlarini Galen preparatlaridan farqi. 3. Novogalen preparatlarini tayyorlash bosqichlarini sanang. 4. Novogalen preparatlari qanday usullar bo„yicha tayyorlanadi? 5. Novogalen preparatlarini tayyorlashda ishlatiladigan ajratuvchilar. 6. Novogalen preparatlarining turg„unligi qanday ta‟minlanadi? 7. Adonizidni tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi. 8. Lantozidni tarkibi. 1-талаба: 1-ўта тозаланганлиги 2-тозаланган сув, ҳар хил қувватли этил спирти, органик ва ноорганик эритувчилар 3-рутин 4-қовурилган гуруч кепагидан 5-1:1 5-талаба: Плантаглюцидни олишдаги хом ашѐ ва ажратувчининг нисбати 2-талаба: Новогален препаратларини тайѐрлашда ишлатиладиган ажратувчилар Ўқитувчи: Новогален препаратларини Гален препаратларидан фарқи 4-талаба: Фитин нимадан олинади? 3-талаба: Япон сафораси ғунчаларидан олинадиган препарат номи 92 9. Perforatsiya qurilmasini ishlash tartibi. 10. Novogalen preparatlarining dori shakllari va nomenklaturasi. 1-laboratoriya ishi Rutin. Rutinum. Vazifa 1. 30,0 g yapon saforasi g„unchalaridan rutin oling. 2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing. Tarkibi. YApon saforasi o„simligining g„unchasi - 120,0 g. Tozalangan suv, natriy gidrokarbonat va 85 va 92% li etil spirti - etarli miqdorda. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 1. 30,0 g yapon saforasi g„unchalari. 2. Hajmi 500 ml bo„lgan kolba, 200 ml li zich yopiladigan shisha idish. 3. Tozalangan suv va natriy girokarbonat. 4. Gaz gorelkasi, Byuxner voronkasi va vakuum nasos. 5. Pergament qog„ozi, filtr qog„ozi, xavoncha va elak. 6. 85-87% li va 90% li etil spirti. 7. Teskari oqimda sovutgich bilan ishlaydigan suv hammomi. Ishni bajarish tartibi: 500 ml li shisha idishga 30,0 g yapon saforasining g„unchalaridan solib, 250 ml tozalangan suv bilan aralashtiriladi va 40 daqiqa davomida qaynatiladi. Ajratma quyib olinib, xom ashyoga yana 2 marta 250 ml dan tozalangan suv quyiladi, so„ng 30 va 20 daqiqa mobaynida qaynatilib, ajratma olinadi. Olingan ajratmalar qo„shilib, 18-20 o S gacha sun‟iy sovutilgandan so„ng rutin cho„kmaga tushadi. U 20 daqiqa tindiriladi va rutin suspenziyasi Byuxner varonkasi orqali suzilib, cho„kma sovuq suv bilan yuviladi va nasos yordamida suvsizlantiriladi. Xosil bo„lgan rutin pergament qog„oziga yupqa qilib yoyilib, 80 o S da 13-14% namlik qolguncha quritiladi. Massa chinni xavonchada maydalanadi va elak orqali elanadi. Farmakopeya talabiga javob beradigan rutinni olish. Olingan texnik rutin tortib olinib, hajmi 200 ml bo„lgan og„zi zich yopiladigan shisha idishga solinadi va unga 20 baravar ko„p miqdorda 85-87% li etil spirti quyib, teskari oqimda ishlaydigan sovutgich yordamida sariq qo„ng„ir rang xosil bo„lguncha suv hammomida qaynatiladi. So„ng eritmadagi begona moddalar cho„ktirish uchun 30-40 o S gacha sovutiladi va eritma suziladi. Oldingi hajmiga nisbatan 80% qolguncha spirt xaydaladi, bunda rutin cho„kmaga tushadi. Ustiga rutinga nisbatan 1:10 nisbatda suv qo„shilib, spirt qoldig„i to„la uchiriladi. Massa 18-20 o S gacha sovutiladi va rN 7,0 bo„lgunga qadar universal indikator yordamida natriy gidrokarbonat qo„shiladi. Natijada kversetin eritmaga o„tadi. Eritma Byuxner varonkasi yordamida ajratib olinadi va cho„kma varonkada olingan rutin miqdoriga nisbatan 2 baravar ko„p miqdordagi 90% li etil spirti bilan yuviladi va yana filtrlanadi. CHo„kma pergament qog„oziga yupqa qilib yoyilib, 80 o S haroratda qoldiq namlik 6% dan kam, 9% dan ortiq bo„lmagunga qadar quritiladi. Quritilgan rutin xavonchada maydalanadi, elanadi, tortiladi, baholanadi va tayyor maxsulot sifatida topshiriladi. Rutinni chinligini aniqlash. Rutinni kislotali sharoitda gidrolizga uchratib, unga Feling reaktivi qo„shilsa qizil rangdagi cho„kma xosil bo„ladi (glikozid). Preparatga kuchli xlorid kislota va magniy qipig„i qo„shilsa, eritma qizil rangga bo„yaladi (flavonoidlar). Natriy ishqori bilan esa sariq-qizil rangli eritma xosil bo„ladi (flavonoidlar). 93 Tozaligi. Prepartda spirtda erimaydigan begona moddalar: alkaloidlar, xlorofill va pigment bo„lmasligi kerak. Quruq moddalarga nisbatan xisoblaganda kversetin 5% dan, sulfat kuli 0,1% dan ortmasligi, quritilganda og„irlikning kamayishi 6% dan kam, 9% dan ko„p bo„lmasligi kerak. Miqdorini aniqlash. Spektrofotometrik usulda, quruq moddaga nisbatan xisoblaganda rutin miqdori 95% dan kam bo„lmasligi kerak. Tayyor maxsulotning tavsifi. Rutin kversetinni 3-rutinozidi bo„lib, 3-ramnoglikozid 3, 5, 7, 3 1 -4 1 -pentaoksiflavondir. Xidsiz va mazasiz, prizma shaklidagi ko„kish sariq talqon. Suv, efir, xloraform va kislotada erimaydi, spirtda ozroq, qaynoq spirtda yaxshi eriydi. Qadoqlash. 1-10 kg dan polietilen xaltachalarga solib, qoplarga joylanadi. Saqlanishi. Zich berkitilgan idishlarda qorong„i joyda 3 yil saqlanadi. Ishlatilishi. R vitamini etishmasligining oldini olish va davolashda, qon tomirlari o„tkazuvchanligi buzilganda, ko„z parda qavatiga qon quyilganda va boshqa kasalliklarda ishlatiladi. 94 Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi Қуритиш Олинди Бажарилган иш Хосил бўлди Қайнатиш Япон сафорасининг ғунчалари Баҳолаш Қадоқлаш Тайѐр махсулот Қадоқловчи материал Тозаланган сув Ажратмани қуйиб олиш Майдалаш ва элаш Тозаланган сув Қайнатиш Ажратмани қуйиб олиш 1-ажратма 2-ажратма Бирлаштириш Сунъий совутиш Фильтрлаш Қуритиш 85-87% этил спирти Тозалаш Тозаланган сув Қайнатиш Ажратмани қуйиб олиш 3-ажратма Техник рутин 95 25-mavzu. Ampula shishasining termik va kimyoviy barqarorligini aniqlash Maqsad: Farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida in‟eksion dori turlarini ishlab chiqarish borasidagi umumiy ko„nikmalarga ega bo„lish. Mavzuning ahamiyati: Ampula shishasining tarkibi, shisha naylarni saralash, yuvish, kapillyarini kesish, kassetalarga joylashtirish, ampulani yuvish, uni eritma bilan to„ldirish, shuningdek, ampulani kimyoviy va termik barqarorligini o„rganish korxona sharoitida in‟eksion dori turlarini tayyorlashda katta amaliy ahamiyatga ega. Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Breyn ring” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar: 1. Ampula shishasining tarkibi va navi noaniq. 1-жамоа. Инъекцион эритмаларнинг афзалликлари 5-талаба. Кўп миқдорда қон йўқотилган холларда қон ўрнини босувчи эритмалардан фойдаланиш имкониятининг мавжудлиги 2-жамоа. Инъекцион эритмаларнинг камчиликлари Ўқитувчи гуруҳни тенг иккига бўлиб, хар икки жамоага ҳам савол билан мурожаат этади. 1-талаба. Дори моддасининг таъсирини тезлиги ва тўлиқ биологик самарадорликка эришишлик, аниқ ва қулай дозаларга бўлинганлиги 2-талаба. Перораль йўл билан организмга дори моддасини киритишнинг имкони бўлмаганда, шунингдек хушсиз холатдаги касалларга ҳам бу дори воситасини қўллаш мумкинлиги 3-талаба. Дори моддаларининг нохуш хиди ва мазаси билан, инсон организмининг хид ва таъм билиш органларини четлаб ўтиш Ошқозон ичак тракти ва жигарда ферментлар таъсирига учрамаслиги 4-талаба. Стерил эритмаларнинг катта заҳирасини ташкил қилиш мумкинлиги 1-талаба. Эритмаларни организмга киритишда тери шиллиқ қаватини зарарланиши ва қонга патоген микроорганизмлар тушиш эҳтимоллигининг юқори эканлиги 2-талаба. Инъекция қилишда эритма билан биргаликда организмга қон томирлар эмболияси ѐки юрак етишмовчилигини келтириб чиқарадиган хавонинг кириши 3-талаба. Хатто жуда кичик бўлган ташқи, бегона унсурларнинг организмга кириши беморнинг умумий холатига салбий таъсир этиши мумкинлиги 4-талаба. Инъекция қилиш пайтидаги психоэмоционал оғриқнинг пайдо бўлиши 5-талаба. Инъекция қилиш учун фақат маълум бир кўникмага эга бўлган мутахассиснинг зарурлиги 96 2. Ampulalar eritma bilan to„ldirilganda bir xilda to„lmaganligi kuzatildi. Z. Ampulaning termik barqarorligi 97% ni tashkil qildi. 4. Ampulaga solingan eritmaning rangi sterillangandan so„ng o„zgardi. 5. SHisha naylar kamera, ultratovush, kontaktli ultratovush va shprits yordamida yuvildi. 6. Ampulani termik barqarorligini aniqlashda NS-3 shishasi 150°S xaroratga , NS-1 - 140°S, SNS-1 - 160°S haroratga 15 daqiqaga qo„yildi. 7. Ampuladagi yozuv xira, harflar bir-biriga qo„shilib ketgan. 8. Ampulalarni eritma bilan bir xil to„lmaganligi kuzatildi. 9. Ampuladagi eritma tozaligi buyicha nazoratdan o„tmadi. 10. Ampulani bir xil kavsharlanmaganligi kuzatildi. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:: 1. Ampulada chiqariladigan preparatlarning ijobiy va salbiy tomonlari. 2. XI DF buyicha in‟eksion eritmalarga qo„yiladigan talablar. 3. Ampula tayyorlashda ishlatiladigan shishaning tarkibi. 4. Ampula tayyorlanadigan shishaga qo„yiladigan texnik talablar. 5. Ampula tayyorlanadigan shishaning ishqorlik darajasi nimaga bog„liq? 6. Potensiometrik usul bilan ampulalarning qaysi ko„rsatkichi aniqlanadi. 7. Ampulaning ichki yuzasini silikon bilan qoplashdan maqsad nima? 8. SHisha naylarning tavsifi, ularni saralash mohiyati va undan kuzatilgan Maqsad: 9. SHisha naylarni yuvish usullari. 10. Ampula shishasining termik barqarorligi qanday aniqlanadi? 11. Ampulani parakondensatsion usulda yuvish mohiyati. 12. Ampula shishasining ishqorga bo„lgan turg„unligi qanday aniqlanadi? 13. Ampula shishasining suvga bo„lgan turg„unligini aniqlash mohiyati. 14. Silikonlar nima va ampulani silikonlash usullari. 15. Ampulani toblash mohiyati. 1-laboratoriya ishi Ampulani to„ldirishga tayyorlash. Vazifa 1. 10 ta qo„shaloq ampulani kesib, uni yuving va quriting. 2. Ampula shishasining termik barqarorligini tekshiring. 3. Ampula shishasini indikator yordamida kimyoviy barqarorligini aniqlang. 4. Ampulani eritma bilan to„ldirishda vakuum darajasini aniqlang. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar 1. Qo„shaloq ampula va qayroq tosh. 2. Pergament qog„ozi, oq ip va qalam. 3. Vakuum eksikator yoki shprits va byuretka. 4. Kyuveta va shisha idish. 5. Tozalangan suv. 6. Ifloslangan suvni solish uchun idish. 7. Quritgich javoni. 8. Metil qizil eritmasi. 9. Sterilizator. 10. Sochiq. 11. YUvilgan va quritilgan ampulalarni solish uchun idish. Ishni bajarish tartibi: 1. Ampulani yuvish. 10 dona qo„shaloq ampula karborund qayroq tosh yordamida kesiladi. Kesilgan ampulalarning uzunligi bir xil bo„lishi kerak. Laboratoriya sharoitida vakuum usulida ampulani yuvish uchun 5 l hajmli eksikatordan foydalaniladi. Buning uchun eksikator qopqog„iga uch yo„llik 97 jo„mrak o„rnatilib, vakuumga ulanadi. Kyuveta sifatida 200-250 ml hajmli, keng yuzali shisha idishdan, kasseta sifatida esa organik oynadan tayyorlangan va ampulani o„rnatish uchun mo„ljallangan teshikchali plastinkadan foydalaniladi. Ampulalar kassetaga o„rnatiladi va tozalangan suv solingan keng yuzali shisha idish - kyuvetaga joylashtiriladi. Bunda kapilyarning uchi suvga botib turishi kerak. So„ngra kyuveta kasseta bilan vakuum eksikatorga o„tkaziladi. Qopqog„i yaxshilab berkitilib, vakuum nasos yordamida ichidagi havo 5 daqiqa davomida so„rib olinadi va eksikator jo„mragi ochilib filtrlangan havo yuboriladi. Bunda kyuvetadagi suv ampulani to„ldiradi. Ampuladagi suvni chiqarish uchun shu jarayon qaytariladi. Bunda ampulaning kapillyar qismi suyuqlik sathidan yuqorida bo„lishi kerak. SHu tarzda ampulani yuvish 3-4 marta qaytariladi. YUvilgan ampulalar qog„ozdan yasalgan qutichalarga solinib, quritgich javonida +160-170°S haroratda, 1-2 soat mobaynida quritiladi. Quruq ampulalardan keyingi laboratoriya ishilarda foydalaniladi. 2. Ampulaning termik barqarorligini aniqlash. 50 dona ampula +180°S haroratda 30 daqiqa ushlab turilib, kassetaga teriladi va quritgich javoniga 15 daqiqaga, Davlat standartida ko„rsatilgan haroratga qo„yiladi. So„ngra kassetalar javondan 5 soniya ichida olinib, 20°S haroratli suvga bir daqiqaga botiriladi. Ampulaning termik barqarorligi 98% ni tashkil etishi kerak. NS-3 shisha navli ampula 160°S, NS-1 - 130°S, SNS-1 - 150°S va AB-1 - 110°S haroratga chidamli bo„lishi kerak. 3. Ampulaning kimyoviy turg„unligini aniqlash. Davlat standarti bo„yicha ampulaning kimyoviy turg„unligi potensiometrik usulda aniqlanadi. Buning uchun ampula yangi haydab olingan tozalangan suv bilan (rN 5,0-6,8) to„ldiriladi, kavsharlanadi va avtoklavda 2 atm bosimda 30 daqiqa sterillanadi. So„ng ampuladagi suvning rN ko„rsatkichi tekshiriladi. Bunda rN ko„rsatkichi AB-1 navli shisha uchun 4,5, NS-1 uchun 1,3, NS-3 uchun 0,9 va nixoyat SNS-1 uchun 1,2 dan oshmasligi kerak. Laboratoriya sharoitida yuvilgan ampula vakuum ekstraktorda 1 ml dan metil qizilining nordon eritmasi bilan to„ldiriladi, kavsharlanadi va avtoklavda 120 o S haroratda 30 daqiqa sterillanadi. Sovutilgandan so„ng ampuladagi eritma sariq rangga o„tmasligi kerak. 4. Ampulani kerakli miqdordagi eritma bilan to„ldirish uchun vakuum darajasini aniqlash. Ampulani eritma bilan to„ldirishda shishaning ichki devori sathini namlash uchun sarflanadigan suyuqlik miqdorini hisobga olish kerak, ya‟ni eritma belgilangan hajmga nisbatan ko„proq olinadi. SHunga asosan ampulani eritma bilan to„ldirishdan oldin kerakli miqdorda suyuqlik bilan to„lishini ta‟minlovchi vakuum darajasini xisoblash lozim. Laboratoriya sharoitida vakuum darajasini hisoblash uch yo„llik jo„mrak va vakuummetr, vakuum nasos, kasseta va shisha idishlardan tashkil topgan vakuum ekstraktoridan foydalaniladi. Buning uchun 1 dona quruq ampula 0,01 g aniqlikda tortib olinib, kassetaga o„rnatiladi va tozalangan suv solingan kyuvetaga qo„yiladi. Kyuveta kasseta bilan vakuum estraktorga joylashtiriladi. So„ngra 400 mm simob ustuniga teng vakuum hosil qilinib, vakuummetr ko„rsatkichi yozib olinadi va ekstraktorning jo„mragi ochilib, filtrlangan havo yuboriladi. Natijada ampula suv bilan to„ladi. Ampulaning kapillyar qismi yuqoriga qaratilib joylashtiriladi va ekstraktorda vakuum hosil qilish bilan kapillyarda qolgan suyuqlik tortib olinadi. SHundan so„ng ampula filtr qog„oz bilan quriguncha artiladi va 0,01 g aniqlikda tortiladi. Xuddi shu tarzda boshqa ampula 600 mm simob ustuniga teng vakuumda to„ldiriladi. Masalan, ampulani 1,1 ml eritma bilan to„ldirish hisobi quyidagicha: 400 mm simob ustuniga teng vakuumda ampulaga “a” ml suv kirsa, 600 mm da esa “v” ml suv kiradi. 600-400 mm simob ustunidagi vakuum farqi “v-a” ml suvga to„g„ri keladi. 400 mm simob ustunidagi vakuumda ampulaga kirishi kerak bo„lgan suv miqdori (1,1ml) ga “a” ml suv etishmaydi. Bu etishmovchilikni bartaraf qilish uchun vakuum darajasini 400 mm ga nisbatan “x” mm simob ustuniga oshirish kerak, ya‟ni “x” ning qiymati quyidagi tengsizlikdan topiladi: (600-400) - (v-a) X - (1,1-a) (600-400) (1,1-a) X = ----------------------- (v-a) 98 Ampulani 1,1 ml hajmdagi eritma bilan to„ldirish uchun vakuum darajasi quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi: 400 ) 1 , 1 )( 400 600 ( а в а Х mm simob ustuni Topilgan qiymatdan ampulani eritma bilan to„ldirishda foydalaniladi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling