Tayyor dori turlari texnologiyasi
Streptotsidning 0,3 g li tabletkalari
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Oquv-uslubiy qollanma
Streptotsidning 0,3 g li tabletkalari. Tabulettae Streptocidi 0,3 g. Vazifa 1. 25 dona streptotsid tabletkasini tayyorlang. 2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. Z. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring. Tarkibi. Streptotsid - 0,3000 g. Kraxmal - 0,0267 g. Kalsiy stearat - 0,0033 g. O„rtacha massasi - 0,3300 g. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 1. Zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasi. 2. Quritish javoni. 3. 9 mm li qolip va puansonlar. 4. Teshigining diametri 100, 200 va 1000 mkm li elaklar. 5. Xovoncha, chinni kosacha, slyuda, pergament qog„oz. 6. Kalsiy stearat. 7. Tarozi va toshlar. 8. Streptotsid substansiyasi. 9. Kartoshka kraxmali. 10. SHisha tayoqcha. 11. 100 ml li tagi yassi kolba. 12. Tozalangan suv. 13. Elektr plitasi. 14. Tabletkani qadoqlaydigan idish. 15. Tibbiyot paxtasi va doka. Ishni bajarish tartibi: Oldindan maydalangan va teshigining diametri 200 mkm li elakdan o„tkazilgan streptotsid xavonchada yoki ikki kurakchali zettasimon aralashtirgichda, 7% li kraxmal shilimshig„i bilan (100 g massaga 13-16 g 7% li kraxmal shilimshig„i sarflanadi), mo„„tadil nam massa xosil bo„lguncha aralashtiriladi. Massa pergament qog„oziga bir tekisda yoyilib, 40-50°S haroratda quritgich jovonida, tarkibida 1,5 % qoldiq namlik qolguncha quritiladi. So„ngra diametri 1000 mkm li elak yordamida donadorlanadi va oldindan teshigining diametri 100 mkm li elak orqali elangan kraxmal hamda kalsiy stearat aralashmasi bilan upalanadi. Tayyor massa zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasida diametri 9 mm, og„irligi 0,33 g dan qilib presslanadi. Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish Tayyor maxsulotning tavsifi. Oq rangli, diametri 9 mm, shakli silindrsimon tabletka. Har bir tabletkada 0,285-0,315 g streptotsid bo„lishi kerak. Chinligi. Preparatning atsetonli ajratmasi bug„latiladi va qoldiq xlorid kislota va suv 33 aralashmasida eritiladi. So„ng natriy va v-naftol ta‟sir ettirilsa, to„q qizil rangli cho„kma hosil bo„ladi (streptotsid). Preparat quruq probirkaga solinib, alangaga tutilsa, rangsiz alanga och binafsha rangga bo„yaladi, hamda ammiak va anilin hidi seziladi (boshqa sulanilamid preparatlaridan farqi). Miqdorini aniqlash. Nitritometrik usulda olib boriladi. Tabletkadagi streptotsid miqdori 0,285- 0,315 g ni tashkil qilishi kerak. Tabletkaning sifatini aniqlash. Tabletkaning tashqi ko„rinishi, o„rtacha massasi va undan farqi, diametrining balandligiga mutanosibligi, qattiqligi va suvda parchalanuvchanligi aniqlaniladi (XI DF, 2 juz, 154 bet). Qadoqlash. Konvalyuta va shisha idishlarda 10-30 tadan chiqariladi. Saqlanishi. Extiyotkorlik bilan „B" ro„yhatida saqlanadi. Ishlatilishi. Meningit, angina, sistit, kolit, yuqumli yaralarning oldini olish uchun ishlatiladi. Kuniga 2 ta tabletkadan 5-6 marta beriladi. 34 Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish Бажарилди Майдалаш Элаш Ҳосил бўлди Олинди Стрептоцид Крахмал Тозаланган сув 5% ли крахмал клейстери Элаш Қуритиш Гранула Элаш Гранула Намлаш Аралаштириш Қиздириш Кальций стеарати Картошка крахмали Упалаш Пресслаш Қадоқловчи материал Баҳолаш Таблетка Тайѐр маҳсулот Қадоқлаш 35 9-mavzu. Bekarbon tabletkasini tayyorlash texnologiyasi Maqsad: Tabletkalar texnologiyasida bugungi kunda ikki xil texnologiya mavjud bo„lib, ular to„g„ridan-to„g„ri presslash va nam donadorlash usullarida tabletka olish xisoblanadi. To„g„ridan-to„g„ri va nam donadorlash usullari orqali tayyorlanadigan tabletkalar texnologiyasidagi o„ziga xos tomonlar, shuningdek bu usullar bo„yicha tabletka tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar turi va miqdorini to„g„ri tanlash yuzasidan umumiy tushunchalarga ega bo„lish. Mavzuning ahamiyati: Aksariyat xollarda tabletkalar nam donadorlash usuli yordamida tayyorlanadi. Shunday ekan, nam donadorlash usuli bo„yicha tabletka tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar va texnologik jarayonlar, tabletka ishlab chiqarish texnologiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Qaynoq kartoshka” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar: 1. Massa qolipga yopishib, tabletkaning sathi va chetlari silliq chiqmayotganligi kuzatildi. 2. Tabletkaning o„rtacha og„irligi va undan farqi talab darajasida emas. Z. Tabletkaning sinishga bo„lgan qattiqligi talabga javob bermadi. 4. Tabletkaning sirtida oq dog„lar borligi kuzatildi. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar: 1. Yordamchi moddalarni ishlatishdan kuzatilgan maqsad 2. Yordamchi moddalar qanday guruxlarga bo„linadi. 3. Nam massani quritish usullari. 4. Bog„lovchi moddalar va ularning turlari. 5. Sirpantiruvchi va parchalantiruvchi moddalarga misollar keltiring. 1-талаба: 1-тўғридан-тўғри ва нам донадорлаб 2-Ёрдамчи моддалар қўшиб ва ѐрдамчи моддалар қўшмасдан 3-Нам донадорлаш усулида 4-Тўғридан-тўғри пресслаш усулида 5-0,00365 г. 5-талаба: “Бекарбон” таблеткаси таркибидаги крахмал миқдори 2-талаба: Тўғридан тўғри пресслаб таблетка олиш усулларини айтинг Ўқитувчи: Таблетка тайѐрлаш усулларини сананг 4-талаба: Натрий хлорид таблеткаси қайси усул бўйича олинади? 3-талаба: Стрептоцид таблеткаси қайси усулда олинади? 36 6. Parchalantiruvchi moddalar samaradorligi, ularga misollar keltiring. 7. Antifriksion moddalar, ularga misollar keltiring. 8. Qaysi xollarda kraxmal parchalantiruvchi sifatida samara bermaydi? 9. Gaz hosil qiluvchi yordamchi moddalarning ta‟siri nimaga asoslangan? 10. Quyidagi tabletka uchun yordamchi moddalar mikdorini tanlang: analgin 0,5 g (tabletkaning o„rtacha massasi 0,55 g) 1-laboratoriya ishi “Bekarbon” tabletkasi Tabulettae “Becarbonum” Vazifa 1. 30 dona “Bekarbon” tabletkasini tayyorlang. 2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. Z. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring. Tarkibi. Belladonna quyuq ekstrakti - 0,0100 g. Natriy gidrokarbonat - 0,3000 g. Kartoshka kraxmali - 0,0365 g. Kalsiy stearat - 0,0035 g. O„rtacha massasi - 0,3500 g. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 1. Zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasi. 2. Quritish javoni. 3. 9 mm li qolip va puansonlar. 4. Teshigining diametri 100, 200 va 1000 mkm li elaklar. 5. Xovoncha, chinni kosacha, slyuda, pergament qog„oz. 6. Kalsiy stearat. 7. Tarozi va toshlar. 8. Belladonna quyuq ekstrakti. 9. Kartoshka kraxmali. 10. Shisha tayoqcha. 11. 100 ml li tagi yassi kolba. 12. Tozalangan suv. 13. Elektr plitasi. 14. Tabletkani qadoqlaydigan idish. 15. Tibbiyot paxtasi va doka. 16. Natriy gidrokarbonat Ishni bajarish tartibi: Pergament qog„oziga belladonna quyuq ekstraktiga nisbatan ikki xissa ko„p miqdorda 5% kraxmal shilimshig„i tortib olinib, ustiga belladonna quyuq ekstrakti solinadi va shisha tayyoqcha yordamida aralashtiriladi. Bu aralashma oldindan maydalangan va teshigining diametri 150 mkm li elakdan o„tkazilgan natriy gidrokarbonat ustiga oz-ozdan solinib, bir xil massa xosil bo„lguncha xavonchada yoki ikki kurakchali zettasimon aralashtirgichda aralashtiriladi. Massa pergament qog„oziga bir tekisda yoyilib, 40-50°S haroratda quritgich jovonida, tarkibida 0,6 % qoldiq namlik qolguncha quritiladi. So„ngra diametri 1000 mkm li elak yordamida donadorlanadi va oldindan teshigining diametri 100 mkm li elak orqali elangan kraxmal hamda kalsiy stearat aralashmasi bilan upalanadi. Tayyor massa zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasida diametri 9 mm, og„irligi 0,35 g dan qilib presslanadi. Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish Tayyor maxsulotning tavsifi. Sariq qo„ng„ir rangli, diametri 9 mm, shakli silindrsimon, yassi 37 xoshiyali yoki ikki tomoni qabariq tabletka. Har bir tabletkada 0,262-0,312 g natriy gidrokarbonat, asosli atropin esa 0,00019-0,00026 g. bo„lishi kerak. Chinligi. Preparat eritmasiga suyultirilgan sirka kislotasi qo„shilsa karbonat angidridi ajralib chiqadi (gidrokarbonat). Preparat rangsiz alangani sariq rangga bo„yaydi (natriy). Alkaloidlarning borligi Vitali-Moren reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Miqdorini aniqlash. Natriy gidrokarbonat 0,1 n xlorid kislotasi eritmasi yordamida titrlanadi. Bunda gidrokarbonat miqdori 0,285-0,315 g bo„lish kerak. Aniq miqdordagi preparat xloroform yordamida ishlanadi. Ajratma bug„latiladi, qolgan qoldiq esa benzol va suvsiz sirka kislotasi yordamida eritilib, 0,01 n xlorat kislota bilan binafsha rang och ko„kka o„tguncha titrlanadi. Alkaloidlar miqdori giossiaminga nisbatan xisoblaganda 0,000126-0,000173 g bo„lishi kerak. Tabletkaning sifatini aniqlash. Tabletkaning tashqi ko„rinishi, o„rtacha massasi va undan farqi, diametrining balandligiga mutanosibligi, qattiqligi va suvda parchalanuvchanligi aniqlaniladi (XI DF, 2 juz, 154 bet). Qadoqlash. Sellofan, konvalyuta va shisha idishlarda 6-10 tadan chiqariladi. Saqlanishi. Extiyotkorlik bilan „B" ro„yhatida, salqin va qorong„u joyda saqlanadi. Ishlatilishi. Ichak mushaklarining tarangligi ortib ketganda og„riq qoldiruvchi dori sifatida kuniga 2-3 martadan beriladi. 38 Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish Бажарилди Ҳосил бўлди Олинди Белладонна қуюқ экстракти Крахмал Тозаланган сув 5% ли крахмал клейстери Қуритиш Гранула Элаш Гранула Аралаштириш Аралаштириш Қиздириш Кальций стеарати Картошка крахмали Упалаш Пресслаш Қадоқловчи материал Натрий гидрокарбонат Аралаштириш Тайѐр маҳсулот Баҳолаш Қадоқлаш Таблетка 39 10-mavzu. Tabletkalarni qobiq bilan qoplash Maqsad: Tabletkalarni qobiq bilan qoplashdan maqsad, qoplash usullari, qoplashda ishlatiladigan yordamchi moddalar, hamda qobiqlangan tabletkalar sifatini baholashni o„zlashtirish. Drajelar, mikrotabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi, shuningdek mikrotabletkalarni tabletkalardan farqli tomonlari, afzallik va kamchiliklari to„g„risida umumiy tushunchalarga ega bo„lish. Mavzuning ahamiyati: Tabletkalarni tashqi muhit ta‟siridan saqlash, turg„unligini oshirish, qolaversa ularni oshqozondagi kislotali sharoitdan muhofaza qilish va ichakda erishini ta‟minlashda tabletkalarni qobiq bilan qoplash katta amaliy ham iqtisodiy ahamiyatga egadir. Drajelar va mikrotabletkalar esa tabletkalardan bir qator afzalliklarga ega bo„lib, ularni o„ziga xos tayyorlash usullari draje va mikrotabletkalarni ishlab chiqarishda bir qator qulaylik va imkoniyatlarni yaratib beradi. Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Klaster” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar: 1. Parda hosil qilib qoplashda quyidagi yordamchi moddalar ishlatildi: tozalangan suv, kraxmal, bug„doy uni va MKS. 2. Tabletkalar obakilash usulida qobiqlagandan so„ng ularning sirtida darz ketish kuzatildi. 3. O„rtacha 0,1, 0,2 va 0,3 g og„irlikdagi tabletkalar parda hosil kilib koplangandan so„ng ularning og„irligi 0,2, 0,22 va 0,309 g ni tashkil etdi. 4. Mikrotabletka tayyorlashda dori moddasining dozasi 0,5 g ni tashkil qiladi. 5. Tayyorlangan drajelarni sirti tekis emas. Усуллар Таблеткаларни қобиқ билан қоплаш Пресслаш Обакилаш Ботириб олиш Қанд, крахмал, глюкоза 33 қисмдан, стеарин кислотаси – 1 қисм. Ёлғон қайноқ юза Обакилаш Пардозлаш Силлиқлаш Қаватлаш Намлаш Юпқа парда хосил қилиш Натрий АФЦ ѐки МФЦ 10 қисм, лактоза 89 қисм, кальций стеарати - 1 қисм 40 Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:: 1. Tabletkalar qanday maqsadlarda qobiq bilan qoplanadi? 2. Presslash usulida qoplashni texnologik tasviri. U qanday dastgohda amalga oshiriladi. 3. Obakilash usuli bilan qoplash texnologiyasi. 4. Parda hosil qilish usuli bilan qoplash texnologiyasi. 5. Qoplashda ishlatiladigan yordamchi moddalar. 6. “Yolg„on qaynoq" yuzada qoplash usulida qobiq og„irligi qanday boshqariladi? 7. Mikrotabletkalarning ta‟rifi va tavsifi. 8. Mikrotabletkalarga misollar keltiring. 9. Drajelar ta‟rif, tavsifi va tasnifi. 10. Drajelarni tayyorlash texnologiyasi. 1-laboratoriya ishi Tabletkalarni presslash usulida qoplash. Vazifa 1. Presslab qoplash uchun 100 g massa tayyorlang. 2. 10 ta tabletkani presslash usuli bilan qobiq bilan qoplang. 3. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 4. Qobiqlangan tabletka sifatini tekshiring. Qoplash uchun quyidagi tarkib tavsiya etiladi: Glyukoza - 33 g. Qand - 33 g. Kraxmal - 33 g. Kalsiy stearat - 1 g. Amarant - etarli mikdorda. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 1. Qobiq bilan qoplash uchun granula. 2. Ikki tomoni qabariq tabletka. Z. Press forma, gidropress va tarzion tarozi. 4. Parchalanishni aniqlash uchun ishlatiladigan asbob. 5. Sochiq va tibbiyot dokasi, tayyor maxsulotni solish uchun idish. 6. Hajmi 1 l bo„lgan silindr, sekundomer. 7. Kalsiy stearat, sovun, 95 % li etil spirti va tozalangan suv. Ishni bajarish tartibi: Oldindan alohida-alohida maydalanib, teshigining diametri 100 mkm bo„lgan elakdan o„tkazilgan glyukoza, qand, kraxmal va kalsiy stearatlar chinni kosachada yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma 0,1% amarant eritmasi saqlovchi 10% li kraxmal shilimshig„i bilan bir me‟yorda namlanadi. Bunda har 100 g aralashmaga 13 g kraxmal shilimshig„i sarflanadi. Massa pergament qog„oziga yupqa qilib yoyilib, namligi me‟yorida bo„lguncha 50-60°S haroratda, quritgich javonida quritiladi. Qurigan massa 1000 mkm elakdan o„tkaziladi. So„ngra tabletka gidropress asbobi yordamida 1600-2000kg/sm 2 bosim ostida presslanadi. Bunda bosim kuchi tenglama bo„yicha hisoblanadi. Avval ikki tomoni qabariq tabletka 0,001 g aniqlikda tortib olinadi. Tabletkaning og„irligiga teng mikdorda qoplash uchun massa tortib olinib, yarmi qolip tagiga, qolgan yarmi esa tabletkaning ustidan solinadi. So„ngra yuqori puanson kiydirilib, ma‟lum bosimgacha presslanadi. Bu usulda qobiqlash uchun ishlatiladigan qolipning diametri tabletkanikidan 2-3 mm ga katta bo„lishi kerak. Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish 1. Tabletkaning tashqi ko„rinishini aniqlash. Buning uchun 20 ta tabletka qurollanmagan ko„z bilan tekshiriladi. Tabletkalar to„g„ri shaklli, chetlari sinmagan, yuzasi silliq va bir xil ko„rinishda bo„lishi kerak. 2. O„rtacha og„irlik va undan chetlanishini aniqlash. Buning uchun 20 dona qobiq bilan 41 qoplangan tabletka 0,001 g aniqlikda tortib olinib, natija 20 ga bo„linadi. Bunda bitta tabletkaning o„rtacha og„irligi kelib chiqadi. So„ngra har bitta tabletka alohida-aloxida 0,001 g aniqlikda tortiladi va natijalar yoziladi. Ularni ichidan eng katta va eng kichik natijalar tanlab olinib, foiz miqdorlari xisoblanib, farqi topiladi. 3. Tabletkaning balandligini diametriga mutanosibligini aniqlash. X DF bo„yicha tabletkaning balandligi diametrini 30-40% ni tashkil etishi kerak. U 0,01 mm aniqlikda mikrometr yoki shtangensirkul yordamida aniqlanadi. TS bo„yicha esa maxsus jadval yordamida topiladi. 4. Tabletkaning sinishga bo„lgan qattiqligini aniqlash. Buning uchun Bezmen asbobi yordamida tabletkaning qattiqligi o„lchanadi. 5. Tabletkaning ishqalanishga bo„lgan qattiqligini aniqlash. Buning uchun do„mbirali asbobdan foydalaniladi. Tekshirish uchun 10 dona tabletka 0,001 g aniqlikda tortib olinib, do„mbiraga solinadi. Do„mbiraning qopqog„i yopilib, 5 daqiqa elektr tarmog„iga ulanadi. Do„mbira har daqiqada 20 marta aylanish tezligi bilan aylanadi. Ko„rsatilgan vaqt o„tgandan so„ng, tabletkalar do„mbiradan olinib, changdan tozalanadi va 0,001 g aniqlikda tortiladi. Ishqalanishga bo„lgan qattiqlik 97% dan kam bo„lmasligi kerak. 6. Tabletkaning parchalanishini aniqlash. XI DFning ko„rsatmasiga binoan, bu ko„rsatkich maxsus - identifikator asbobi yordamida aniklanadi. Parchalanish vaqti XI DF ning xususiy moddalarida ko„rsatilgan bo„lishi kerak. Agar ko„rsatilmagan bo„lsa 30 daqiqagacha parchalanishi kerak. 42 Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi Бажарилди Пресслаш Баҳолаш Тайѐр маҳсулот Ҳосил бўлди Олинди Икки томони қабариқ таблеткалар Глюкоза Қанд Крахмал Крахмал Амарант Тозаланган сув Аралаштириш Қиздириш Эритиш 0,1% ли амарантни 10% ли крахмал клейстеридаги эритмаси 10% ли крахмал клейстери Кальций стеарат Майдалаш Элаш Аралаштириш Намлаш Донадорлаш Қуритиш Қобиқлаш учун масса Қобиқланган таблеткалар Қадоқлаш Қадоқловчи материал 43 11-mavzu. Rux sulfat mikrotabletkasini tayyorlash texnologiyasi Maqsad: Drajelar, mikrotabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi, shuningdek mikrotabletkalarni tabletkalardan farqli tomonlari, afzallik va kamchiliklari to„g„risida umumiy tushunchalarga ega bo„lish. Mavzuning ahamiyati: Drajelar va mikrotabletkalar esa tabletkalardan bir qator afzalliklarga ega bo„lib, ularni o„ziga xos tayyorlash usullari draje va mikrotabletkalarni ishlab chiqarishda bir qator qulaylik va imkoniyatlarni yaratib beradi. Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Klaster” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar: 1. Parda hosil qilib qoplashda quyidagi yordamchi moddalar ishlatildi: tozalangan suv, kraxmal, bug„doy uni va MKS. 2. Tabletkalar obakilash usulida qobiqlagandan so„ng ularning sirtida darz ketish kuzatildi. 3. O„rtacha 0,1, 0,2 va 0,3 g og„irlikdagi tabletkalar parda hosil kilib koplangandan so„ng ularning og„irligi 0,2, 0,22 va 0,309 g ni tashkil etdi. 4. Mikrotabletka tayyorlashda dori moddasining dozasi 0,5 g ni tashkil qiladi. 5. Tayyorlangan drajelarni sirti tekis emas. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:: 1. Tabletkalar qanday maqsadlarda qobiq bilan qoplanadi? 2. Presslash usulida qoplashni texnologik tasviri. U qanday dastgohda amalga oshiriladi. 3. Obakilash usuli bilan qoplash texnologiyasi. Усуллар Таблеткаларни қобиқ билан қоплаш Пресслаш Обакилаш Ботириб олиш Қанд, крахмал, глюкоза 33 қисмдан, стеарин кислотаси – 1 қисм. Ёлғон қайноқ юза Обакилаш Пардозлаш Силлиқлаш Қаватлаш Намлаш Юпқа парда хосил қилиш Натрий АФЦ ѐки МФЦ 10 қисм, лактоза 89 қисм, кальций стеарати - 1 қисм 44 4. Parda hosil qilish usuli bilan qoplash texnologiyasi. 5. Qoplashda ishlatiladigan yordamchi moddalar. 6. “Yolg„on qaynoq" yuzada qoplash usulida qobiq og„irligi qanday boshqariladi? 7. Mikrotabletkalarning ta‟rifi va tavsifi. 8. Mikrotabletkalarga misollar keltiring. 9. Drajelar ta‟rif, tavsifi va tasnifi. 10. Drajelarni tayyorlash texnologiyasi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling