Tayyor dori turlari texnologiyasi
Tayyor maxsulotning tavsifi
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Oquv-uslubiy qollanma
Tayyor maxsulotning tavsifi. Qo„ng„ir rangli, o„ziga xos xidli, chuchmal-shirin mazaga ega quyuq massa bo„lib, suv bilan chayqatilsa tez ko„pirib, kolloid eritma xosil bo„ladi. Namligi 25% dan ortiq, glitserrizin kislotasi 14% dan kam bo„lmasligi lozim. Saqlanishi. SHisha idishlarda po„kak qopqoq bilan yopilgan va parafinlangan xolda quruq joyda saqlanadi. Ishlatilishi. Constituens sifatida xab dori tayyorlashda ishlatiladi, shuningdek chuchukmiya ildizi sharbati tarkibiga kiradi. CHuchukmiya quyuq ekstraktining chinligini aniqlash. 10 ml preparat eritmasiga (1:10) 1 ml sulfat kislota qo„shilsa, cho„kma xosil bo„ladi. U ammiak eritmasida eriydi (glitserrizin kislotasi). Namligi. 25% dan ko„p bo„lmasligi kerak. Tozaligi. Preparatda og„ir metall tuzlari 0,01% dan ko„p bo„lmasligi kerak. Miqdorini aniqlash. Glitserrizin kislota spektrofotometrik usulda aniqlanadi. Uning miqdori 14% dan kam bo„lmasligi kerak. 79 Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi Олинди Бажарилган иш Хосил бўлди 48 соатга қолдириш Чучукмия илдизи Баҳолаш Қадоқлаш Тайѐр махсулот Қадоқловчи материал 0,25% ли аммиак эритмаси Ажратма олиш Тиндириш Сузиш Буғлатиш 1-ажратма 0,25% ли аммиак эритмаси Ажратма олиш 24 соатга қолдириш 12 соатга қолдириш Ажратмаларни бирлаштириш 2-ажратма Қайнатиш Тозаланган сув Аралаштириш 80 21-mavzu. Belladonnaning quruq ekstraktini tayyorlash texnologiyasi Maqsad: Dorivor o„simlik xom ashyolaridan ekstraktlarni olish usullari va ularni tayyorlashdagi o„ziga xos tomonlar bilan tanishish. Dorivor o„simlik xom ashyolaridan suyuq, quyuq, quruq va moyli ekstraktlarni olish, ularni olishda ishlatiladigan usullarni qiyosiy baxolash. Ekstraktlarni sifat ko„rsatkichlari: quruq qoldiq miqdori, og„ir metall tuzlari, chinligi va miqdorini taxlil qilish. Mavzuning ahamiyati: Ekstraktlar nafaqat TDV balki boshqa turdagi dori vositalarini tayyorlashda ham keng ko„lamda ishlatilishi bilan ahamiyatlidir. Shuning uchun ham ularni tayyorlash texnologiyasini o„zlashtirish va kengaytirish katta amaliy ahamiyatga ega. Shunday ekan ularning nomenklaturasini ishlab chiqarish amaliyotida ko„paytirish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Barcha TDV lari kabi ekstraktlar ham qator sifat ko„rsatkichlari bo„yicha baxolanadi. Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Sen menga, men senga” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar: 1. Quruq ekstrakt tayyorlashda uning namligini yo„qotish qiyinlashdi. 2. Quruq ekstrakt tayyorlashda uning namligini yo„qotish ancha qiyin bo„ldi. 3. Bug„latish natijasida olingan suyuqlik tiniq emas. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:: 1. Qarama-qarshi oqimda ajratma olish usullarini sanang. 2. Likopchali diffuzion asbobda ajratma olish mohiyati. 3. Prujina kurakchali asbobning ishlash tartibi qanday? 4. Quyuq ekstraktlar olishdagi usullarning bir-biridan afzallik va kamchilik tomonlari nimada? Quruq ekstraktlarga ta‟rif bering. 5. Quruq ekstraktlar tayyorlashda qanday ajratuvchilardan foydalaniladi? 6. Quruq ekstraktlar ishlab chiqarishni qanday o„ziga xos afzallik va kamchiliklari bor? 7. Quruq ekstraktlar olishni texnologik jarayonlarini sanang. 8. Ekstraktorlar batareyasida ajratma olish qanday bajariladi? Ўқитувчи 1-талаба савол: Суюқ экстрактларни тайѐрланиш нисбатлари жавоб: перколяция, ВНИИФ ва реперколяция 2-талаба жавоб: 1:1 савол: Суюқ экстрактларни тайѐрлаш усуллари 3-талаба савол: жавоб: 4-талаба жавоб: савол: 5-талаба савол: жавоб: 6-талаба жавоб: савол: 81 9. Aylanma (sirkulyasion) usulda ajratma olish nima? 10. Sokslet apparati yordamida ajratma olish jarayoni nimalardan iborat? 11. Xladonlar yordami ajratma qanday olinadi? 12. Suyultirilgan gazlar yordamida ajratma olishda ishlatiladigan asbobning ishchi qismlarini sanang. 1-laboratoriya ishi Belladonna quruq ekstrakti Extractum Belladonnae siccum Vazifa 1. 30,0 g xom ashyodan reperkolyasiya usulida belladonna quruq ekstraktini tayyorlang. 2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring. Tarkibi Maydalangan belladonna bargi va er ustki qismi, 20% li etil spirti - etarli miqdorda. Kerakli asbob-usukunalar va yordamchi materiallar. 1. 30,0 g belladonna xom ashyosi. 2. Hajmi 100 ml bo„lgan, og„zi zich yopiladigan 3 ta shisha idish. 3. Perkolyator - 4 ta. 4. Yig„gich kolba - hajmi 200 ml bo„lgan. 5. SHisha tayoqcha, filtr qog„ozi, doka va chinni bo„lakchalari. 6. Bug„latgich. 7. 20% li etil spirti - etarli miqdorda. Ishni bajarish tartibi: 30,0 g maydalangan (1-8 mm kattalikda) belladonna bargi va er ustki qismi teng 3 qismga 10,0 g dan bo„linib, og„zi zich berkitiladigan 3 ta shisha idishga alohida-alohida solinadi va xar birining ustiga 5 ml dan 20% li etil spirti solinadi. So„ngra yaxshilab aralashtirilib, og„zi yopiladi va 4-6 soatga bo„ktirish uchun xona haroratida qoldiriladi. Belgilangan vaqt o„tgandan so„ng idishlardagi bo„kkan xom ashyo tagiga 3-4 qavat doka qo„yilgan 3 ta perkolyatorlarga miqdoran o„tkaziladi va xom ashyo shisha tayoqcha yordamida shibbalanadi. Xom ashyoning ustiga filtr qog„ozi qo„yilib, shisha bo„lakchalari bilan bostiriladi va birinchi perkolyatorning ustiga toza ajratuvchi tushib turishini ta‟minlovchi bo„sh perkolyator, uchinchi perkolyatordan tayyor ajratmani yig„ib oluvchi idish o„rnatiladi. Ajratma olish tezligi quyidagi tenglama orqali xisoblaniladi: V = K S Bu erda V - ajratma olish tezligi K - doimiy son, u 0,5 ga teng S - perkolyatorga solingan xom ashyo miqdori Bo„sh perkolyatorga 20% li etil spirti solinib, birinchi perkolyatorga “oynasimon yuza” xosil bo„lgunga qadar perkolyasiya qilinadi. So„ng birinchi perkolyatorning jo„mragi ochilib ikkinchi perkolyatorga, ikkinchi perkolyatorda “oynasimon yuza” xosil bo„lgandan so„ng esa bevosita uchinchi perkolyatorga perkolyasiya qilinadi. Uchinchi perkolyatorda “oynasimon yuza” xosil bo„lgandan so„ng perkolyatorning jo„mragi ochilib, ajratma yig„ib olina boshlaydi. Ajratma olish tezligi hamma perkolyatorda ham bir xil bo„lishi shart. Birinchi perkolyatorga xar doim toza ajratuvchi tushib turganligi sababli unda birinchi bo„lib ta‟sir etuvchi modda tugaydi. SHunda birinchi perkolyator ishdan chiqarilib, toza ajratuvchi ikkinchi perkolyatorga o„tkaziladi. Ma‟lum vaqt o„tgandan so„ng mana endi ikkinchi perkolyatordagi asosiy ta‟sir etuvchi modda ham tugaydi. SHundan so„ng toza ajratuvchi tushib turishini ta‟minlovchi perkolyator endi bevosita uchinchi perkolyatorga to„g„rilanadi. Va nihoyat uchunchi perkolyatorda ham asosiy ta‟sir etuvchi modda tugagandan so„ng olingan ajratma spirt yordamida yot moddalardan tozalanadi. 82 Ajratma vakuum bug„latgich asbobiga o„tkazilib, mo„„tadil bosimda spirt xaydab olinadi, suvli qismi esa vakuum ostida olingan xom ashyo miqdorining 50% ni tashkil etgunga qadar (15 ml) bug„latiladi. Quyuq ajratma sovutilib, og„zi zich berkitiladigan idishga solinadi va unga 2 baravar ko„p miqdorda (30ml) 96% li spirt qo„shib, aralashtiriladi va 10 o S haroratda 3 kunga qoldiriladi. Belgilangan muddat o„tgandan so„ng tiniq suyuqlik quyib olinib, spirt qismi xaydaladi. Qoldiq vakuum bug„latgich asbobida quyuq xolatga keltiriladi va alkaloidlar miqdori aniqlanadi. Quruq ekstrakt tarkibida alkaloidlar miqdori 0,7-0,8% bo„lgunga qadar sut qandi qo„shib aralashtiriladi va namlik 5% bo„lgunga qadar vakuum quritgichda quritiladi. Quruq ekstrakt maydalanadi, elanadi, kerak bo„lsa sut qandi bilan me‟yoriga keltiriladi. 30,0 g belladonna bargi va er ustki qismidan qancha quruq ekstrakt tayyorlash mumkinligini nazariy xisoblash: 100,0 g xom ashyoda - 0,3 g alkaloid bo„lsa 30,0 g xom ashyoda - X g alkaloid bo„ladi. 09 , 0 100 3 , 0 30 Х g alkaloid bo„ladi. 100,0 g quruq ekstraktda - 0,75 g alkaloid bo„lsa X g quruq ekstraktda - 0,09 g alkaloid bo„ladi. 12 100 20 6 Х g quruq ekstrakt Tayyor maxsulotning tavsifi. Och qo„ng„ir rangli, shirin mazali o„ziga xos xidga va suv tortish xususiyatiga ega bo„lgan kukun. Namligi 5% dan ortiq bo„lmasligi kerak, alkaloidlar miqdori giossiaminga nisbatan 0,7-0,8% oralig„ida bo„lishi lozim. Qadoqlash. 25-50,0 kg dan og„zi zich berkitiladigan shisha idishlarda chiqariladi. Saqlanishi. Ehtiyotlik bilan “B” ro„yxati bo„yicha quruq, qorong„i joyda saqlanadi. Ishlatilishi. Me‟da yallig„lanishi, 12 barmoqli ichak, xoletsistit kasalliklarida og„riq qoldiruvchi va mushak tarangligini bo„shashtiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Belladonna quruq ekstrakti talqon, tabletka va shamchalar tarkibiga kiradi. Quyuq ekstraktga nisbatan 2 baravar ko„p miqdorda ishlatiladi. Bir martalik qabul qilish miqdori 0,1 g. Bir kunlik miqdori esa 0,3 g. Belladonna quruq ekstraktining chinligini aniqlash. 0,2 g preparat 0,5 ml suvda eritilib, 3 tomchi kuchli ammiak eritmasi bilan aralashtiriladi. Aralashma 15 ml xloraform bilan chayqatilib, suvsizlantirilgan natriy sulfat bilan ishlanadi. Eritma alyuminiy oksid orqali suzib olinib, bug„latiladi. Qoldiqqa 3-4 tomchi 0,5 mol/l li kaliy ishqorining spirtli eritmasi va 5-8 tomchi atseton qo„shilsa, binafsha rang xosil bo„ladi (atropin). 0,2 g preparatga 5 ml xloraform, 2 tomchi suv, 1 tomchi ammiak eritmasi qo„shilsa, mingdevona ekstraktidan farqli o„laroq, eritma ultrabinafsha nurida xavo rang jilo berib tovlanadi (xrizotrop kislotasi). Namligi. 5% dan ko„p bo„lmasligi kerak. Tozaligi. Preparatda og„ir metall tuzlari 0,01% bo„lishi mumkin. Miqdorini aniqlash. Preparatdagi alkaloidlarning miqdori neytrallanish usulida aniqlaniladi. Ularning miqdori (giossiaminga nisbatan xisoblaganda) 0,7-0,8% oralig„ida bo„lishi kerak. 83 Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi Қуритиш Олинди Бажарилган иш Хосил бўлди 4-6 соатга бўктириш Белладонна барги ва ер устки қисми Баҳолаш Қадоқлаш Тайѐр махсулот Қадоқловчи материал 20% этил спирти 4-6 соатга бўктириш Белладонна барги ва ер устки қисми 20% этил спирти Ўтказиш Ажратма олиш Перколятор Перколятор Ўтказиш Ажратма олиш 4-6 соатга бўктириш Белладонна барги ва ер устки қисми 20% этил спирти Перколятор Ўтказиш Ажратма олиш Ажратма Ажратма Буғлатиш Майдалаш ва элаш 84 22-mavzu. Mingdevonaning moyli ekstraktini tayyorlash texnologiyasi Maqsad: Dorivor o„simlik xom ashyolaridan ekstraktlarni olish usullari va ularni tayyorlashdagi o„ziga xos tomonlar bilan tanishish. Dorivor o„simlik xom ashyolaridan suyuq, quyuq, quruq va moyli ekstraktlarni olish, ularni olishda ishlatiladigan usullarni qiyosiy baxolash. Ekstraktlarni sifat ko„rsatkichlari: quruq qoldiq miqdori, og„ir metall tuzlari, chinligi va miqdorini taxlil qilish. Mavzuning ahamiyati: Ekstraktlar nafaqat TDV balki boshqa turdagi dori vositalarini tayyorlashda ham keng ko„lamda ishlatilishi bilan ahamiyatlidir. SHuning uchun ham ularni tayyorlash texnologiyasini o„zlashtirish va kengaytirish katta amaliy ahamiyatga ega. SHunday ekan ularning nomenklaturasini ishlab chiqarish amaliyotida ko„paytirish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Barcha TDV lari kabi ekstraktlar ham qator sifat ko„rsatkichlari bo„yicha baxolanadi. Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Sen menga, men senga” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar: 1. Bug„latish natijasida olingan suyuqlik tiniq emas. 2. Moyli ekstrakt uchun tanlab olingan dorivor o„simlik xom ashyosining tarkibida moy umuman yo„q. 3. Mingdevona moyli ekstrakti loyqa va unda mayda-mayda pufakchalar mavjud. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:: 1. Ekstraktorlar batareyasida ajratma olish qanday bajariladi? 2. Aylanma (sirkulyasion) usulda ajratma olish nima? 3. Sokslet apparati yordamida ajratma olish jarayoni nimalardan iborat? 4. Xladonlar yordami ajratma qanday olinadi? 5. Suyultirilgan gazlar yordamida ajratma olishda ishlatiladigan asbobning ishchi qismlarini sanang. 6. Suyultirilgan karbonat angidridi yordamida ajratma olish qanday amalga oshiriladi? 7. Moyli ekstraktlar deb nimaga aytiladi? Ўқитувчи 1-талаба савол: Суюқ экстрактларни тайѐрланиш нисбатлари жавоб: перколяция, ВНИИФ ва реперколяция 2-талаба жавоб: 1:1 савол: Суюқ экстрактларни тайѐрлаш усуллари 3-талаба савол: жавоб: 4-талаба жавоб: савол: 5-талаба савол: жавоб: 6-талаба жавоб: савол: 85 8. Moyli ekstraktlar olish uchun qanday moylardan foydlaniladi? 9. Sanoatda moyli ekstraktlar tayyorlash jarayoni qanday bosqichlardan iborat? 10. Moyli ekstraktlar tayyorlashda qanday ajratuvchilardan foydalaniladi? 11. Mingdevona moyli ekstraktining tarkibini ayting. 12. Mingdevona moyli ekstraktining tayyorlanish texnologiyasi. 1-laboratoriya ishi Mingdevona moyli ekstrakti Extractum Hyoscyami oleosum Vazifa 1. 10,0 g mingdevona bargidan mingdevona moyli ekstraktini tayyorlang. 2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring. Tarkibi. Quritilgan, yirik maydalangan mingdevona bargi - 100,0 g. 95 yoki 70% li etil spirti - etarli miqdorda. Ammiak eritmasi - etarli miqdorda. Kungaboqar moyi - 1000,0 g. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar. 1. Quritilgan, yirik maydalangan mingdevona bargi. 2. 95 va 70% li etil spirtlari. 3. Ammiak eritmasi. 4. Kungaboqar moyi. 5. Og„zi keng shisha idish. 6. Chinni kosacha va shisha tayoqcha. 7. Suvsizlantirilgan natriy sulfat. 8. Suv xammomi. Ishni bajarish tartibi. Og„zi keng shisha idishga 10,0 g yirik maydalangan mingdevona bargi solinadi va ustiga 9,66 ml 95% li etil spirti va 3 qism 10% li ammiak eritmalaridan tayyorlangan aralashma quyiladi. Massa shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va 12 soat uy xaroratida qoldiriladi. So„ng massa chinni kosachaga o„tkazilib, ustiga 100,0 g kungaboqar moyi, 2,5 g suvsizlantirilgan natriy sulfat solinadi va suv xamomida spirt, ammiak va suv to„liq bug„laguncha aralashtirilib turiladi. Spirt, ammiak va suv to„liq uchib ketganda ajratma tiniq bo„lib qoladi va bargni barmoq orasiga olib ezganda qisirlaydi. So„ng moyli ajratma 2 qavatli doka orqali suzilib, xom ashyo siqib olinadi, ajratma issiq xolda quruq idishga suziladi. 86 Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish. Tayyor maxsulotning tavsifi. YAshil yoki qo„ng„ir yashil rangli tiniq moysimon suyuqlik bo„lib, o„ziga xos hidga ega. Chinligi. Preparat xlorid kislota bilan benzin aralashmasida chayqatiladi. Suvli qatlam ajratib olinadi. Unga xloraform va pikrin kislota qo„shib qattiq chayqatiladi, so„ng xloraform qavati tindirib qo„yiladi, bunda pikratlar shu qavatga o„tib sariq rang xosil qiladi (atropin gruppasi alkaloidlari). Qadoqlash. 15-20 kg dan shisha idishlarda chiqariladi. Saqlanishi. Zich berkitilgan idishlarda, salqin qorong„i joyda saqlanadi. Ishlatilishi. Faqat og„riq qoldiruvchi dori vositasi sifatida nevralgiya va bod kasalliklarida liniment dori shaklida beriladi. Икки қаватли дока Сузиш Олинди Бажарилган иш Хосил бўлди Аралаштириш Мингдевона барги Баҳолаш Қадоқлаш Тайѐр махсулот Қадоқловчи материал 20% этил спирти 10% аммиак эритмаси Спирт-аммиакли аралашма Бўктириш Кунгабоқар мойи Сувсизлантирилган натрий сульфат Аралаштириш Буғлатиш 87 23-mavzu. Plantaglyutsid novogalen preparatini tayyorlash texnologiyasi Maqsad: Novogalen preparatlari xaqida umumiy ko„nikmalarga ega bo„lish va ularni o„ziga xos tayyorlanish texnologiyalari bilan tanishish. Mavzuning ahamiyati: Novoganlen preparatlari Galen preparatlaridan o„ta tozalanganligi va standarti bo„yicha tubdan farq qiladi. SHunday ekan ularni nafaqat ichish uchun balki in‟eksiya qilish mumkin bo„lganligi bilan ham ahamiyatlidir. Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Qorbo„ron” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi Vaziyatli masalalar: 1. Rutinni olish uchun yapon saforasining g„unchalari o„rniga gullari bor. 2. Olingan ajratmada rutinni cho„kmaga tushishi juda ham sekin. 3. Texnik fitin 10% li nitrat kislotasining eritmasida erimadi. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:: 1. Novogalen preparatlarining tarixi. 2. Novogalen preparatlarini Galen preparatlaridan farqi. 3. Novogalen preparatlarini tayyorlash bosqichlarini sanang. 4. Novogalen preparatlari qanday usullar bo„yicha tayyorlanadi? 5. Novogalen preparatlarini tayyorlashda ishlatiladigan ajratuvchilar. 6. Novogalen preparatlarining turg„unligi qanday ta‟minlanadi? 7. Adonizidni tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi. 8. Lantozidni tarkibi. 1-талаба: 1-ўта тозаланганлиги 2-тозаланган сув, ҳар хил қувватли этил спирти, органик ва ноорганик эритувчилар 3-рутин 4-қовурилган гуруч кепагидан 5-1:1 5-талаба: Плантаглюцидни олишдаги хом ашѐ ва ажратувчининг нисбати 2-талаба: Новогален препаратларини тайѐрлашда ишлатиладиган ажратувчилар Ўқитувчи: Новогален препаратларини Гален препаратларидан фарқи 4-талаба: Фитин нимадан олинади? 3-талаба: Япон сафораси ғунчаларидан олинадиган препарат номи 88 9. Perforatsiya qurilmasini ishlash tartibi. 10. Novogalen preparatlarining dori shakllari va nomenklaturasi. 1-laboratoriya ishi Plantaglyusid. Plantaglucidum. Vazifa 1. 50,0 g katta zubturum o„simligining bargidan plantaglyusid tayyorlang. 2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. Tarkibi. Maydalangan zubturum o„simliging bargi - 50,0 g. Tozalangan suv - etarli miqdorda. 96% li etil spirti - etarli miqdorda. Kerakli asbob-uskuna va yordamchi materiallar. 1. 50,0 g katta zubturum o„simligining bargi. 2. Hajmi 500 ml bo„lgan kolba. 3. Gaz gorelkasi va bug„latgich. 4. Byuxner voronkasi (nutch filtri). 5. Etil spirti (91-93% va 96% li ). 6. Filtr qog„ozi va bo„z mato. Ishni bajarish tartibi. 50,0 g maydalangan katta zubturum o„simligining bargi shisha idishga solinib, ustiga 500 ml tozalangan suv quyiladi va 45 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. So„ng ajratma quyib olinib, xom ashyo ustiga yana 300 ml tozalangan suv solinib, 30 daqiqa mobaynida qaynatiladi. Ajratmalar birlashtirilib, filtr qog„ozi orqali Byuxner voronkasida (nutch filtr) suziladi, so„ngra bug„latish idishiga solinib, oldingi hajmining 1/10 qismi qolguncha quyultiriladi. Quyultirilgan ajratmani shisha idishga solib, 40 o S gacha sovutgach, 3 baravar ko„p miqdorda 91-93% li etil spirti qo„shib aralashtiriladi va 30 daqiqaga qoldiriladi. So„ngra suyuqlik ehtiyotlik bilan quyib olinib, cho„kma Byuxner voronkasida bo„z mato orqali suziladi va 15-25 ml 95-96% li etil spirti bilan yuviladi. Aniq massadagi chinni kosachaga suyuqlik solinib, quritgich javonida 50-70 o S haroratda quritiladi va maydalanadi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling