Техноген indd


Ishonchlilik muammosining falsafiy asoslari


Download 1.67 Mb.
bet21/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Ishonchlilik muammosining falsafiy asoslari


Bu xususda falsafa nuqtai nazaridan ikki savolga javob bermoq kerak:



  1. Vaqt о‘tishi bilan transport vositasining dastlabki xarakteristi- kalarini yо‘qotishi majburiy jarayonmi?

  2. Uslubiy nuqtai nazardan ishonchlilik muammosini qanday falsafiy tushuncha va qonunlar belgilaydi?

Transport vositasi atrof-muhit bilan, inson, obyekt va h.k lar bi- lan о‘zaro ta’sirda bо‘ladi. Bunda har xil sabab-oqibat bog‘lanish- lari yuzaga keladi. Transport vositasiga ta’sir etuvchi omillar soni- ning kо‘payishi uning sifat kо‘rsatkichlarini tadrijiy (evolyutsion) о‘zgartiradi va dialektika qonunlariga asosan boshqa sifat holatiga olib keladi. Shuning uchun ekspluatatsiya jarayonida transport vo- sitasida kechayotgan о‘zgarishlar hamma moddiy obyektlarning eng muhim sifati harakatning qonuniy namoyon bо‘lishidir, chun- ki tabiatda о‘zgarmaydigan hech narsa yо‘q. Noxush о‘zgarishlar- ni sekinlatish mumkin, lekin ularni butunlay yо‘q qilish mumkin emas.
Shuning uchun quyidagilarni о‘rganish maqsadga muvofiq:
-transport vositasiga о‘tkaziladigan zarar ta’sirlar manbai va sa- bablarini;
-transport vositasining ishlash qobiliyatini pasaytiruvchi jara- yonlar fizik mohiyatini:
-transport vositasining har xil ta’sirlarga qarshi reaksiyasini;
-yuqorida keltirilgan omillar asosida kerakli vaqt davomida berilgan vazifalarni bajara oladigan tizimlar yaratishni.
Buyumning ishonchliligi uning asosiy sifat kо‘rsatkichlaridan biridir.
Falsafa nuqtai nazari olib qaralganda sifat - bu obyektning о‘zi- ga xosligi va boshqa obyekt hamda hodisalardan farqni ifodalovchi belgilar majmuidir.
Vaqt davomida sifat kо‘rsatkichlari о‘zgarishini о‘rganuvchi ishonchlilikni “sifat dinamikasi” deyish mumkin.


    1. Ishonchlilikning iqtisodiy jihati


Ishonchlilikning erishilgan darajasini baholash va uni oshirish zarurligi iqtisodiyot nuqtai nazaridan hal qilinishi kerak, chun- ki iqtisodiyot ishonchlilik masalalarini yechishda asosiy mezon bо‘lib xizmat qiladi.


Ishonchlilikning talab etilgan darajasiga erishish uchun har xil variantlarni taqqoslayotganda transport vositalarini ishlab chiqarish va ekspluatatsiyasi sarf-xarajatlarini hamda ulardan foydalanishda olinadigan samaradorlikni hisobga olgan holda eng kо‘p majmuiy iqtisodiy samara olish sharti bajarilishi kerak.
Transport vositalari ekspluatatsiyasi jarayonida majmuiy iqti- sodiy samaradorlikning vaqt о‘tishi bilan о‘zgarishi ikkita omilga bog‘liq:

    1. Yangi transport vositasiga ketgan sarf-xarajatlar (loyihalash, ishlab chiqarish, sinash, sozlash, transportirovka va h.k) - Qu; va ekspluatatsiya sarf-xarajatlari (TXK,T, profilaktika tadbirlari) - Qe.

Qu + Qe -samaradorlik tarozisida (balansida) manfiy son.

    1. Transport vositasidan foydalanish (daromad) musbat iqtisodiy

samaradorlik-foyda beradi (Qp).
Vaqt о‘tishi bilan Qe о‘sa boshlaydi, chunki transport vositasi eskiradi va u yо‘qotgan ish qobiliyatini tiklash uchun sarf-xarajatlar kо‘payadi.
Vaqt о‘tishi bilan Qr ning о‘sish sur’ati kamayadi, chunki trans- port vositasining TXK va ta’mirlarda turib qolishi uning unum- dorligini pasaytiradi. Shuning uchun ham majmuiy samaradorlik chizig‘i

Q(t) = Qp(t) - (Qu+Qe(t)) (1)


eng yuqori nuqtaga ega va ikki marta abssissa о‘qini kesib о‘tadi. Q ning о‘sishi bilan t=Ttq ga teng bо‘lgan vaqtda,

Qu + Qe = Qp (2)


bunda Ttq -sarf-xarajatlarni qoplash muddati.
Shunda transport vositasini ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar
qoplangan bо‘ladi.
t=Ttq dan boshlab transport vositasi foyda keltirishni boshlaydi. Lekin olinadigan foydaning о‘sishi ekspluatatsiya xarajatlarining t=Tox gacha bо‘lgan vaqtda kamayadi.(Tox-transport vositasi ishlash- ining chegaraviy muddati).
Bunda yana Qu+Qe=Qr holatiga ega bо‘lamiz. t>Tox bо‘lsa, ekspluatasiya xarajatlari olinadigan samaradan katta. Transport vo- sitasining iqtisodiy maqbul ekspluatatsiya muddati - Te Tmaxepr chegaraga yetadi. Demak, transport vositasi variantini ishonchlilik nuqtai nazaridan tanlayotganda uni ishlab chiqarish va eksplua- tatsiya xarajatlarini olinadigan samara bilan taqqoslash kerak. Transport vositasi ishonchliligini baholayotganda iqtisodiy mezon asosiy kо‘rsatkich bо‘lib hisoblanadi.




    1. Download 1.67 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling