Teleboshlovchi boʻlib qolsam nutqiy mavzuning maqsadi


Download 240.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana26.01.2023
Hajmi240.39 Kb.
#1126601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
10. Teleboshlovchi bo\'lib qolsam OʻK

Sintaksis. Leksikologiya. 
Berilgan soʻz va birikmalardan foydalanib gaplarni rasmiy yoki norasmiy 
nutq shakliga oʻzgartirib koʻchiring. 
 
Bunda oʻquvchilarga tanish boʻlgan teleboshlovchilar nutqida qoʻllanadigan 
til birliklari berilgan boʻlib, oʻquvchilar ushbu birliklarni qatnashtirib rasmiy va 
norasmiy gaplar tuzib yozishlari lozim. Bu topshiriqni bajarishda oʻquvchilar 
gaplar mazmuniga, namunadagi ikkita gapga hamda rasmiy va norasmiy nutq 
haqida egallagan bilimlariga tayanishi lozim.. 
Yozma nutq. Matn yaratish. 
Berilgan xabarni yetkazish maqsadida rasmiy yoki norasmiy nutq tayyorlang.
Bunda oʻquvchiga vaziyat yuzasidan kichik koʻrinishdagi matn berilgan 
boʻlib, oʻquvchilar ushbu matn mazmunidan rasmiy va norasmiy nutq tayyorlab, 
yozishlari lozim.
Oʻqituvchi berilgan maʼlumotni oʻqib berishi hamda oʻquvchilar nutq 
tayyorlashlari uchun, koʻmaklashib turishi lozim. Masalan, nutqlarini quyidagi gap 
bilan boshlab berishi mumkin: “Azizlar, yana bir xushxabar, hamyurtimiz 
Muhammadfozil Ismoilov...”, “Ismoilov Muhammadfozil Fargʻona viloyatida 
istiqomat qiladi. U ...” 
Uyga vazifa. 
Yozma nutq. Matn yaratish 
Televideniyeda namoyish etilayotgan koʻrsatuvlarni kuzating. Bu 
koʻrsatuvlarning biri haqida oʻz shaxsiy qarashlaringiz aks etgan matn 
yozing.
 
Bu topshiriq oʻquvchilarning mustaqil izlanib, ijodiy yondashishlariga 
qaratilgan. Bunda oʻquvchilar televideniyeda namoyish etilayotgan koʻrsatuvdan 
ixtiyoriy birini kuzatib, oʻz munosabatlarini yozishi lozim. 
Bu topshiriq oʻquvchining bogʻlanishli nutq tuza olishi bilan birgalikda 
tanqidiy fikrlash koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. 


Oʻqituvchi koʻrsatma sifatida “Axborot”, “Davr”, “Assalom, Oʻzbekiston” 
kabi koʻrsatuvlardan foydalanishi mumkinligini aytishi maqsadga muvofiq. 

Download 240.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling