Oʻzingiz qiziqqan yoki tanlagan kasbingizdagi insonga xos sifatlarni yozib
chiqing. Sizda ushbu sifatlardan qaysilari borligi, qaysi sifatlar yoʻqligiga
tanqidiy nazar tashlang.
Bu topshiriq oʻquvchining
mustaqil izlanishiga,
hayotiy kuzatishlariga
asoslanadi. Bunda oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan kasb haqida maʼlumot toʻplab, shu
kasb egalariga xos boʻlgan sifatlarni yozib chiqishlari hamda oʻzlaridagi
sifatlar
tanlagan kasblariga mos yoki mos emasligini taqqoslab chiqishlari lozim.
Bunda asosiy eʼtibor oʻquvchining oʻzi qiziqqan kasb haqida maʼlumot
toʻplashiga, maʼlumotlarni saralashiga va tanlagan kasbiga
oid shaxsiy sifatlarini
aniqlab, oʻzidagi sifatlarni oʻstirishga qaratilgan.