DARS JARAYONI
Kirish.
“Ayting-chi, televideniyeda qanday mutaxassislar faoliyat yuritadi? Ular
haqida nimalarni bilib oldingiz?
Asosiy qism.
Morfologiya.
Matndan olingan parchani oʻqing, unda ajratib koʻrsatilgan soʻzlarga soʻroq
bering. “Qanday?”, “qanaqa?” soʻroqlariga javob boʻluvchi soʻzlarni alohida
koʻchiring.
Bunda “Teleboshlovchi kim?” matnidan olingan parcha berilgan boʻlib,
ushbu parchadan ayrim soʻzlar ajratib koʻrsatilgan. Oʻquvchilar ajratib koʻrsatilgan
soʻzlarga soʻroq berib, “qanday?”, “qanaqa?” soʻrogʻiga javob boʻluvchi soʻzlarni
aniqlab yozishlari lozim. Bunda ayrim soʻzlarning soʻrogʻi kontekstual maʼnosiga
asoslanadi.
Masalan, xato(nima?, ot), xato gap(qanday gap?, sifat).
Shuning uchun oʻquvchilar soʻzlarga soʻroq berishda soʻzning maʼnosi hamda
oʻzi bogʻlangan soʻzga eʼtiborini qaratishi lozimligi aytiladi.
Javob: aniq, tushunarli, topqir, soʻzamol, uddaburon, xato.
Qoida. Morfologiya.
Oʻquvchilar topshiriqni bajarib boʻlgach, javoblari
tahlil qilinadi hamda sifat
haqida nazariy maʼlumot beriladi.
Morfologiya. Sintaksis.
Berilgan soʻzlarni mos sifatlar bilan biriktirib, koʻchiring. Ushbu otlarga
yana qanday sifatlarni biriktirish mumkinligini misollar bilan koʻrsatib
bering.
Bunda ikki ustun berilgan boʻlib, birinchi ustunga ot soʻz
turkumidagi
soʻzlar, ikkinchi ustuniga sifat soʻz turkumidagi soʻzlar berilgan. Oʻquvchilar
birinchi va ikkinchi ustundagi soʻzlarni moslashtirib yozishlari hamda otlarga mos
boshqa sifatlarni topib, misollar bilan izohlab berishlari lozim.
Bu jarayonda oʻquvchilarga birinchi ustundagi soʻzlarga soʻroq berish orqali
ikkinchi ustundagi soʻzni topish mumkinligi aytiladi.
Javob: koʻngilochar koʻrsatuv, musiqiy koʻrsatuv, keng yoʻl, topqir
mutaxassis, ogʻir odam, obod qishloq, dangasa kishi, yaxshi kasb, qadrdon
teleboshlovchi.
Do'stlaringiz bilan baham: