Javob: shaxsning belgisi: topqir mutaxassis, ogʻir odam, dangasa kishi,
qadrdon teleboshlovchi; narsaning belgisi: koʻngilochar koʻrsatuv, musiqiy
koʻrsatuv, yaxshi kasb; oʻrin-joy belgisi: keng yoʻl, obod qishloq.
Ayting-chi, bu soʻz birikmalarida sifat qanday vazifani bajarmoqda?
Bu savolda asosiy eʼtibor: oʻquvchilarning sifatlar soʻzlarning belgisini bildirib
kelishlarini tushunib yetishlariga qaratiladi.
Yordamchi soʻzlar.
Matndan olingan quyidagi parchani oʻqing. Ajratib koʻrsatilgan birliklar
qanday vazifani bajarayotganligini aniqlash maqsadida ularni tushirib
qoldirib, qayta oʻqib koʻring, vazifasini tushuntiring.
Bunda “Teleboshlovchi kim?” matnidan olingan parcha berilgan boʻlib,
parchadan ayrim soʻzlar ajratib koʻrsatilgan. Bunda oʻquvchilar parchani dastlab,
ajratib koʻrsatilgan soʻzlarni tushirgan holda keyin toʻliq oʻqib, ushbu soʻzlarning
maʼnosini gaplar mazmunidan anglashib, munosabat bildirishi lozim.
Bu jarayonda oʻqituvchi ikki holatni oʻzi oʻqib berishi, oʻquvchilardan tinglab,
munosabatlarini soʻrash ham oʻrinli.
Yordamchi soʻzlar.
Vazifasiga koʻra quyidagi guruhlarga ajrating:
Bu yuqoridagi topshiriqning davomi boʻlib, oʻquvchilar ajratib koʻrsatilgan
soʻzni gapdagi mazmuniga koʻra guruhlab yozishi lozim.
Bunda asosiy maqsad,
oʻquvchilarga soʻzlarni bir-biriga bogʻlash va gaplarga qoʻshimcha maʼno
yuklashda yordamchi soʻzlardan foydalanish mumkinligi haqida tushuncha
berishdan iborat.
Shunday ekan, bu jarayonda oʻqituvchi oʻquvchilarning fikrini
tinglab, tushuntirib farqlab berishi maqsadga muvofiq.
1 Soʻzni soʻzga bogʻlash
Va
2 Soʻzga qoʻshimcha maʼno yuklash
ham, uchun, -da
Do'stlaringiz bilan baham: