Teleboshlovchi boʻlib qolsam nutqiy mavzuning maqsadi


 Sizningcha, teleboshlovchilik qanday kasb? Oʻz fikringizni erkin bildiring


Download 240.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana26.01.2023
Hajmi240.39 Kb.
#1126601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
10. Teleboshlovchi bo\'lib qolsam OʻK

8. Sizningcha, teleboshlovchilik qanday kasb? Oʻz fikringizni erkin bildiring, 
tanqid qilishdan choʻchimang. 
 
Bu savol oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash koʻnikmasini shakllantirishga 
qaratilgan. Bunda oʻquvchi matndan olgan xulosasi hamda hayotiy kuzatishlari 
asosida fikrini asoslab, aytib bera olishi lozim. 
9. Sizningcha, teleboshlovchi va suxandon nutqi uchun qanday talab qoʻyilishi 
mumkin?
 
Bu savol dars davomida egallagan maʼlumotlari asosida qoida yaratish, yaʼni 
hayotiy kuzatishlari hamda matnda berilgan maʼlumotlaridan kelib chiqib, xulosa 
chiqarishga qaratilgan. 
Bu jarayonda oʻqituvchi oʻquvchilarga yoʻnaltiruvchi savollar berib
koʻmaklashishi lozim. Masalan, teleboshlovchilar shoshib gapirishadimi? Ular 
qanday koʻrinishda boʻlishi kerak? Tasvirga olishga kech qolishlari 
mumkinmi?...kabi.  
Ogʻzaki nutq. Orfoepiya. 
Leksikografiya. 
Soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qiling. Ularning izohini kitob ortidagi lugʻatdan 
topib koʻchiring. 
Ushbu topshiriq oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirish hamda olinma 
soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish koʻnikmasini shakllantirishni maqsad qilgan. 
Dastlab, berilgan soʻzlar har bir oʻquvchiga oʻqittiriladi. Oʻqituvchi 
notoʻgʻri talaffuz qilgan oʻquvchi bilan alohida shugʻullanishi maqsadga muvofiq.
Oʻquvchilar soʻzlarni talaffuz qilib boʻlgach, lugʻat bilan ishlash topshirigʻi 
beriladi. Bunda oʻquvchilar ushbu soʻzlarning maʼnosini lugʻatdan topib, 
koʻchirib yozishi lozim. 


Muhokama. 
Berilgan soʻz birikmalarining maʼnosini sinfda muhokama qiling.
Berilgan birliklar oʻquvchilar hayoti davomida turli vaziyatlarda 
foydalanishi mumkin boʻlgan til birliklari hisoblanadi. Ushbu birliklar doskada 
yozilib, har bir oʻquvchining fikri birliklar yuzasidan fikri tinglanadi.
Oʻquvchilar fikr bildirishda matndan foydalanishlari mumkin. Bunda asosiy 
eʼtibor birliklar maʼnosini tushunish hamda turli vaziyatlarga toʻgʻri qoʻllay 
olishga qaratiladi. 
Efir vaqti – gapirish vaqti. “Efir” soʻzi jahonning radiotoʻlqinlar tarqaladigan 
muhitga nisbatan ishlatiladi. Bunda teleboshlovchining koʻrsatuvni boshlash vaqti, 
davomiyligi tushuniladi.

Download 240.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling