Koʻngilochar koʻrsatuv – insonlarga xush kayfiyat bagʻishlashni maqsad
qilgan koʻrsatuv.
Shou dastur – ommalashgan, xalqni tomosha qilishiga qaratilgan tadbir.
Improvizatsiya qilish – ijro jarayonining oʻzida yaratilgan sheʼr, musiqa,
pyesa va shu kabilar orqali vaziyatga moslab ijro etish.
Kadr orti – tasvirga olish jarayonida ishtirok etadigan, ammo tasvirda
koʻrinmaydigan jarayon.
Muhokama.
Matn asosidagi maʼlumotlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini aniqlang. Har
bir maʼlumotni sinfda muhokama qiling.
Ushbu topshiriq matn bilan qayta ishlash, matndagi maʼlumotlarni saralash,
fikrlarni toʻgʻri, notoʻgʻri maʼlumotlarga ajrata olishga qaratilgan. Berilgan gaplar
matnda ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlar asosida olingan. Oʻquvchilar matn
bilan qayta ishlab, bajarishlari lozim.
Belgilab boʻlganlaridan soʻng, muhokama boshlanadi. Bu jarayonda
oʻquvchilardan toʻgʻri deb belgilagan birliklarini nima uchun toʻgʻriligini,
notoʻgʻri deb belgilagan birliklarini nima uchun xato ekanligini asoslab aytib
berishlari talab etiladi. Oʻqituvchi ularning fikrini tinglab, javoblariga izoh berib
borishi maqsadga muvofiq.
Javob: 1-toʻgʻri, 2-toʻgʻri, 3-toʻgʻri, 4-notoʻgʻri, 5-notoʻgʻri, 6-toʻgʻri, 7-
notoʻgʻri.
Uyga vazifa.
Yozma nutq. Matn yaratish.
Televideniyeda faoliyat yuritadigan mutaxassislardan qaysi birining vazifasini
bajarishni istaysiz? Bu kasblardan birini tanlab, fikrlaringizni quyidagi
tartibdagi matn shaklida yozing.
Bu topshiriq oʻquvchilarning mustaqil izlanishiga qaratilgan. Oʻquvchilar
berilgan kasblardan birini tanlab, nima uchun uni tanlaganligini izohlab berishi
lozim. Bunda oʻquvchilar har bir kasb haqida maʼlumotga ega boʻlishlari uchun
darslik ortidagi lugʻatdan, ijtimoiy tarmoqlardan, kitob, gazeta-jurnallardagi
maqollardan foydalanishi mumkinligi aytiladi. Soʻngra, toʻplagan maʼlumotlarini
berilgan yoʻriqnoma asosida matn koʻrinishida yozishlari tushuntirib oʻtiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |