Teleboshlovchi boʻlib qolsam nutqiy mavzuning maqsadi


Yordamchi soʻzlar. Sintaksis


Download 240.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana26.01.2023
Hajmi240.39 Kb.
#1126601
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
10. Teleboshlovchi bo\'lib qolsam OʻK

 
Yordamchi soʻzlar. Sintaksis.
 
Uchta gap tuzib, yozing. Birinchi gapda sifat shaxsning, ikkinchi gapda 
narsaning, uchinchi gapda oʻrin-joyning belgisini bildirsin. 
 
Bunda oʻquvchilar sifatlarni qatnashtirib, shaxs, narsa, oʻrin-joyning 
belgisini bildirgan gap tuzishlari lozim. Asosiy eʼtibor sifatning maʼno-mazmuniga 
koʻra qoʻllab, gap tuza olishga qaratiladi.
Qoida. Morfologiya. 
 
Oʻquvchilar topshiriqni bajarib boʻlishgach, sifatning tuzilishi haqida 
maʼlumot beriladi: 
Morfologiya. 
Berilgan sifatlar tarkibidan juft va qoʻshma sifatlarni alohida koʻchiring.  
Mazkur topshiriq oʻquvchining sifatlar imlosiga doir egallagan nazariy 
bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan. Bunda oʻquvchilar berilgan sifatlar 
orasidan qoʻshma va juft sifatlarni alohida ajratib koʻchirishlari lozim. Bu 
topshiriqda oʻquvchi eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan oʻrinlar boʻlib, u sifatlar 
orasida yasama sifatlarning borligi hamdir. 
Javob: 


Qoʻshma 
sifatlar: kamgap, shirinsuxan, hozirjavob, ishyoqmas
mehnatsevar, kaltafahm; 
Juft sifatlar: esli-hushli, boy-badavlat, sogʻ-salomat, nozik-nihol.
Uyga vazifa. 
Yozma nutq. Matn yaratish. 
Teleboshlovchi kasbining oʻziga xos sifatlarini ajrating. Ulardan foydalangan 
holda teleboshlovchilik kasbining muhim jihatlarini yoritishga oid kichik 
matn yozing.
 
Bu topshiriq oʻquvchilarning darsda egallagan bilimlari asosida mustaqil 
izlanib, ijodiy yondashishiga qaratiladi. Oʻquvchilarga darsda tanishgan 
“Teleboshlovchi kim?” matnidagi maʼlumotlardan, kitob, gazeta, jurnal va internet 
saytlaridan teleboshlovchilik kasbi haqida maʼlumot toʻplab, teleboshlovchiga xos 
sifatlarni saralab, ushbu maʼlumotlar asosida teleboshlovchilik kasbining muhim 
jihatlarini yoritib berishlari talab etiladi. 
Bunda asosiy eʼtibor oʻquvchilarning maʼlumot toʻplash, kerakli oʻrinlarni 
ajratib olish hamda saralab olingan maʼlumotlar asosida erkin fikrlab, matn yoza 
olishiga qaratiladi. 

Download 240.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling