7
9. Betonga zararli qo‘shimchalar aralashib qolishi qanday
oqibatlarga olib keladi?
Shunday hollar uchraydiki, sement va to‘ldiruvchilar ularni
tashish vaqtida ifloslangan bo‘ladi. Natijada betonning struktu-
rasi shakllanishiga va mustahkamligiga salbiy ta’sir qiladi. Shuni
ham alohida ta’kidlash kerakki, betondagi zararli qo‘shimchalar-
ning ta’siri bir oy, hatto yillab davom etishi mumkin. Ularni dar-
hol aniqlab bo‘lmasligi qo‘shimcha muammolarni paydo qiladi.
10. Betonning mustahkamligida suv-sement nisbati qanday
rol o‘ynaydi?
Suv-sement (S/s) nisbati betonning mustahkamligiga keskin
ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biridir. Yuqori mustahkamlik-
dagi beton tayyorlash uchun uning nisbati 0,4
dan oshmasli-
gi kerak, ya’ni 1 kg sement ga 400 gr suv to‘g‘ri keladi. Suv-se-
ment nisbati oshgan sari betonning mustahkamligi kamayib
boraveradi.
11. Betonning siqilishdagi mustahkamligiga ko‘ra uning
markasi bilan klassi bir-biridan qanday farqlanadi?
Betonning markasi deganda uning o‘rtacha kub mustah-
kamligi R (o‘lchov birligi kg/sm
2
) tushuniladi. 1986-yildan
beri temir-beton konstruksiyalarni
loyihalashda marka tu-
shunchasidan foydalanilmaydi, lekin qurilish amaliyotida uch-
rab turibdi. Betonning klassi В (ehtimolligi 95% ta’minlangan)
MPa o‘lchov birligidagi betonning
kub mustahkamligi bosh-
qa materiallar kabi betonning mustahkamligi birlamchi emas,
ya’ni uning mutahkamligi R
min
dan R
max
gacha o‘zgaradi. Agar
mustahkamlikning o‘zgarishi normal taqsimotning egri chiziq-
li ko‘rinishida bo‘lsa, marka uning
eng yuqori qismiga klass
esa (8-rasm) 0,0764 ulushiga teng bo‘ladi (variatsiya koeffit-
sienti 0,135 bo‘lganda). Masalan, B30 klass beton 400 marka-
ga teng bo‘ladi.