Temir-beton armatura beton uchun nimaga kerak?
mustahkamligini oshiradi?
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
10 лекция
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16. Yumshoq va qattiq armaturabop po‘lat nima
mustahkamligini oshiradi?
Superplastifikator deganda beton qorishmasining plastikli- gini oshiruvchi qo‘shimchalar tushuniladi. Betonning plastikligi ortishi natijasida suv-sement nisbati kamayadi, tabiiyki bunday holatda betonning mustahkamligi 25–30% ortishi kuzatiladi. 16. Yumshoq va qattiq armaturabop po‘lat nima? Yumshoq armatura (A-I, A-II, A-III klassdagi armatu- ralar) cho‘zilish diagrammasida (9-a rasm) uchta bosh uchastkaga ega: elastik deformatsiyalar (bu yerda Guk qonu- ni amal qiladi), pl (oquvchanlik chegarasi) kuchlanishlarda oquvchanlik maydoni va elastik-plastik deformatsiyalar (egri chiziqli uchastka). Konstruksiyalarni hisoblashda birinchi va ikkinchi uchastkalardan foydalaniladi. Po‘latning oquvchan- ligi u yoki bu darajada normal kesimlarni egilishga hisobla- ganda hisobga olinadi (kam armaturalangan kesimlarda, ar- maturalarni bir necha qatorlarga joylashtirganda va hokazo). Undan tashqari statik noaniq konstruksiyalarni chegaraviy muvozanat usulida hisoblashlarda qo‘llaniladi. Hisoblashlar- da uchinchi uchastka qatnashmaydi, chunki u yerda defor- matsiya kam bo‘lganligi uchun real sharoitlarda ular kons- truksiyaning buzilishiga mos keladi. 11 Qattiq yoki yuqori mustahkamlikdagi armatura (A-IV, At- IV va undan yuqori klass armaturalar hamda B-II, Bp-II, K-7, K-19 klass armaturalar) jismoniy oquvchanlik chegarasiga ega emas (9-b rasm), u proporsionallik chegarasigacha elastik defor- matsiyalanadi, undan keyin diagramma asta-sekin qiyshayadi. Xavfsiz ishlash chegarasi sifatida shartli oquvchanlik chegara- si 02 qabul qilingan, bunda qoldiq, ya’ni plastik uzayish 0,2% ni tashkil qiladi. Qattiq po‘latlarda mustahkamlik yumshoq po‘latlarga qaraganda yuqori, lekin unda uzilishdagi uzayish kamroq, ya’ni ularda plastik xossalari yomonroq bo‘lganli- gi uchun mo‘rtroq hisoblanadi. Yumshoq va qattiq deb nomla- nish shartli bo‘lib, rasmiy hujjatlarda ishlatilmaydi, lekin ushbu nomlanish qulay bo‘lganligi uchun ilmiy-texnik adabiyotlarda keng qo‘llaniladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling