Тemir yo’l muhandisligi


Transheya tipidagi gorizontal trubkasimon drenajni loyihalash va


Download 1.02 Mb.
bet11/14
Sana28.12.2022
Hajmi1.02 Mb.
#1011838
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Temir yo\'l izi (kurs ishi) (2)

2.3. Transheya tipidagi gorizontal trubkasimon drenajni loyihalash va
gidravlik hisoblari
Drenaj yer polotnosi nobarqaror uchastkasining muhandislik-geologiya tadqiqotlari ma’lumotlari asosida loyihalashtiriladi.
Loyihada quyidagilar aniqlanadi: drenaj rejasi va bo'ylama profili; drenajlar va ko'rish quduqlari konstruksiyasi; drenajlaydigan to'ldirgich tarkibi; suv chiqarish va suv ketkazish o'zanlar konstruksiyasi; ishlar hajmi; talab etilgan material turlari va ularning miqdori; poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlaydigan ishlarning amalga oshirilish muddatlari va sharoitlari; smeta-moliya hujjatlari tuziladi.
Drenaj trassasi minimal qurilish va ekspluatatsiya xarajatlari bilan gruntlarning eng to'liq quritilishini ta’minlaydigan qilib joylashtiriladi. O'yiqlarning asosiy maydonchalari, nolinchi joylar yoki baland bo'lmagan (1-2 m gacha) ko'tarmalar, shuningdek o'yiq kesiklaridagi gruntlarini quritish uchun mo'ljallangan drenajlar, odatda, yo'l o'qiga parallel joylashtiriladi.
Muayyan gidrogeologik sharoitlarga bog'liq ravishda bir tomonlama, ikki tomonlama, gruntli drenajlar yoki drenaj tarmog'i tiklanishi talab etilishi mumkin.
Kurs loyihasida yo'l o'qi parallel joylashgan ikki tomonlama drenaj qabul qilingan.
Drenajning bo'ylama profili quyidagi qoidalarni hisobga olgan holda, muayyan mahalliy sharoitlardan kelib chiqib loyihalashtiriladi:

  • gruntdan chiqayotgan oqimning to’liq chiqarib yuborish yoki suv darajasini talab etilgan chuqurlikka pasaytirilish zarurati;

- drenaj yotiqligi doimiy yoki inshootning quyi qismiga nisbatan kattalashib boradigan bo’lishi shart;

  • profil “sinishlari”ga ko'zdan kechirish quduqlarida yo'l qo'yiladi;

  • kyuvet osti va kyuvet orti drenajlarining yotiqligini, odatda, yo'l (kyuvet) yotiqligiga teng qilib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yotiqlikning optimal qiymati 3-6 %0 deb beriladi;

  • drenajlardagi suv tezligi trubalarning mexanik mustahkamligi shartlariga ko'ra va drenaj to'ldirgichining mayda zarrachalari olib ketilishining oldi­ni olishga qaratilgan talabga rioya qilish maqsadida yo'l qo'yiladigan qiymatdan oshib ketmasligi lozim. Taxminan maksimal tezlikni 1 m/s gacha deb qabul qilish mumkin. Trubalarni to'lib (tiqilib) qolishdan asrash uchun ulardagi suvning minimal tezligi Vmin > 0,25-0,40 m/s bo'ladi.

Drenaj transheyasi o'lchamlari (chuqurligi va eni) muhandislik-geologiya tadqiqotlari ma’lumotlari asosida drenaj tiklash uchun mavjud mexanizatsiya vositalarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Transheyani drenaj mashinasi yordamida qazishda 2d transheya eni 0,52 m deb belgilanadi.
Shishib (ko'tarilib) chiqadigan uchastkalarda yopiq tipdagi bo'ylama drenajlarni SNII MPS trubofiltrlari bilan loyihalashtirish maqsadga muvofiq; truba­larning boshqa turlari faqat trubofiltrlar bo'lmagan hollardagiga qo'llanadilar. Trubofiltrlar sement aralashmasi asosidagi keramzit graviy (shag'al) dan tayyorlanadi. Keramzitobetonning filtrlanish koeffitsiyenti to'ldirgichning filtrlanish koeffitsiyentidan 100 marta katta. Trubofiltrlarning ichki diametri Dvm = 50-200 mm, devorlari qalinligi S = 25-60 mm va seksiyalari uzunligi 500-1000 mm. Hozirgi paytda trubofiltrlar ba’zan geotekstil bilan o'rab qo'yiladi.
Vaqti-vaqti bilan ko'zdan kechirib turish imkoniyati hamda drenajni tozalab turish uchun trassaning har 50-100 metrida, shuningdek rejada va profil bo'yicha burilish burchaklarida ko'zdan kechirish quduqlari jihozlanadi. Drenajning oxirgi uchastkasida suv chiqarish joyi jihozlanadi.


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling