Tense degan atama bilan ifodalanadi. Macmillian English Dictionary for Advanced Learners lug'atida zamon, ya'ni tense
Soʻroq gaplar va ularning turlari
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Hamdam Atajanov
Soʻroq gaplar va ularning turlari
Ingliz tilida soʻroq gap hosil qilish uchun yordamchi fe'lning egadan oldinga chiqishining oʻzi kifoya qiladi. Bu qoida umumiy va maxsus soʻroq gaparga birdek tegishlidir. He can play the piano. (can -yordamchi fe'l, darak gap) Can he play the piano? (umumiy soʻroq gap) We are playing football. (are - yordamchi fe'l) What are you playing? (maxsus soʻroq gap) Yuqoridagi misollarda yordamchi fe'l darak gapda ham, soʻroq gapda ham qatnashyapdi. Ammo darak gapda qoʻllanilmasdan faqat soʻroq gap hosil qilishda qoʻllaniladigan do/does/did yordamchi fe'llari ham mavjud. He likes swimming. (darak gap, yordamchi fe'l yoʻq) Does he like swimming? (soʻroq gap, does yordamchi fe'li qoʻllanilgan) I bought a camera. (darak gap, yordamchi fe'l yoʻq) What did you buy? (soʻroq gap, did yordamchi fe'li qoʻllanilgan) Yordamchi fe'llar soʻroq gaplarda har doim ham qoʻllanavermaydi. Ingliz tilida who/what/which soʻroq olmoshlari bilan egaga savol berilganda do/does/did yordamchi fe'llari qoʻllanilmaydi. Boshqa yordamchi fe'llar esa soʻroq olmoshlaridan keyin keladi. He likes swimming. (U suzishni yoqtiradi.) Who likes swimming? (Kim suzishni yoqtiradi? egaga savol berilgan va does yordamchi fe'li qatnashmagan.) An apple fell on my head.(Olma boshimga tushdi.) What fell on your head? (Nima boshingizga tushdi?) This book is interesting. (Bu kitob qiziqarli) Which book is interesting? (Qaysi kitob qiziqarli?) Qiyoslash uchun misol: I saw Jack this morning. (Men ertalab Jekni koʻrdim) Egaga savol beramiz: Who saw Jack? (Kim Jekni koʻrdi?) I did. (Men koʻrdim) Toʻldiruvchiga savol beramiz: Who did you see this morning? (Bugun ertalab kimni koʻrdingiz?) Jack. (Jekni) Yuqoridagi qiyoslashda toʻldiruvchiga savol berilganda did yordamchi fe'lining ishlatilishiga e'tibor berish lozim. Rasmiy uslubda bunday vaziyatlarda ega va toʻldiruvchini adashtirmaslik uchun toʻldiruvchiga savol berilganda whom olmoshi qoʻllaniladi, ya'ni ikkinchi soʻroq gap quyidagicha boʻlishi kerak: Whom did you see this morning? Ba'zan ikkita soʻroq gap birlashib, ketma-ket qoʻllanishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ikkinchi soʻroq gap darak gap tartibiga (ega+ yordamchi fe'l) oʻtadi. 1) Do you know? 2) Where is the station? (ikkita soʻroq gap) Do you know where the station is? (bitta soʻroq gap, ikkinchi soʻroq gap darak gap tartibida (ega+yordamchi fe'l) ifodalangan) Hamdam Atajanov 58 1) Could you tell me? 2) When will Ann arrive? Could you tell me when Ann will arrive? (bitta soʻroq gap, ikkinchi soʻroq gap darak gap tartibida (ega+yordamchi fe'l) ifodalangan) Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling