Termiz davlat pedagogika instituti fakulteti
Download 128.89 Kb.
|
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Homila bosqichi(9- 38 hafta)
Homila bosqichi oxirgi va eng uzoq davom etadigan bosqich bo‘lib, to‘qqizinchi haftasidan boshlab, tug‘ruq bilan tugallanadi. Bu vaqtda homilaning tana o‘lchamlari kattalashadi va organizm tizimlari faoliyat yurita boshlaydi. 4 oylikdan homilaning og‘irligi 113,4 grammdan 226,8 grammgacha etadi. Oxirgi 5 oyda homilaning og‘irligi 1984,5 grammdan 2268 grammgacha o‘lchamlari kattalashib borishini ko‘rish mumkin. 1. Tuxumdon va urug‘don differensiatsiyasi 2. Qon tomir tizimining faoliyati 3. Homila harakatining onaga sezilishi. 4. Homila boshida soch qoplanishining hosil bo‘lishi . 5. So‘rish va yutish faoliyati. 6. Bosh miyaning maxsus faoliyati. 7. Homilaning hayotchan davri. 8. Og‘irligini tezda ko‘paytirib olishi. 9. Tug‘ruq. Bu davrda organizm uchun muhim bo‘lgan nerv, nafas olish va ovkat hazm qilish kabi organlarning shakllanishi tugallanadi. Bu davrning eng muhim hodisalari quyidagilardan iborat. • Urug‘lanishdan 5-6 oydan so‘ng homilaning qoshlari, kipriklari va sochlari paydo bo‘ladi. Embrional davrning oxiriga borib, erkak embrionda urug‘don, qiz embrionda tuxumdonlar rivojlanadi. Uchinchi oyda urug‘donda tashqi jinsiy belgilar rivojlanishiga ta’sir ko‘ratuvchi garmonlar sintez qilishni boshlaydi: qiz embrionda bu garmon sintezlanmaydi va o‘xshash hujayralardan jinsiy organlar hosil bo‘ladi. • 4 -haftada hujayralar qavati naysimon bo‘lib o‘raladi. Nayning bir uchi kengayib, undan bosh miya hosil bo‘ladi, qolgan kismidan orqa miya shakllanadi. Homila bosqichi boshlanishiga kelib, bosh miya tarkibida turli tuzilmalar bo‘lib, organizm funksiyalarini boshqaradi. Bu bosqichda miyaning barcha sohalarini o‘sishi amalga oshadi, xususan, odam xulk- atvorining ko‘plab muhim turlarini boshqaruvchi bosh miya po‘stlog‘ining xususiyatlari ham rivojlanadi. Bu o‘zgarishlar homilaning 22 va 28 haftalar o‘rtasida rivojlanayotgan organlarning ko‘pchilik tizimi ishonchli ravishda faoliyat yurita boshlaydi, Shuning uchun homila hayotining bu davri homilaning hayotchan davri deb ataladi. Bu vaqtda homila bola ko‘rinishini oladi. Vaqtidan avval tug‘ilgan bolalarning nafas olish organlarida muammolar tug‘ilishi mumkin. Shuningdek, ular tana haroratini doimiy tarzda boshqarib turolmaydilar. CHunki, ularda teri osti qavatidagi yog‘ qavati mavjud bo‘lmaydi .Bu qavat homilaning 8 - oyida hosil bo‘ladi. Hozirgi zamon neonatal yordamning imkoniyatlari yordamida erta tug‘ilib qolgan bolalar yashab qolishi mumkin. Homila bosqichida xulk -atvor paydo bo‘ladi, homilada faollik davri ko‘rinadi. Ko‘pchilik onalar homila harakatchanligi va tinch vaqtlarini aytib berishlari mumkin. Homilaning ko‘z va quloqlari ta’sirlarga javob beradi, yuragi tezroq urishni boshlaydi, ko‘zlari yorug‘likka pirpirash bilan javob beradi. Bunday ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, ona qornidagi oxirga oylar homilani mustaqil hayotga, ya’ni, ona organizmidan tashqi hayotga tayyorlab beradi, bu o‘zgarishlar homilador ayol o‘zining bo‘lajak farzandiga sog‘lom atrof-muhitni ta’minlagandagina amalga oshishi mumkin. Sog‘lom bola tug‘ilishi uchun bo‘lajak onalarga vrachlar asosiy 5ta tavsiyani ta’kidlab o‘tadilar: 1. Homilador ayol davolovchi vrach ko‘rigidan muntazam o‘tib turishi, har oyda, homiladorlikning oxirida har haftada vrach qabuliga borib turishi shart. 2. Homilador ayol to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga roiya qilishi shart. Asosiy ozuqa 5ta asosiy mahsulotlar guruhidan: yormalar, meva va savzavotlar, sut mahsulotlari, go‘sht yoki dukkakli o‘simliklardan tayyorlangan ozuqalar bo‘lishi kerak. Barcha vitaminlar, minerallar va temir moddalardan iborat taomlarni tanovul qilishlari kerak. 3. Alkogol va kofein tutuvchi ichimliklarni iste’mol qilish, chekish tavsiya etilmaydi. Biror bir dori-darmon yoki tibbiy muolajani qabul qilishda avval vrach bilan maslahatlashishlari kerak. 4. Homiladorlik davrida badan tarbiya bilan shug‘ullanish zarur. Agar homilador ayol yaxshi jismoniy holatda bo‘lsa, tana qo‘shimcha og‘irlikni ko‘tarishda qiyinchilikka uchramaydi. 5.Homilador ayol o‘zining toliqib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi, ayniqsa, homiladorlikning oxirgi haftalarida, maxsus mashg‘ulotlarga qatnashishi zarur. U erda ayollarni tug‘ruqqa va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilishni o‘rgatadilar. Bola hayotining har bir oyi uning jismoniy va psixik im-qoniyatlarining shakllanishidagi muhim davrdir. Ikki, uch oylik bola ham yangi tug‘ilgan chaqaloqdan ancha farq qiladi, uch yashar bola esa o‘z taraqqiyoti bilan bir yashar boladan birmuncha ustun turadi. Ilk bolalik davrda bolaning shaxsi, xarakteri, xulq-atvori ma’lum darajada tarkib topadi. SHu sababli bolaning ma’lum davrdagi rivojlanishi xususiyatlarini tahlil qilganda, bu rivojlanishning oldingi bosqichlarda qanday bo‘lganligini bilish kerak. Bu faqat bolaning rivojlanish jarayonini takomillashtirish va tezlashtirish uchun emas, balki ana shu jarayonning bola kuchiga yarasha va Yosh imkoniyatiga mos keladigan bo‘lishini ta’minlash uchun ham kerakdir. Pedagogik tajribalarga va mavjud psixologo-fiziologik tekshirish natijalariga asoslanib maktabgacha Yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti quyidagi Yosh bosqichlariga ajratiladi.(Bunda bola tug‘ilgandan tortib, to maktabda o‘qiy boshlaguncha bo‘lgan davr hisobga olinadi.) 1.Tug‘ilgandan bir Yoshgacha: chaqaloqlik davri (hayotining birinchi oyi); hayotining birinchi yili - go‘daklik davri. 2. Bir Yoshdan uch Yoshgacha: ilk bolalik davri. 3.Uch Yoshdan etti Yoshgacha: maktabgacha bo‘lgan davr. Bola psixikasi taraqqiyotining mana shu ko‘rsatilgan davrlari umuman qabul qilingan bo‘lsa ham, bu davrlarni absolyut davr deb hisoblash mumkin emas. Yosh davrlariga ajratishda qat’iy chegara yo‘q. U hech kim yil fasllarining almashinuv oyi va soatini ko‘rsata olmaganidek, odam hayotining davrlari o‘rtasidagi chegarani ham aniq ajratish mumkin emas. Shuning uchun yuqoridagi davrlarga ajratishni absolyut deb bo‘lmaydi. Bola tug‘ildi. Ona organizmi bilan anatomik bog‘lanish uzilgan bo‘lsa-da, bola mustaqil hayot kechira olmaydi, chunki bola ona bilan fiziologik jihatdan bog‘langandir, ona uni o‘z suti bilan boqadi. U yangi, o‘zgacha muhitda yashay boshlaydi. Bola hayotining birinchi kunlari tug‘ilganidagi og‘irligini yuqotadi. Bunga tashqi dunyo sharoitiga moslashish davrida energiyaning ko‘plab sarflanishi sababdir. Bola organizmining, ma’lum vaqt o‘tib, tug‘ilgan davridagi og‘irligiga teng kelishi uning tashqi muhitga, yangi sharoitga moslashganligidan darak beradi. Odatda chaqaloqning og‘irligi 10—12 kun o‘tgach, asli holiga keladi. YAngi tug‘ilgan bola anatomik-fiziologik tomondan hali etilmagan bo‘lib, katta kishi organizmidan o‘ziga xos tomonlari bilan farq qiladi. YAngi tug‘ilgan bola suyak-muskul tizimining tez o‘sishi bilan kattalardan keskin farq qiladi. Ularning muskul va muskul to‘qimalari juda bo‘sh bo‘ladi. Muskullar asta-sekin qota boshlaydi. Oldin bo‘yin muskullari (bola boshini tuta boshlaydi), keyin tana muskullari (bola o‘tira oladi), undan keyin esa oyoq va qo‘l muskullari etiladi, predmetlar bilan harakat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi, bola yura boshlaydi. YAngi tug‘ilgan bolaning suyagida ohak va boshqa tuzlar kam bo‘lib, u asosan tog‘ay to‘qimalaridan iboratdir. Bosh suyaklar bola 2-3 oylik bo‘lgandagina bir-biri bilan tutashib ketadi. Bosh suyagining peshona va tepa qismlari tepasida katta liqildoq deb ataladigan oraliq bo‘lib, u qalin parda va teri bilan qoplangan bo‘ladi. Bu oraliq bir-bir yarim yildan keyingina suyak bilan qoplanib ketadi. YAngi tug‘ilgan bola nerv tizimining yuksak qismi — bosh miya yarim sharlari tashqi ko‘rinishdangina kattalar miyasiga o‘xshaydi. Aslida chaqaloqning boshi katta ko‘rinsa-da (miya og‘irligi butun tananing sakqizdan birini, kattalarda esa qirqdan birini tashkil etadi), hali taraqqiy etmagan bo‘ladi. Tanasining umumiy og‘irligi 3-4 kilogramm bo‘lgani holda, miyaning og‘irligi 300 grammdan oshadi. CHaqaloq miyasidagi nerv hujayralari, «ariqchalar» va «izlar»ning soni katta kishilar miyasidan farq qilmaydi, ammo bola miyasi tuzilish jihatidan bir shaklda bo‘lib, «izlar» aniq ko‘rinmaydi, nerv hujayralari tarmoqlarining miqdori kam bo‘ladi. Nerv tolalarining bir-biridan etarli darajada ajralmaganligidan tashqi olamdan kelayotgan o‘zgarishlar boshqa nerv markazlariga ham ta’sir etadi, bosh miya yarim sharlarida hech qanday aniq va barqaror o‘zgarish joylari paydo bo‘lmaydi. Uning uchun chaqaloq tashqi qo‘zg‘ovchilar ta’siriga qo‘l, oyoq va boshini tartibsiz harakat qilib javob beradi. Miyaning eng «qadimiy» bo‘limlari nafas olish, qon aylanishi, emish, yutinish kabi jarayonlarni ta’minlaydi. Bu nerv tolalari bolaning yashashi uchun etarli miqdorda (nerv tolasi) mielen qobig‘i bilan qoplangan. CHaqaloq bola bizga eng ojiz zotdek tuyuladi. SHunga qapamay, xuddi shu Yoshning ham kuchli tomoni bo‘lib, bu jihati bilan go‘daklar kattalardan ustun turadi,—deb ta’kidlaydi professor Download 128.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling