I. Tashkiliy qism.Salomlashish. O’quvchilarni darsga tayyorlash. Sinf ahborotini eshitish.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash yuzasidan savol- javob o`tkaziladi va rag`batlantiriliboriladi.Uyga vazifa tekshiriladi. Daftarlar almashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni:Yangi mavzu sinf doskasiga yoziladi. O’quvchilarga yangi mavzu aytiladi. Darslikdagi misol masalalar yordamida yangi mavzu tushuntiriladi.
1.O`quvchilarga misolni yechilishini tushuntiraman.Chizmadan foydalanib yig`indilarni taqqoslang.Ifodalar tengligi haqida xulosa chiqaring.
2. Guruhlab qo‘shing:
120+ 80 + 20 220+ 460+ 40 530 + 120 + 70
140+ 90 + 60 350 + 170+ 50 280 + 320 + 210
3. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 72 cm, eni bo‘yidan
27 cm qisqa. To‘rtburchakning perimetrini toping.
4. 7 · x = 63 48 : x = 6 54 : x = 9
X=63:7 x=48:6 x=54:9
X=9 x=8 x=6
Tek:9*7=63 Tek:48:8=6 tek: 54:6=9
63=63 6=6 9=9
5 . Rasm asosida masala tuzing va yeching:
6.Shunday uchta son topingki ularning yig’indisi ham ,ko’paytmasi ham bir biriga teng bo’lsin.Bu qanday uchta son?
Bunda o’quvchilar turli xildagi sonlarni o’ylaydilar,o’qituvchi barchaning fikrini tinglaydi va birgalikda to’g’ri javob topilib yechim doskaga yoziladi.
Javob:
1+2+3=6
1*2*3=6
7.To’rtburchakning ikkita burchagi to’g’ri bo’lsa ,bu to’rtburchak har doim ham to’g’ri to’rtburchak bo’ladimi? Chizib ko’rsating.
Bu masalada doskaga o’quvchilar va o’qituvchi birgalikda ikkita burchagi to’g’ri bo;lgan turli geometric shakllar chiziladi va har doim ham to’g’ri to’rtburchak bo’lmasligi isbotlanadi.Masalan:
Ushbu shakllarning ikkita to’g’ri burchagi bor,ammo ular to’g’ri to’rtburchak bo’lolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |