Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 3.08 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy psixologiya(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.4.Oliy nerv faoliyati tipi va temperament. 73 Tayanch so‟z va iboralar
- 7.1.Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari
7-MAVZU: IRODA.TEMPERAMENT Reja: 7.1.Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari. 7.2.Irodaviy harakatlar va uni boshqarish. 7.3.Temperament haqida tushuncha. Temperament haqidagi tasavvurlarning rivojlanish tarixi. 7.4.Oliy nerv faoliyati tipi va temperament. 73 Tayanch so‟z va iboralar Iroda, chidamlilik, matonat, sabrtoqatlilik, mustaqillik, tirishqoqlik, sobitqadamlik, temperament, xolerek, sangvinik, melonxolik, flegmatik. 7.1.Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari 1. Shaxs irodaviy sifatlarini psixologik nuqtai nazardan o‘rganilishiga, qadim zamonlardan buyon olimlar tomonidan e‘tibor qaratilib kelingan. Bugungi fan texnika rivojlanishi bilan bir qatorda irodaviy sifatlarni o‘rganish bo‘yicha xam ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Psixologiya fanida irodani o‘rganish turli ilmiy-metodologik asosga qurilgan holda ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida amalga oshirilib kelinmoqda. Uzoq tarixga ega bo‘lgan izlanishlar falsafa fani qobig‘ida o‘tkazilgan, lekin sof psixologik masalalarni ochishga harakat qilingan. Iroda to‘g‘risidagi mulohazalar, talqinlar, uning ichki mohiyatini ochishga intilish antik dunyoda yuzaga kelgan. Ularning bir qator asosli fikrlari, prinsiplari to hozirgi davrgacha o‘z qiymatini tarixiy omil sifatida saqlab turibdi. CHunki qadimgi zamonlarda ham insonning tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlari, shaxsning mazkur munosabatdagi roli, o‘rni muhim ahamiyat kasb etgan. Ana shundan kelib chiqqan holda shaxs irodasi mohiyatini tushunishga qaratilgan ilmiy-psixologik yondashuvlar vujudga kelgan. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning XVII asriga kelib psixologiyaning iroda kategoriyasiga nisbatan qiziqish avj olgan. Bu ajoyib ijtimoiy-psixologik voqelik bo‘lib, nazariya bilan amaliyotning uzviyligini namoyish qilish uchun xizmat qilar edi. Inson imkoniyatini ilmiy jihatdan ochish uchun uning harakatlantiruvchi, ichki mexanizmi yuzasidan muayyan ham nazariy, ham miqdoriy ma‘lumotga ega bo‘lish kerak edi. Mazkur davrning yyetakchi nazariyotchilaridan bo‘lmish mutafakkirlar Gobbs va Spinozalar o‘rganilayotgan masala yuzasidan shaxsiy mulohazalarini shunday ta‘kidlab o‘tganlar – faollik manbaini bemahsul sohaning paydo bo‘lishi, deb tushunish mumkin emas, chunki uni shaxs kuch-quvvatining hissiy intilishi bilan uzviylikda qaramoqlik lozim. Psixologlar tomonidan irodaga nisbatan bildirilgan munosabatlarning tahlili ko‘rsatishicha, psixologiya fanida irodani tushunish, talqin qilish, uni ta‘riflash bo‘yicha ular o‘rtasida ilmiy-metodologik nuqtai nazaridan bir xil yoki o‘xshash munosabat yaratilmagan. Qolaversa, irodaviy sifatlarning ma‘noviy asosini tahlil qilishda ham umumiylik, ham umumiy qarashlar majmuasi mavjud emas. Qiyosiy tavsif bunga yorqin misol bo‘lib xizmat qiladi. Psixologiya fanida irodaviy sifatlar va ularning ma‘nosi, mohiyati, mazmuni, ko‘lami jihatidan ham qarama-qarshi, e‘tirozli mulohazalar mavjud. Psixologlarning irodaviy sifatlariga munosabatlari to‘g‘risida ayrim fikr va mulohazalar bildiramiz. Jumladan, V.A.Krutetskiy o‘z izlanishlarida irodaviy sifatlar tarkibiga sobitqadamlilik, mustaqillik, qat‘iyatlilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi. Ularning ta‘rifiga, foydalanish imkoniyatiga, shakllantirish yo‘l-yo‘riqlariga to‘xtalib o‘tadi. P.M.YAkobson esa irodaning muhim sifatlarini mustaqillik, qat‘iyatlilik, tirishqoqlik, o‘zini uddalashga ajratadi. Insonda namoyon bo‘ladigan irodaviy sifatlari qatoriga mana bularni kiritadi: sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va 74 tirishqoqlik, dadillik va qat‘iyatlilik, chidamlilik va o‘zini uddalashlik, botirlik va jasoratlilik. O‘tkazilgan tahlillarimizga qaraganda, nima uchundir aksariyat ilmiy- psixologik adabiyotlarda irodaviy sifatlar qatoriga ―ishonch‖ tushunchasi kiritilmagan. Bunday izlanishdagi uzilishlarga qaramay, ―ishonch‖ iroda sifati tariqasida tadqiq etilishga loyiqdir. Fikrimizni tasdiqlash uchun A.I.SHcherbakov tadqiqotidan namuna keltirishning o‘zi, chamamda, etarlidir. Izlanuvchining ta‘kidlashicha, bir talabaga qisqa vaqt ichida institutni tugatish taklif qilingan, lekin sinaluvchi bu ishni uddasidan chiqa olmasligini oshkora bildirgan. Shundan so‘ng eksperimentator talabada o‘z kuchiga ishonch tuyg‘usini uyg‘otishni maqsad qilib qo‘ygan va unda irodaviy zo‘r berish, qiyinchiliklarni yengish vositalarini shakllantirgan. Buning natijasida talaba o‘z maqsadiga erishishga muvaffaq bo‘lgan. Bunga o‘xshash tajriba boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham o‘tkazilganligi ilmiy manbalarda uchraydi. Hozirgi davrda shuning uchun ham o‘z kuchiga ishonch psixologik hodisa sifatida o‘rganilishi ko‘pchilik psixologlarni qiziqtiradi. Chunki kuchli irodaviy zo‘r berish qanday ob‘ektiv yoki sub‘ektiv omillar bilan shartlanganligini kashf qilish muhim ilmiy-psixologik masala bo‘lib hisoblanadi. Xuddi shu bois, hozirgi zamon psixologiyasida irodaga oid nazariyasi zaifligi tufayli irodaviy sifatlarni tasniflashning asosiy prinsiplari ishlab chiqilmagan. Lekin bundan bu borada izlanishlar olib borilmayapti, degan ma‘no kelib chiqmasligi kerak. Ta‘kidlab o‘tilgan, zaiflikda o‘z ifodasini topgan psixologik masalani hal qilish xohish-istagida V.K.Kalin irodaviy sifatlarni tasniflashga harakat qilgan. Muallif nuqtai nazaricha, bazal irodaviy sifatlar irodaviy jarayonlar asosida vujudga keladi. Lekin bunda uning intellektual va axloqiy jabhalari ishtirok etmaydi. Kalin bazal sifatlarni aniqlash uchun ongning mana bunday tarzda namoyon bo‘lishini tanlaydi: a) faollik darajasining ortishi; b) zaruriy faollik darajasini qo‘llab-quvvatlash; v) faollik darajasining pasayishi. Oldingi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda tadqiqotchi quyidagi sifatlarni muhokama uchun mutaxassislar diqqat-e‘tiboriga tavsiya qiladi: g‘ayratlilik, chidamlilik, vazminlik. Agarda bu jarayonda intellektual negiz ishtirok etmasa, u holda qaysi hal qiluvchi qurilma hisobiga vaziyat baholanadi, harakatni kuchaytirish, quvvatlash, pasaytirish to‘g‘risida komanda qanday beriladi, bu narsani tushunib bo‘lmaydi. Bu yo‘nalishdagi talqinni davom ettirgan V.K.Kalin bazal tizimga kirmagan irodaviy sifatlarni ikkilamchi, deb nomlaydi. Chunki ularda bilimlar, ko‘nikmalar, emotsiya va intellektning paydo bo‘lishi mujassamlashadi. Negadir muallif qat‘iyatlik tushunchasini uning so‘zi bilan aytganda, ikkilamchilar qatoriga kiritadi. Vaholanki, V.K.Kalinning mulohazasicha, u o‘ziga mahliyo qiladigan his- tuyg‘ularni engishdan, shuningdek, rad etilgan variantlardan, ishonchsizlikni to‘sishdan tashkil topadi. Tadqiqotchi o‘zining qaysidir psixologik bazisiga ko‘ra, tirishqoqlik tushunchasini ham ikkilamchi sifatlar qatoriga kiritadi. Lekin matnlarda bu qarorga izoh berilmaydi, o‘z-o‘zidan dildagi dilda qolib ketganday tasavvur kishida paydo bo‘ladi. Bizning faraz qilishimizcha, ularda ob‘ektning to‘planganligi ifodasi o‘z aksini topgan, ravshan, aniq hayotiy-ijtimoiy qadr- 75 qiymat mujassamlashgan. Bularning echimi to‘g‘risida alohida fikr-mulohaza yuritish, dadil g‘oyalarni ilgari surish fursati etib kelganga o‘xshaydi. 1 Ilmiy-psixologik rasmiy manbalarda ta‘kidlanishicha, chidamlilik sifati tavsifida ―qo‘shimcha impulslar‖, ―qo‘shimcha irodaviy zo‘r berish‖, ―iroda kuchi‖, ―sabr-toqat‖ jabhalari ifodasining o‘rni mavjud. Ma‘lumotlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, chidamlilik tushunchasiga xos turtkilarning xususiyatlari tirishqoqlik irodaviy sifatiga mutanosib tutish hollari uchraydi. T.Gobbs ham irodani insonning har qanday xatti-harakatini amalga oshirish bilan bog‘laydi. U irodani predmetga nisbatan moyillik o‘rnini undan nafratlanish egallagandan keyin insonning harakat oldidan qabul qilgan so‘nggi xohishi sifatida talqin qilgan. Istak predmet yoki xatti-harakatning foydasi to‘g‘risidagi mulohazalardan keyin qabul qilinadi. ―Iroda va moyilliklar bu bir narsa‖, - deb ta‘kidlaydi olim. Uning nuqtai nazaridan muammo ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, iroda intilish, moyillik, hirs, aql bilan bir qatorda mustaqil voqelik bo‘lmay qoladi. Iroda bor-yo‘g‘i aql bilan foydasi aniqlanadigan oddiy moyillik (xohishga)ka aylanib qoladi. Mazkur dunyoqarash tufayli iroda va motivatsiyani ayniylashtirish, ularni ajrata olmaslik vujudga keladi (Ayniqsa, K.Levin ilmiy ishlaridan so‘ng bu yo‘nalish AQSH psixologiyasi keng kuzatiladi). T.Gobbsning irodaga yondashuvi D.Gartliga ham xosdir. ―Iroda – bu harakatni vujudga keltirishga qodir mayl yoki jirkanishdir. SHu tariqa iroda aynan hozirgi daqiqada kuchli istak yoki e‘tirozdir‖. D.Pristli iroda deb inson harakat qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilganidan so‘ng hosil bo‘luvchi intilish yoki istakni atashni taklif qiladi. CHunki istalgan predmet ko‘z o‘ngimizda bo‘lsa-da, harakat qilish xohishi har doim ham vujudga kelavermaydi, buning uchun harakat qilish istagi bo‘lishi shart. Bu intilish va harakatlar doimo motivlar tomonidan belgilab beriladi, oqibatda irodaning hamisha sababi bo‘ladi degan hukmga keladi olim. A.Kollinz iroda deganda ―biror harakatni boshlash yoki undan voz kechish, davom ettirish yoki to‘xtatishni‖ tushungan. Uning fikricha, xohish-istak iroda akti, uning ifodasi bo‘lib, undan keyingina harakat boshlanadi. G.Spenser ham irodani ongimizda yyetakchilik qiluvchi xohish bilan ayniylashtirishga intilgan. ―Irodani aynan hozirgi damda qolgan hissiyotlarmiz ustidan hukmron qo‘shimcha voqelik deb talqin qilamiz. Aslida esa, iroda bizning xatti-harakatlarimizni belgilab beruvchi yetakchi hissiyotning o‘zidir...‖ V.Vindelbandt iroda tushunchasi ostida alohida istak va mayllarni o‘zida mujassamlashtiruvchi voqelikni tushungan. Iroda o‘z mohiyatiga ko‘ra shaxsni tavsiflovchi, uning asosini tashkil etuvchi doimiy motiv (xohish-istak) lar majmuasidir. A.Ben irodani assotsiatsiya bilan bog‘langan istak hamda harakat deb talqin qiladi. U iroda tarkibida motiv va harakatni ajratib ko‘rsatadi. Spontan harakatlarga moyillikni u irodaning dastlabki unsuri deb tan oladi. Motivlar rohatlanish hamda azoblanish hislari bilan belgilanadi. A.Benning fikricha, iroda nafaqat tashqi harakatlarda, balki diqqatda ham o‘z aksini topadi. Xulq motivlari 76 o‘rtasida g‘oyaviy motivlar bo‘lganligi sababli vaziyatni baholash harakatning tormozlanishiga olib kelishi mumkin. Olimning mulohazalariga ko‘ra, irodaning kuchayishi yoki zaiflashishi avvalo motivlar kuchiga, fikrlar ta‘sirida hamda insonning jismoniy holati bilan bevosita bog‘liqdir. V.Vundt tomonidan kiritilgan irodaning emotsional nazariyasini ham motivatsion yondashuvga kiritish mumkin. U ehtiyojni intellektual jarayonlardan irodaviy harakatga o‘sib o‘tishiga keskin qarshilik bildirgan bo‘lib, eng sodda irodaviy jarayon sifatida emotsional jarayonlardan bo‘lgan maylni tushungan. O‘zini volyuntarist deb tan olar ekan, ya‘ni irodaning mustaqilligini tan olsa-da, Vundt uni motivatsiyadan alohida bo‘lgan jarayon tariqasida talqin etilishini tan olmaydi. Olimning fikricha, iroda bu motivlar bilan birga kechuvchi, biroq ularga bog‘liq bo‘lmagan o‘ziga xos jarayondir. Eng sodda irodaviy akt negizida, u affekt va undan kelib chiquvchi harakatni nazarda tutgan. Tashqi harakatlar oxirgi natijani qo‘lga kiritishga qaratilgan bo‘lsa, ichki bo‘lsa – emotsional va boshqa jarayonlarni o‘zgartirishga yo‘naltirilgan. T.Ribo ishlarida ham iroda to‘g‘risida harakatga undovchi qobiliyat sifatida yondashiniladi. Irodaning sodda ko‘rinishiga olim tirik materiyaning vaziyatga reaksiya bildirish qobiliyatini tushungan. Iroda asosida motivlashtiruvchi kuch sifatida hirs va mayllar yotadi. T.Ribo bo‘yicha iroda taraqqiyoti bu reflektor reaksiyalardan abstrakt g‘oyalar sari harakatni amalga oshirishdir. Irodaning rivojlangan shakllarida u shaxsning o‘zidan, uning ―Men‖idan vujudga keluvchi faollikdir. T.Riboning fikricha, iroda nafaqat harakatga undashda va psixik jarayonlar (diqqat)ning yo‘nalishini belgilashda, balki ularning tormozlanishida ham ifodalanadi. Irodavviy zo‘r berish ayniqsa, ongli tanlov ham harakat qilishga bo‘lgan tabiiy intilish o‘rtasidagi nizoni bartaraf etishda namoyon bo‘luvchi mexanizm (vosita)dir. K.Levinning irodaning undash funksiyasini ko‘zlangan harakatga undovchi mexanizm sifatida shakllanuvchi kvaziehtiyojlar bilan ayniylashtirishi g‘arb psixologiyasida iroda hamda motivatsiya tushunchalarining aynan birdek talqin etilishiga sabab bo‘ldi. Buning natijasida uzoq yillar mobaynida iroda psixologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari butunlay to‘xtatildi, irodaviy harakatlar deb baholanuvchi ayrim xulq ko‘rinishlari boshqa muammolar negizida tadqiq etila boshlandi. L.Farber buni psixologiyaga irodani boshqa nomlar bilan olib kirish deb baholagan. V.I.Selivanov irodani tadqiq etishning negizidan kelib chiqqan holda, shaxsiy tajribalari natijalariga asoslanib ayrim xulosalar ham chiqaradi: 1) iroda – bu shaxsning o‘z faoliyatini va tashqi olamdagi o‘zini o‘zi boshqarish shakllarini anglashning tavsifi; 2) iroda – bu inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakllari va bosqichlariga taalluqli; 3) iroda – bu amaliy ong, o‘zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxs tomonidan o‘zini ongli idora qilishlik holati; 4) iroda – bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyati, lekin qaysidir harakatning motivi hisoblanmaydi. Bizningcha, V.I.Selivanov tomonidan chiqarilgan xulosalar irodani umumiy psixologiya predmetiga kiruvchi muhim kategoriya sifatida baholanishiga xizmat 77 qiladi. V.I.Selivanov irodaning psixologik jabhalarini o‘rganishda to‘plangan ma‘lumotlarni yoritayotganda, shunday g‘oyani ilgari suradi. Insonning ongini jarayonlar, holatlar va xislatlarni o‘zida mujassamlantiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin, deydi. Bundan mana shu tarzda fikrni oydinlashtirishga harakat qilamiz. Demak, shaxsning u yoki bu ongli harakati o‘zining tuzilishiga ko‘ra, u bir davrning o‘zida ham aqliy, ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi. Bunda biz ong harakatning uch jabhasi o‘zaro uyg‘unlashgan holda maqsadga erishish yo‘lidagi to‘siqlarni engishda ishtirok qiladi, deya olamiz. 2 V.I.Selivanov irodani mustaqil psixik jarayon, kognitiv yoki emotsional sohalar singari alohida psixik soha deb tushungan. Yuqorida qayd etilgan uch soha markazida ehtiyoj va motivlar joylashtirilgan uchburchakni tashkil etadi. Olimning irodaga bergan yana bir ta‘rifi: ―iroda bu – shaxsning qiyinchiliklarni ongli ravishda engish chog‘ida uning harakatlarini idora qiluvchi aks ettirishning o‘ziga xos shaklidir‖. Download 3.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling