Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


-MAVZU: UMUMIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI. HOZIRGI


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

1-MAVZU: UMUMIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI. HOZIRGI 
ZAMON PSIXOLOGIYASINING TUZILISHI VA TADQIQOT 
METODLARI. 
Reja: 
1.1.Umumiy psixologiyaning predmeti va vazifalari. 
1.2.Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida. 
1.3.Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va prinsiplari. 
1.4.Determinizm prinsipi, ong va faoliyat birligi prinsipi. 
1.5.Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari. 
 
Tayanch so‟z va iboralar: 
 
Psixologiya, psixika, determinism, ong, faoliyat, maqsad, vazifa, metod, 
metodika, ruxiy olam, ichki dunyo, ob‟ektiv olam, aks ettirish. 
1.1.Umumiy psixologiyaning predmeti va vazifalari 
 
Psixologiya fanining predmeti. ―Psixologiya‖ so‘zi ikkita grek so‘zlaridan – 
―psixo‖ – jon, ruh va ―logos‖ – ta‘limot, ilm so‘zlaridan iborat bo‘lib, an‘anaviy 
ma‘noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning 
predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmetini har 
birimizning tashqi olamni va o‘z-o‘zimizni bilishimizning asosida yotgan 
jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi.
Psixologiyaning predmeti aniq bir shaxs, uning jamiyatdagi hulq-atvori va 
turli ichki kechinmalari, xulq-atvori va faoliyatlarining o‗ziga xos tarzda ong 
tomonidan aks ettirilishidir, deb ta‘riflash mumkin.
Psixologiyaning ob‘ekti bo‗lib nafaqat odamlar, insonlar balki oliy 
rivojlanishga ega hayvonlar ham xizmat qiladi, ularning psixik hayotini 
psixologiyaning tarmoqlaridan zoopsixologiya o‗rganadi. Biroq an‘anaviy ravishda 
psixologiyaning asosiy ob‘ekti insondir. Unda,
Psixologiyaning ob‟ekti
sifatida - bir inson yoki aniq bir shaxs emas balki 
turli ijtimoy guruhlar, omma va boshqa insonlarning uyushma shakllari xizmat 
qiladi (1-sxema).
Shu tariqa, 

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling