Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Determinizm prinsipi, ong va faoliyat birligi prinsipi, ongning faoliyatda
Download 3.08 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy psixologiya(1)
1.4.Determinizm prinsipi, ong va faoliyat birligi prinsipi, ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi XX asrning 30-yillarning o‘rtalariga kelib psixologiya fanining asosiy printsiplari: determinizm printsipi, ong va faoliyatning birligi printsipi, psixikaning faoliyatda taraqqiy etish printsiplari aniq ifodalab berildi. Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga binoan psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi. Yashash sharoitining o‘zgarishi bilan psixika ham o‘zgaradi. Inson tug‘ilgandan keyin qanday sharoitda yashasa, unga yashash muhiti qanday ta‘sir qilsa, qanday ta‘lim-tarbiya olsa u shu sharoit, muhitda shakllanadi, uning ongi ham shu muhit ta‘sirida rivojlanadi. Chunki, inson ongining paydo bo‘lishi, shakllari va taraqqiyoti hayot uchun zarur bo‘lgan moddiy narsalar ishlab chiqarish usullari taraqqiyotining qonunlari bilan belgilanadi. Shuningdek, ijtimoiy tarixiy xarakterga ega ekanligini tushunish inson ongining ijtimoiy turmushga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Insonning yashagan muhiti uning ongini qanday rivojlanishiga ta‘sir qiladi. U shu muhitda shakllanadi. Ong va faoliyatning birligi tamoyili. Bu tamoyilga binoan ong va faoliyat bir- biriga qarama-qarshi ham emas, aynan bir narsa ham emas, ular bir butunlikni tashkil qiladi. Inson faoliyat ko‘rsatar ekan uning mazmunini, motivlarini, qanday bajarish kerakligini ongida rejalashtiradi va ular yordamida tevarak-atrofni qurshab olgan muhit bilan munosabatga kirishadi. Ong va faoliyatning birligi tamoyili psixologlarning faoliyatni o‘rganish orqali xatti-harakatlardan ko‘zlangan maqsadga muvaffaqiyatli erishishini ta‘minlovchi ichki psixologik mexanizmlarni, ya‘ni psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochishlariga imkon beradi. Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etishi tamoyili. Bu tamoyilga binoan psixika va ong faoliyatda rivojlanadi va u faoliyat natijasidir. Insonning psixik taraqqiyoti o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyati bilan bog‘liqdir. Bu faoliyatlarsiz psixik taraqqiyotni tasavvur qilish mumkin emas. Masalan: bola o‘yin orqali o‘zaro munosabatlarga kirishadi, nutqni egallaydi, narsa va hodisalarni idrok qiladi, xotirasida saqlaydi, tasavvur qiladi, fikr yuritadi, xayol qiladi. O‘yinda xarakter shakllanadi. O‘z-o‘zini anglaydi. Faoliyat jarayonida ota-bobolarining ijtimoiy tajribalarini o‘rganadi. Bu esa taraqqiyotning faqat insongagina xos bo‘lgan maxsus shakli sifatida yuz beradi. Bola ta‘lim jarayonida psixik taraqqiyotning yakka shakllarini mustaqil, faol fikr yuritish, mavhum fikrlash kabilarni egallaydi. 11 Bu esa uning ongini yana ham rivojlanishiga olib keladi. Demak, ong faoliyatda namoyon bo‘lib, faoliyatda tarkib topadi. Psixika va ong taraqqiyot mahsuli va faoliyat natijasi ekanligini hamma otaonalar, tarbiyachi va o‘qituvchilar bilishlari lozim. Psixikaning faoliyatda rivojlanishi tamoyili uni klassifikatsiya qilish imkonini eradi. Shu nuqtayi nazardan psixologiya sohalarining mazmuni va vazifasiga qarab uni klassifikatsiya qilish va tuzilishini aniqlash mumkin. Hozirgi zamon psixologiyasi quyidagicha klassifikatsiya va tuzilishga ega: I. Aniq faoliyatning psixologik tomoni. II. Taraqqiyotning psixologik tomoni. III. Insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatining psixologik tomoni. I. Psixologiyaning aniq turdagi inson faoliyati psixik muammolarni o‘rganuvchi bir qator sohalarni o‘z ichiga oladi. 1. Mehnat psixologiyasi (mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, uni ilmiy tashkil qilishning psixologik tomonini o‘rganadi). 2. Muhandislik psixologiyasi (mashina bilan inson o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlash, muvofiqlashtirish, avtomatlashtirish jarayonini o‘rganadi). 3. Pedagogik psixologiya (ta‘lim, tarbiya, o‘qituvchi psixologiyasi muammolarini o‘rganadi). 4. Tibbiyot (meditsina) psixologiyasi (bemorning xulq-atvori va shifokorning faoliyatini o‘rganadi). Shuningdek, psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilmalarni o‘rganadigan neyropsixologiya, psixik faoliyatga ta‘sir qiluvchi dorivor moddalarni o‘rganadigan psixoformakologiya, davolashga ta‘sir etuvchi vositalarni o‘rganuvchi psixoterapiya, inson sog‘lig‘ini ta‘minlash uchun turli tadbirlarni ishlab chiquvchi psixoprofilaktika psixologiyasi ham shular jumlasidandir. 5. Yuridik psixologiya: sud ishi psixologiyasi (jinoyatni ochish), criminal psixologiya (jinoyat motivlarini aniqlash), penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi kabilar kiradi. 6. Harbiy psixologiya (jangovor harakatlarni o‘rganuvchi psixologiya). 7. Sport psixologiyasi (sportchilar shaxsini o‘rganadi). 8. Savdo psixologiyasi (sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro munosabatlari psixikasini o‘rganadi). 9. Ilmiy ijodning psixologiyasi (ijod qiluvchi shaxsning faoliyatini o‘rganadi). Inson faoliyati turli-tumandir. Hozirgi kunda har bir faoliyatning psixologiyasini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. II. Taraqqiyotning psixologik tomoni. Taraqqiyotning xususiyatlarini asos qilib olib, uni o‘rganadigan psixologiya turlari ajratiladi. Bular: 1. Bolalar psixologiyasi. 2. Yoshlar psixologiyasi. 3. O‘smirlar psixologiyasi. 4. O‘spirin yoshlar psixologiyasi. 5. Katta yoshli kishilar psixologiyasi. 6. Geranto psixologiya (qariyalar psixologiyasi). 7. Maxsus (anomal taraqqiyot) psixologiya. 12 Shuningdek, bunga patopsixologiya (psixik taraqqiyoti normadan oqqan) oligofreno (miyaning tug‘ma kamchiliklari bilan bog‘liqligini o‘rganadi), Surdopsixologiya (karlar), tiflopsixologiya (ko‘r yoki xira ko‘radigan kishilar psixologiyasi) kabilar kiradi. 8. Qiyosiy (psixik hayotning nasliy shakllarini tekshiradi) psixologiya. Bunga zoopsixologiya (tur, jins, oilaga mansub hayvonlar psixikasini o‘rganadigan fan), etologiya (hayvonlar xatti-harakatining tug‘ma mexanizmini o‘rganadigan fan) kabilar kiradi. III. Insonni jamiyatga bo‘lgan munosabatining psixologik tomoniga mansub bo‘lgan psixologiyalar faoliyat va taraqqiyotda yuz beruvchi psixik hodisalarni o‘z ichiga oladi. Bunga: 1. Jamoada odamlarni o‘zaro munosabatlarini va unda yuzaga keladigan psixik hodisalarni o‘rganadigan ijtimoiy psixologiya, din psixologiyasi ham (diniy tasavvurlar, hissiyotlarning kelib chiqishi, diniy jazava (zikr)larni o‘rganish bu psixologiyaning ajralmas qismidir. 2. Inson shaxsining individual psixologik yoki differensial (farq) xususiyatlarini o‘rganadigan shaxs (yoki differensial) psixologiyasi. 3. Shaxsning kasbga bog‘liq qobiliyatlarini, kasbga yaroqli ekanini aniqlovchi xarakterologiya, individual psixologik ayirmalar tipologiyasi, professiografiya. 4. Umumiy psixologiya. Bu psixologiya psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini, tadqiqot usullarini, psixologiya fani asoslab bergan tamoyillarni, psixologiya faniga kirib kelgan asosiy ilmiy tushunchalarni xarakterlab beradi. U psixik jarayonlar (bilish jarayoni, iroda, hissiyot, psixologik holatlar) va xususiyatlarni shaxs ongi faoliyatida rivojlanadi degan tamoyil asosida o‘rganadi. Download 3.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling