Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

1.2.Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida 
Kishi psixikasining paydo bo‗lishi va rivojlanishi eng murakkab 
muammolardan biri bo‗lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib etishga 
harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kelgan. 
Materialistik yo‗nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo‗lishini materiyaning uzoq 
davom etgan rivojlanishining natijasi deb izohlashadi. Ular materiyaning tabiatini 
tadqiq qilisharkan, harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban 
o‗ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli xil 
shaqllarini o‗rganadilar.
O‗tgan ajdodlarimiz psixologiya muammolarini izchil va atroflicha, muayyan 
yo‗nalishda, ma‘lum konsepsiya asosida o‗rgangan bo‗lsalar ham, albatta, o‗z 
asarlarida psixik holatlarning aks etishi, namoyon bo‗lishi, rivojlanishi va 
o‗zgarishlari to‗g‗risida qimmatli fikrlar bildirishgan. Bular 4 xil manbada 
uchraydi: 1) xalq ijodiyotida-rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; 2) maxsus 
ijodkor kishilar o‗git-nasihat va hikoyatlarida; 3) qomusiy, O‗rta Osiyo 
mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlarida; 4) turli davrlarda ijod qilgan shoir 
va yozuvchilar ijodining mahsullarida, ya‘ni ilmiy-badiiy asarlarda.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi qarashlari «Ideal 
shahar aholisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy savollar va ularga 
javoblar», «Jism va aksidensiyalarning shaqllariga qarab bo‗linishi», 
«SHarhlardan», «Hikmat ma‘nolari», «Aql ma‘nolari to‗g‗risida» kabi qator 
asarlarida bayon etilgan. Abu Rayxon Beruniy o‗zining «O‗tmish yodgorliklari» 
kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma‘lumotlarni keltiradi.
Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib qonunlari» asarida organizmning tuzilishi, undagi 
nervlar va nerv yo‗llari, fiziologik jarayonlar bilan bog‗liq psixik jarayonlar haqida 
ancha muhim ma‘lumotlar bor. Uning «Odob haqida» risolasi ham inson shaxsini 
shaqllantirish to‗g‗risidagi jiddiy asardir.



Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‗u bilig» asaridagi bosh masalalardan biri 
komil insonni tarbiyalashdir.
Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Xiradnomai Iskandariy», «Tuhfatul 
ahror», «Silsilatuz zaxob» va boshqa asarlarida ilm-ma‘rifat, ta‘lim-tarbiya, kasb-
hunar o‗rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan.
Devoniy o‗zining «Axloqi Jaloliy» nomli asarida insoniy fazilatlarni to‗rtga 
bo‗ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir.
Alisher Navoiyning «Xazoinul Maoniy, «Maxbubul qulub» va boshqa 
asarlarida etuk, barkamol insonning axloqi, ma‘naviyati, odamlarga munosabati
iste‘dodi va qobiliyati to‗g‗risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu 
psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhim ahamiyatga 
ega ekani ta‘kidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida 
ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida 
o‗rin egallaydi.
Rossiyada psixologik qarashlar namunalari. Sharq va qarb madaniyati 
ta‘sirida inson ruhiyati bilan bog‗liq qator og‗zaki va yozma, amaliy va ilmiy 
asarlarda paydo bo‗la boshladi. (Qarang: /oziev E. Psixologiya, T:»O‗qituvchi» 
1994 y. 33-35 betlar).
Psixika haqidagi qarashlar ma‘lum vaqt (salkam 5 asr) kun tartibidan olib 
qo‗yildi va XIX asr oxiri va XX asr boshlarida /arbiy Ovrupo mamlakatlarida va 
AQSH da yana turli munozaralarga sabab bo‗la boshladi. (I.M.Pavlov, 
N.E.Ribakov, K.N. Kornilov, P.P. Blonskiy, A.S. Vigotskiy - Rossiya, U. Djems, 
S.Xoll - AQSH, va boshqalar).
Jonsiz, noorganik materiyadan tortib to eng oliy va murakkab materiya 
hisoblanmish kishi miyasiga qadar barcha materiya moddiy olamning yalpi 
xususiyati - in‘ikos etish xususiyatiga, ya‘ni ta‘sirotga javob qaytarish qobiliyatiga 
egadir.
Jonsiz tabiatda harakat jism va moddalarning mexanik, fizikaviy yoki 
kimyoviy ta‘siri tarzida yuz berishi mumkin. Noorganik tabiatdagi harakatning 
oddiy misollariga e‘tibor qiling: dengizdagi qoya suvning ta‘siriga muayyan 
qarshilik ko‗rsatadi - to‗lqinlar qoyaga urilib qaytadi, lekin qoyaning o‗zi ham 
sekin- asta emirila boshlaydi; quyosh nuri suv yuzasiga kelib urilgach, sinib 
qaytadi; elektr razryadlari natijasida ozon molekulalari hosil bo‗ladi.
Jonli materiyaga in‘ikosning biologik shaqllari xos bo‗lib, jonli materiyaning 
ma‘lum bir bosqichida esa in‘ikosning yangi shaqli sifatidagi psixika paydo 
bo‗ladi.
Materiya harakatining biologik shaqli-hayot-tabiat rivojlanishining sifat 
jihatidan yangi bosqichidir. O‗lik materiyadan tirik materiyaga o‗tishni 
izohlaydigan qator gipotezalar mavjud. Ulardan biri A. I. Oparinga tegishli bo‗lib, 
unga ko‗ra organik moddalar - atomlari turli shaqllardagi azotning, kislorodning, 
vodorodning, fosfor va oltingugurtning atomlari bilan bog‗langan modda uglerod 
negizida hosil bo‗lgan birikmalarning paydo bo‗lishi jonli materiya paydo 
bo‗lishining zarur sharti hisoblanadi.
Oparinning gipotezasiga ko‗ra taxminan 2 mlrd yil ilgari atmosferada erkin 
kislorod ajralib chiqib, organik moddalarda fotoximiyaviy reaksiyaning va 
fotosintezning yuz berishiga olib keladi. Organik birikmalarning rivojlanishi 



jarayonida uglerodning juda ham murakkab birikmalari - benihoya katta 
molekulalar paydo bo‗ladi. Bu molekulalar muhit bilan doimiy modda almashinuvi 
bo‗lib turishini taqozo qiladi. Bir-biri bilan ko‗shilib kattalashuvi, yoki 
maydalashib ko‗payib turishi mumkin deb taxmin qilinadi. Bu o‗ta katta 
molekulalar koatservatlar deb atala boshlangan. Jarayon yana takrorlanadi: o‗sish, 
parchalanish va hokazo.
Hozirgi tirik organizmning ehtimoldan uzoq bo‗lmagan prototiplari-
koatservatlarda bo‗lgani kabi har qanday jonli materiyada in‘ikos jonsiz tabiatdagi 
in‘ikosga qaraganda sifat jihatidan yangi shaql kasb etadi. U faqat tashqi 
taa‘surotning kuchi va xarakteriga emas, balki organizmning ichki holatiga ham 
bog‗liq bo‗ladi. Har qanday jonli organizm barcha tashqi qo‗zg‗atuvchilarga 
nisbatan tanlangan holda «Faol» munosabatda bo‗ladi va bu bilan jonli 
materiyaning sifat jihatidan yangi xususiyatini - o‗z - o‗zini tartibga solish 
xususiyatini namoyon qiladi.

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling