Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

 
1.5.Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari 
Psixologiya, boshqa fanlar qatori o‘zining o‘rganish va tekshirish usullariga 
(metodlariga) 
egadir. 
Psixologiyada 
o‘rganishning 
to‘rt 
guruh 
metodi 
akslantiriladi. 
1. Guruh metodlariga tashkiliy metodlar kiradi: taqqoslovchi, longityud, 
kompleksli metodlar kiradi. 
Taqqoslovchi metod- hozirgi vaqtda umumiy psixologiyada, ijtimoiy 
psixologiyada, patopsixologiyada va defektologiyada keng qo‘llaniladi. 
Logityud metodida - bir shaxs bir necha marotaba uzoq vaqt davomida 
tekshiriladi. 
Kompleks metodida- hozirgi sharoitda tadqiqotda har xil fanlarning 
nomzodlari ishtirok etadi. Bunda bitta ob‘ektni har xil vositalar yordamida 
o‘rganiladi. Bunday o‘rganish usuli har xil xodisalarning bir-biriga bog‘likligi va 
aloqasi o‘rganiladi. Masalan: shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy 
rivojlanishidagi aloqasi. 
2. Emperik metodlar. Bunga ko‘zatish va o‘z-o‘zini ko‘zatish; 
eksperiment (laboratoriya, tabiiy, shaqllanuvchi); psixologik metodlar (test, anketa, 
suhbat, sotsiometriya, intervyu); samarali faoliyatni tahlil qilish; biografik 
metodlar kiradi.
3. Olingan ma‟lumotlarni qayta o‟rganish. Bunga sonli (statistik) va 
sifatli (guruhlarga qarab) materiallarni ajratish, tahlil qilish metodi kiradi. 


13 
4. Korrektsion metod. Bunga autotrening, guruhli trening, psixoterapik 
ta‘sir usullari, ta‘lim kiradi.
Hamma psixologik tadqiqotlar umumiy bosqichlardan iborat bo‘ladi. 
1-bosqich - tayyorgarlik bosqichi. Bunda har xil vositalar yordamida 
material o‘rganiladi, dastlabki ma‘lumot to‘planadi.
2-bosqich - xususan eksperimental bosqich bo‘lib, tadqiqotning konkret 
uslubietiga amal qilinadi, va uz navbatida bu bosqich birin-ketin qo‘llaniladigan 
qator-bo‘g‘inlarga - eksperiment seriyalariga bo‘linadi.
Tadqiqotning 3-bosqichi - tadqiqot ma‘lumotlarini sifat jixatidan qayta 
ishlashdir. O‘tkazilgan tadqiqot bo‘yicha sonli va sifatli tahlil qilinadi, bu esa 
mavjud aloqa va qonunlarni ochishga imkon beradi.
Tadqiqotning 4-bosqichi - olingan ma‘lumotlarni izohlab berish, ularni 
psixologik nazariya asosida talqin qilish, gipotezaning to‘g‘ri va noto‘g‘ri 
ekanligini uzil-kesil aniqlashdan iboratdir. 
Psixologiyaning asosiy metodlariga ko‘zatish va eksperiment metodlari 
kiradi.
Kuzatish metodi. Turmushdagi kuzatuvdan farqli o‘laroq, xulq-atvor va 
faoliyatning kuzatilayotgan faktini tasvirlashdan uning ichki psixologik mohiyatini 
tushuntirib berishga muqarrar o‘tilishini taqozo etadi. Kuzatuv jarayonida hosil 
bo‘lgan gipoteza ana shu o‘tishning shakli hisoblanadi. Uni tekshirish yoki rad 
etish esa keyingi kuzatuvlarda hal bo‘ladi. Psixologik kuzatuvlarning jiddiy muhim 
talablaridan biri aniq rejaning bo‘lishi va olingan natijalarni maxsus kundalikka 
qayd etilishidan iborat.
Kuzatishning psixolgiyada ikkita asosiy shakli mavjud. Bu o‘z-o‘zini 
kuzatish yoki introspektsiya va ob‘ektiv kuzatish. 

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling