Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va prinsiplari


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

1.3.Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va prinsiplari 
Hozirgi zamon psixologiyasi oldida mustaqilligimizni mustahkamlash bilan 
bog‘liq bo‘lgan ulkan va mas‘uliyatli vazifalar turadi. Psixologiyani jiddiy 
o‘rganishga har bir kishi o‘zini ham kuchli, ham zaif tomonlarini, o‘z 
imkoniyatlarini, o‘zining ijobiy sifatlarini yanada yaxshilash, nuqsonlarini yo‘qota 
olish kabi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ya bilmog‘i lozim. 
Bu esa psixologiya fanini o‘rganishning inson uchun qay darajada 
muhimligini ko‘rsatadi. Psixologiya fani oldida ham nazariy, ham amaliy vazifalar 
turadi. 
Uning nazariy vazifalariga: 
– psixik hodisalarning paydo bo‘lish xususiyatlarini o‘rganish; 
– uning mexanizmlari va qonuniyatlarini ilmiy jihatdan yoritib berish; 
– psixik jarayonlarni fiziologik jarayonlar bilan birga talqin qilish
–psixik hodisalarni hayotda, amaliyotda, turli faoliyatlar jarayonida paydo bo‘lishi 
omillarini o‘rganish; 
– intellekt (zehn, aql, idrok), abstrakt tafakkur qilish qobiliyatini shakllanishini 
tezlatish muammosini hal qilish; 
– insonda «mudrab yotgan layoqatlarni qobiliyat darajasida shakllanishini ilmiy 
asoslab berish»; 
– yangicha fikrlash, ya‘ni yangicha tafakkur qilishning psixologik masalalarini 
yoritib berish. Shuningdek, aqliy taraqqiyotga, kasb-hunar o‘rganishga, yosh va 
individual xususiyatlarni o‘rganish, ijodiy faoliyat, badiiy ijodiyot, mehnatda 
ijodning paydo bo‘lishi, axborot vositalari va pedagogik texnologiyaning bilim 
egallashga ta‘sirini o‘rganish, ta‘lim jarayonini takomillashtirish va uni hayotga 
tatbiq qilishdan iboratdir. 
Psixologiyaning amaliy vazifalari psixologik bilimlarni keng jamoatchilik 
ommasiga yetkazib berishdan iboratdir. Hozirgi sharoitda otaonalar, tarbiyachilar 
bola tarbiyasida psixolog-pedagoglarning psixologik bilimlariga muhtojdirlar. 
Turli yoshdagi bolalarning yoshlik va individual farqlarini ajratish, ularga 
individual munosabatda bo‘lish, iqtidorli bolalar bilan ishlash, yakka bola 
tarbiyasi, tarbiyasi qiyin bolalarga o‘zaro munosabat, turli yot oqimlarga kirib 
ketuvchilar bilan ishlash, sust o‘zlashtiruvchi bolalar bilan ishlash, psixik 


10 
rivojlanishida orqada qolgan, psixik taraqqiyoti tutilib qolgan yoki rivojlanishida 
kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan ishlash kabi masalalarda ruhiy taraqqiyot 
qonunlariga doir psixologik bilimlardan keng jamoatchilikni, ota-onalar, mahalla 
faollarini bahramand qilishdan iboratdir. 
Jamoatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilish, (ro‘znoma va oynoma) 
gazeta va jurnallarda maqolalar chop etish, radio va teleko‘rsatuvlarda turli 
eshittirishlar tashkil qilish, ota-onalar bilan suhbatlashish, shahar va viloyatlarda 
ota-onalar universitetlarini uyushtirish va uning ishini faollashtirish, mahallalarda 
bola tarbiyasi haqida ma‘ruza, davra suhbatlarini uyushtirish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish jamiyatimiz taraqqiyotida, komil insonni 
shakllantirishda, sog‘lom turmush tarzini barpo qilishda muhim rol o‘ynaydi. 

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling