Termiz davlat universiteti saidmuradova saxiba jalmuradovna nazar eshonqul asarlarida badiiy psixologizm


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyalari


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/32
Sana10.11.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1764089
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
Avtoreferat YANGI

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyalari. Tadqiqot natijalari 3 ta xalqaro, 3 
ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida, 3 ta OAK jurnallarida hamda 2 ta xorijiy 
jurnallarda eʼlon qilinadigan ilmiy maqolalar bilan aprobatsiyadan oʻtkaziladi. 
Tadqiqot natijalarining eʼlon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha 
jami 13 ta ilmiy ish; shulardan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya 
komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan 
ilmiy nashrlarda 6 ta maqola; jumladan, 3 ta respublika OAK jurnallarida, 3 ta 
xorijiy jurnallarda hamda 4 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarida, 3 ta respublika
ilmiy-amaliy anjumanlarida eʼlon qilingan. 
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch asosiy bob, 
toʻqqizta fasl, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat boʻlib, umumiy 
hajmi 134 sahifani tashkil etadi. 
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, 
tadqiqotning maqsad va vazifalari, obyekti, predmeti, ilmiy yangiligi va amaliy 
qimmati yoritilgan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, 


12 
tadqiqotning joriylanishi, natijalarning eʼlon qilingani hamda dissertatsiya tuzilishi 
haqida maʼlumotlar keltirilgan.
Ishning birinchi bobi “Zamonaviy oʻzbek nasrida badiiy psixologizm 
spetsifikasi va tadriji” deb nomlangan. “Badiiy psixologizmning ilmiy-nazariy 
asoslari” deb nomlangan birinchi faslda badiiy psixologizmga doir nazariy 
qarashlar bayon qilingan.
Badiiy asarlarning hayotiy haqqoniyati, jozibasi va taʼsirchanligining javhari 
boʻlgan psixologizm borasidagi mahorat masalasi ilgʻor jahon adabiyoti namunalari 
asosida ancha batafsil oʻrganilgan. Bu ayniqsa, yirik rus psixolog adiblari 
A.S.Pushkin, N.V.Gogol, L.Tolstoy, I.S.Turgenev, F.M.Dostoyevskiy, A.Blok, 
M.A.Sholoxov, M.A.Bulgakov kabi jahonshumul soʻz sanʼatkorlari yaratgan asarlar 
boʻyicha amalga oshirilgan fundamental tadqiqotlar sifatida eʼtiborga molik. Bunda 
rus adabiyotshunosligidagi yirik majmualar, alohida adabiyotshunos olimlar, 
masalan, G.Skvorsova, N.K.Gudziya, V.Kirpotin, I.Straxov, Z.P.Bezrukova, 
A.Skaftimov, 
M.B.Baxtin, 
S.G.Bocharov, 
T.S.Karayeva, 
K.Godovich, 
A.Matrunyonok, L.Ginzburg kabilarning tadqiqotlarida psixologizmning mashhur 
asarlardagi turli qirralari tadqiq va tahlil etilgan. 
Badiiy psixologizm masalalari hamda ilmiy-nazariy asoslarining muhim 
yoʻnalishlari zabardast rus adabiyotshunoslarining ishlarida ancha batafsil 
yaratilgan, deyish mumkin. Pushkin, Dostoyevskiy, Gogol, Tolstoy, Chexov kabi 
ulkan yozuvchilar ijodi haqidagi yirik tadqiqotlar kabi, Navoiy, Bobur, Fitrat, 
A.Qodiriy, A.Choʻlpon, Oybek, A.Qahhor singari milliy soʻz sanʼatkorlarining 
asarlari tahliliga bagʻishlangan ishlarda ayni vaqtda psixologizmning ayrim jihatlari, 
balki turlari boshqa adabiy komponentlar bilan yondosh holda aniqlangan. Bunday 
tadqiqotlarda, ayniqsa, Tolstoy, Dostoyevskiy, A.Qodiriy, Oybek, A.Qahhor kabi 
yirik psixologik nasr ustalari ijod mahsullarining tekshirilishi jarayonida 
psixologizm masalasining ancha batafsil tahlillari eʼtiborni tortadi. Dunyo 
adabiyotining eng kuchli psixolog adiblaridan biri F.M.Dostoyevskiy ijodi haqidagi 
yirik olimlar M.M.Baxtin va V.Ya.Kirpotinning monografik tadqiqotlari psixologik 
mahorat qirralarining yangidan-yangi jihatlarini aniqlab berganligi bilan ajralib 
turadi.
Nazar Eshonqul tabiatan ruhiy kuchli inson va adib sifatida oʻzi ixlos 
qoʻygan, asarlarini muttasil mutolaa qiladigan G.Flober kabi yuksak isteʼdodli 
ijodkor olamini mufassal biladi. N.Eshonqul fransuz yozuvchisining gʻoyaviy-badiiy 
konsepsiyasini yangilashga erisha olish bilan birga, unga oʻziga xos oʻzgarishlar 
ham kirita olgan. 
Bu oʻrinda G.Flober maʼnaviy olami, yozuvchilik karʼyerasi, muhimi, ruhiy 
dunyosi bilan bogʻliq jarayonlar talqini oʻz ifodasini topgan. N.Eshonqul bu ulkan 
psixologik, lirik tabiatli yozuvchining ruhiyatida hukmron va qatʼiy shakllangan 
adabiyotni muqaddas ilohiy neʼmat sifatida eʼzozlaydigan betakror psixologik 
fazilatlarini juda aniq va jozibali qilib talqin etgan. Floberning dunyo ahli sevib 
mutolaa qiladigan asarlari, ayniqsa, “Bovari xonim” romanida aks etgan, u mohirona 
qoʻllagan psixologik mahoratining rangin qirralari, psixologik, lirik tuygʻular, 


13 
dramatik obraz va majoziy talqinlar bilan uygʻunlashgan gʻoyaviy-poetik fazilatlari 
buni toʻla isbotlaydi. 
Ishning “Oʻzbek nasrida badiiy psixologik tasvir genezisi va taraqqiyot 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling