Termiz davlat universiteti saidmuradova saxiba jalmuradovna nazar eshonqul asarlarida badiiy psixologizm


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/32
Sana10.11.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1764089
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
Avtoreferat YANGI

tamoyillari” deb nomlangan faslida N.Eshonqul asarlariga xos his-tuyg‘ularning 
tashqi ekspretsiyasi, gallyusinatsiya, tush, nutqiy xarakteristikalar, psixologik 
portretlar asosida talqin batafsil tahlil qilingan. Bunday adabiy rakurs Istiqlol 
davrining Nazar Eshonqul, Xurshid Doʻstmuhammad, Isajon Sulton, Ulugʻbek 
Hamdam kabi yana bir necha isteʼdodli yozuvchilari faoliyatida kuzatilishi qayd 
etilgan.
Oʻzbek adabiyotida, jumladan nasrida badiiy psixologizm genezisi keng 
miqyosli masala ekanligi oʻz-oʻzidan ayon. Adabiy asarlarning yetakchi tasvir 
obyekti shaxs va insonning maʼnaviy olami, taqdiri va intilishlari boʻlsa, bu 
jarayonda yozuvchi tomonidan, albatta, psixologik tasvir imkoniyatlaridan keng 
miqyosda foydalanilishi tabiiydir.
Nazar Eshonqul oʻzining badiiy asarlari kabi ilmiy-nazariy ishlarida ham 
adabiyotning maʼnaviy masala, ruhiy manzaralarini noziklik va hassoslik bilan 
tasvirlashdan iborat ekanligini alohida uqtiradi. Masalan, u “Ijod va men” nomli 
salmoqli maqolasida adabiyotning birinchi talabi 

“adabiyot hamisha ezgulik 
tarafida boʻlgan va ezgulikni himoya qilgan, ruhni ezgulik tomon boshlagan” deb 
qayd qiladi va bu masalaning, yaʼni ijodning, adabiyotning, eng avvalo, axloqiy, 
maʼnaviy, ilohiy va ruhiy dunyo mahsuli ekanligi haqidagi qarashlarini yanada 
batafsil ifodalashga harakat qiladi. Oʻzining nozik kuzatishlarida, har bir badiiy 
asarda yetakchi obrazlar tilining lugʻat tarkibi oʻta individuallashtirilgan boʻladi. 
Individuallashtirish qahramonlar nutqining mazmunidan tashqari, xarakterlarning 
chuqur psixologik tasvirini beruvchi nutqiy xarakteristikaning qator vositalari – 
ohang, temp, pauza, intonatsiya orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bosh 
qahramonlar nutqiga va faqat ularning oʻziga xos psixologik xususiyatlari, shu bilan 
birga, ayni paytdagi qalb holati, oliy kayfiyatlari ham oʻz ifodasini topadi. Shu 
maʼnoda, ezilgan cholning majruh ruhidagi nutqida oʻzi yashagan mustabid davr 
fojialari kinoyaviy, ayblov, yozgʻirish ohangida ifoda etilgan. 
N.Eshonqulning yozuvchilik karʼyerasida, uning psixologik mahoratida 
qahramonlari “qalb dialektikasi” talqinlari tizimida ichki ruhiy monologlardan, 
nutqiy xarakteristika turlaridan unumli foydalanish tamoyillari yetakchi xarakterga 
ega. Hatto u, obrazlarning ovoz intonatsiyasi, ohangida hamma vaqt psixologik 
vazifani bajaradigan usulni qoʻllaydi. Chunki, ovozdagi nozik, bilinar — bilinmas 
tovlanishlar, ottenkalar ham qahramon ichki dunyosidagi eng chuqur ruhiy 
oʻzgarishlarni oʻzida aks ettiradi. “Maymun yetaklagan odam” hikoyasidagi rassom 
chol iztiroblari davomida ham buni kuzatish mumkin: “Daromad kamaygan, sadaqa 
soʻrash koʻpaygan, bora-bora odamlar oldingi boshliqni afsus bilan eslashgan, uning 
toʻgʻri yoʻl tanlaganini anglashgan. Xoʻsh, ayting-chi, bu erda nima yaxshilig-u
nima yomonlik? Buni qanday farqlasa boʻladi? Biri odamlarni oʻylab, qonunni 
suisteʼmol qildi, ikkinchisi qonunni oʻylab odamlarni xarob qildi. Men bu erda qaysi 
biri yomonlik, qaysi biri yaxshilik, hech farqlay olmayman. Umrim davomida ham 
buni farqlay olmadim”. Jabrdiyda cholning bunday yanada ayanchli 


14 
xarakteristikasi mazmuni oʻtmishning qora ishlarini yana bir qadar chuqurroq 
anglashga yordam beradi. 
Uchinchi fasl“ Badiiy psixologizmning voqelanish shakllari va takomili” deb 
nomlangan. 
Nazar Eshonqul asarlarida voqelangan badiiy psixologizm hodisasini va uning 
takomillashuvini unga hamohang badiiy uslublar bilan sinkretiklikda ilmiy tadqiq 
etish hamda shu orqali adib ijodining adabiyotimiz taraqqiyotidagi oʻrnini, komil 
insonni tarbiyalashdagi amaliy ahamiyatini tayin etishdan iborat boʻladi.
Yozuvchi tush poetikasining badiiy asarlardagi oʻziga xos shakllarda 
qoʻllanilishini, uning inson psixologiyasidagi oʻrnini chuqur va ijodiy tasavvur 
qiladi. Shu boisdan ham, adib yaratmalarida tush poetikasining turfa 
nominatsiyalardagi talqinlariga guvoh boʻlamiz. Adabiyotshunos N. Choʻliyeva
oʻzining nomzodlik dissertatsiyasida Nazar Eshonqulning milliy va umumjahon 
adabiyoti anʼanalarining sinkretik tarzdagi fazilatlaridan ijodiy foydalanib, amalga 
oshirayotgan adabiy yutuqlarini umumlashtirar ekan, obrazlar olamini talqin etishda 
oʻziga xos betakror rakurslardan foydalanishini taʼkidlaydi.
7
-toʻshakda uzoq vaqt uyqu kelmay, u yoqdan-buyoqqa agʻanab yotadi; 
-soʻngra xuddi parda ortiga oʻtgandek alogʻ – chalogʻ tushlar girdobiga 
agʻanab tushadi; 
-aslida u, xayol tasavvurida, ayanchli taqdiridagi voqealar istifodasi ekanligini 
sezib, anglab yotadi; 
-bu gʻaroyib, azobli tush aslida hayotda roʻy berayotgan real voqelikka 
oʻxshardi. 
Yozuvchi bu tush sohibi “goh N.ning oʻzi, goh mutlaqo begona odam boʻlib 
tuyulardi” deb izoh beradi. 
“Goʻroʻgʻli yohud hayot suvi” romani qahramoni N.ning uzluksiz tushlarida 
uning oʻta fojiali hayoti, ogʻir ruhiy azoblar siyosati makon va zamon orasida ham, 
hatto, makon va zamon chegarasidan tashqi holatlarida ham, ixtiyoriy va ixtiyorsiz 
shakllarda, bevosita va bilvosita holda sodir boʻladi. Yozuvchi bu bilan N. boshiga 
tushgan koʻrguliklar, uzluksiz ruhiy – psixologik xoʻrliklar bu dunyoga 
sigʻmaydigan fojialar zanjiridan iborat ekanligini uqtirmoqchi. Mashhur psixoanaliz 
bilimdoni va asoschilaridan biri Zigmund Freydning uqtirishiga koʻra, 
psixoanalizning inson faoliyatini uning barcha olamlari; oʻtmish – bugun, yoshlik – 
keksalik davrlari, ezgulikning yovuzlik bilan, yaxshilikning yomonlik bilan aloqador 
psixologik jarayonlarini bir butunlikda qamrab olish voqeligini oʻzida mujassam va 
yaxlit ifoda eta oladigan xususiyatdir. 
Mustabid davlatning mutasaddilari davlatning, xalqning mulkini yanada talon-
taroj qilish niyatida deputatlikka saylanmoqchi boʻlayotgan munofiqlarning 
aqidasicha, ular bir-biriga “Sizga, jigarim, maslahatim shu, qonunni hech qachon 
tushunarli qilib yozmang”,- deya “qimmatli” maslahat berardi.
Dunyo oʻzining sirliligi bilan maroqli; mushtingizni koʻrsating-u ichida nima 
borligini hech qachon bildirmang, deb bilagʻonlik qilishni aʼlo darajada 
7
Чўлиева Н. Ижодкор маҳорати ва жанр поэтикаси. (Назар Эшонқул қиссалари мисолида) Филология фанлари 
бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.автореферати. Қарши-2020 й, 15-бет.


15 
uddalashardi.
8
Gʻanimlarning vakillari aytgan “Hamma narsasi oydin boʻlgan qonun 
hukumatning boshini yeydi” — degan iddao shoʻro siyosati qonunlarining inson 
manfaatiga emas, aslida uni qullik, qaramlikda saqlash vositasi boʻlganligini shu 
biryoqlama, mustabidlik hidi kelib turgan qonunlar haqidagi qarashlardan ham bilish 
qiyin emas. Yozuvchi buni gʻanimlar psixologik holatlari ifodasida koʻrsatib bera 
olgan. 
Ishning ikkinchi bobi “Qissa va hikoya janridagi asarlarda badiiy 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling