Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta


Traxeya – shoxlangan naychalar sistemasidan iborat bo‘lib ichga qayrilib


Download 1.03 Mb.
bet8/13
Sana30.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1309599
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
“Xelitseralilar Chelicerata kenja tipi sistematikasi, filogeniyasi

Traxeya – shoxlangan naychalar sistemasidan iborat bo‘lib ichga qayrilib, ustigma teshikchasi orqali tashqari bilan tutashgan. Bu xildagi organ o‘pkaning o‘rnida joylashgan.
“O‘rgimchak bo‘rtmasi” 2-3 yoki 4 juft oyoqchalarning qoldig‘idan rivojlangan. “Bo‘rtma” o‘simtalarining uchida xitinlashgan juda ko‘p naychalar bor. O‘rgimchak tolasi hosil qiluvchi bezlarning yo‘llari shu naychalarga ochilgan. Tola hosil qiluvchi bezlarda juda ko‘p bo‘lib, ular qorinchaning ichki qismida joylashgan. Bezlardan ajralgan suyuq modda havoda qotib, tolaga aylanadi. Ko‘pincha yuzlab naychalardan ajralgan tolalarni o‘rgimchak birlashtirb, yo‘g‘onroq va mustahkam ip hosil qiladi. Bir qancha o‘rgimchaklar har xil toladan turli maqsadda foydalanishadi. Ovlash maqsadida ajratiladigan yopishqoq tolalar uzoq vaqt qotmaydi. O‘rgimchak tolasi juda chidamli (u tabiiy ipakdan 2-6 barobar chidamli) va pishiqligi aniqlangan. O‘rgimchaklar toladan tuzoq qurish, uya yasash, bir daraxtdan ikkinchisiga o‘tadigan “arqon yo‘li” o‘tkazish yoki tuxum qo‘yadigan pilla yasash kabi maqsadlarda foydalanadi. Ko‘pchilik yosh o‘rgimchaklarning ajratgan paxtasimon tolasi ularning avlodlarini boshqa oblast va qit’alarga tarqatuvchi “parashyut” vazifasini ham o‘taydi.
O‘rgimchaklarning hazm organlari turli hasharot va mayda hayvonlaning tana suyuqligini so‘rib ovqatlanishga moslashgan. Kalta qizilo‘ngach boshko‘krak qismidagi “so‘ruvchi” oshqozonga tutashgan. Bu organ esa oshqozonning oldingi qismidan 5 juft “ko‘richak o‘simtalari” hosil qilingan. Ushbu o‘simtalar bosh tomoniga va oyoqlarning ichki qismigacha o‘sib kirgan. So‘rib olingan oziq “zapasi” mazkur o‘simtalarda saqlanib hazm bo‘ladi. Qorincha qismi orqali o‘tgan ichak anal teshigiga ochilgan. Ichakning oldingi qismiga “jigar” deb nomlangan organ tutashgan. Jigar ham oziqni hazm qilishda aktiv qatnashadi.
“Koksal bezlari” (ayirish organlari) oldingi oyoqlarning ostiga ochilgan. Bir qancha turlarida “koksal bezlari” bo‘lmaydi. Bularda “Malpigi naychalari” tipidagi ayirish organlari bo‘lib, buning yo‘li ichakka ochilgan. Qon aylanish sistemasi qorinchaning yelka tomonida joylashgan naychasimon yurak va kalta qon tomirlaridan tuzilgan. Yurak perikardiy bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, mazkur bo‘shliqqa to‘plangan qon – maxsus teshikchalar orqali yurak ichiga o‘tib, undan tanaga tarqaladi.
Nerv sistemasi “miya” deb nomlangan kata halqum usti nerv bo‘g‘imi va u bilan tutashgan halqum osti bo‘g‘imidan iborat bo‘lib, bular qorin nerv zanjirining markazlanishi natijasida rivojlangan. “Miya”dan ko‘zlarga, sezuv tukchalari va boshqa organlarga nervlar tarqalgan. To‘rt juft ko‘zlarning ikki jufti kattaroq, ikki jufti kichik, ular har xil turlarida turlicha joylashgan. O‘rgimchaklar hayotida ko‘zlarga nisbatan teri sezuv va hid sezuv organlari muhimroq rol o‘ynasa kerak.
Tanasida, ayniqsa, xeletsera, pedapalp va oyoqlaridagi juda ko‘p tukchalar teri sezuv va hid sezuv organlari vazifasini o‘taydi.
O‘rgimchaklar hasharotlar (pashsha, hatto katta qo‘ng‘iz va boshqalar)ni maxsus to‘qilgan tuzoq yordamida ovlaydi. Ovning tuzoqqa ilinishida tuzoq tolasining yopishqoqligi ma’lum ahamiyatga ega. O‘rgimchak ancha uzoqdan ov poylaganligidan maxsus “signal tolasi” uni tuzoq bilan tutashtiriladi. Ov ilinganligini mana shu tola bildiradi va o‘rgimchak tezdan yetib kelib, ovni tolalari bilan o‘rab bog‘lay boshlaydi va uni chaqib o‘ldiradi.
Zahar bezining ta’sirida ovlangan hashorat tanasidagi hamma to‘qimalar “erib” suyuqlikka aylanadi. Bir oz vaqt o‘tgach, o‘rgimchak ov tanasini teshib, mazkur “pishgan” oziqni so‘rib oziqlanadi.
Turli o‘rgimchaklar turli xil va turli shaklda tuzoq to‘qiydi. Ba’zi katta o‘rgimchaklar (masalan, qushxo‘r o‘rgimchak) ovni “maydalab” yeydi; u mayda qushlardan tashqari baqa, kaltakesak, sichqon kabi hayvonlarni ham bemalol tutib yeyishi mumkin.
O‘rgimchaklar ko‘payish vaqtida o‘z tuxumlarini maxsus toladan to‘qilgan pilla ichiga qo‘yadi (pillalar bir necha mm dan 2 sm gacha kattalikda). Har bir pillaning ichiga 10-15 tadan 1000 tagacha tuxum qo‘yadi. Bir qancha o‘rgimchaklar tuxum qo‘yish uchun maxsus uya yasaydi. Ko‘pchilik turlarida nasl uchun qayg‘urish rivojlangan.

Qorinchaning oldingi qismiga birmuncha murakkab tuzilgan jinsiy organlarning yo‘llari va ichiga qayrilgan ikki juft nafas olish naychalarining teshikchalari (stegmalar) ochilgan. Qo‘shilish vaqtida erkaklari o‘z spermatozoidini spermatofora ipchasiga aylantirib, urg‘ochisining jinsiy yo‘li (sperma qabul etuvchi bo‘limi)ga joylaydi. Urg‘ochilari otalangan tuxumlarini jinsiy yo‘lidan tananing tashqi tomoniga qayrilib, hosil bo‘luvchi qopchig‘iga qo‘yadi. Tuxumlari shu vopchiqning ichida oziqlanib rivojlanadi.
Soxta chayonlar yirtqich; ular turli mayda umurtqasizlar, chuvalchanglar, mayda hashoratlar, hatto o‘zidan bir necha marta katta pashsha va ari kabi hashoratlar bilan ovqatlanadi. Shu bilan ular ma’lum darajada foyda yetkazadi. Bu turkumga mansub o‘rgimchaksimonlar ko‘p tarqalgan. Ularning mingdan ortiq turlari ma’lum.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling