Ovqat hazm qilish sistemasi
og‘iz teshigi, halqum, muskulli oshqozon, o ‘rta ichak va orqa ichakdan iborat. Halqumi va muskulli chaynovchi oshqozoni yirik tishchali kutikula bilan qoplangan. Maydalangan oziq o‘rta ichakka tushadi. 0 ‘rta ichakka ikki juft jigar yo'li ochiladi. Jigar kuchli rivojlangan; juda ko‘p marta tarmoqlangan naychalardan iborat. Mayda oziq zarralari jigar hujayralarining fagotsitoz qilishi tufayli hazm bo'ladi. Orqa ichak dum o'simtasining asosida anal teshigi orqali tashqariga ochiladi.
Qon aylaiish sistemasi hamma bo‘g ‘imoyoqlilarga o ‘xshash ochiq bo'ladi. Yuragi naysimon b o ‘lib, sakkizta ostiylar, ya’ni yurakoldi bo ‘lmasiga ochiluvchi teshiklar bilan ta’ minlangan. Yurakning keyingi uchi berk; oldingi uchidan esa oldinga bitta aorta chiqadi. Aortadan to‘rtta kalta yon arteriyalar chiqadi. Bu arteriyalar yana ikkita yirik arteriyalarga birlashadi. Gemolimfa arteriyalardan ichki organlar oralig'idagi bo‘shliqqa quyiladi. Tana bo ‘shlig‘idan gemolimfa anuslargayig'iladi va u yerdan yurakoldi bo'lmasiga, so'ng ostiylar orqali yurakkaboradi. Nafas olish pigmenti gemotsianin tufayli gemolimfa ko'kish rangli bo'ladi.
Nerv sistemasi bosh miya, halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Bosh miyasi ancha murakkab tuzilgan; unda ko'rish nervlari bilan bir qatorda xelitseralilarda yo'qolib ketgan antennullalami boshqaruvchi gangliylar qoldig'i ham bo'ladi. Halqum atrofi halqa nerv konnektivalari xelitseralar, ko‘krak oyoqlar va jabra qopqoqchalarini innervatsiya qiladi. Qorin nerv zanjirida 6 ta nerv gangliysi bo'lib, ulardan oxirgisi yirikroq va bir necha gangliylaming qo‘shilishidan hosil bo'lgan. Qorin nerv zanjiridan chiqadigan qorin nervlari nerv tomirlari orqali o'zaro tutashgan. Qilichdumlilaming ikki juft ko‘zlari bor. Ulardan bir jufti oddiy ko'zlar bo ‘lib, ular boshko 'krakning ustida, markaziy chiziqdan ikki tomonda joylashgan. Buko'zlamingyonida yirik ikkinchi juft ko'zlar joylashgan. Yirik ko'zlar o'ziga xos tuzilgan. Ular juda ko'p mayda ko'zchalardan tarkib topgan bo‘lsa-da, lekin tiniq umumiy kutikula Ьйап qoplangan va alohida qismlarga ajralmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |