Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta
Solpugalar (Solifugae) turkumi
Download 1.03 Mb.
|
“Xelitseralilar Chelicerata kenja tipi sistematikasi, filogeniyasi
Solpugalar (Solifugae) turkumi.
Salpuglar boshqa o‘rgimchaksimonlarga qaraganda ancha katta (1-7 sm gacha) yirtqich bo‘g‘imoyoqlilar bo‘lib, asosan issiq iqlimli rayonlarda ko‘p tarqalgan. Bularning bir necha turi O‘rta Osiyo respublikalari, Zakavkaze, Shimoliy Kavkaz va Janubiy Ukrainada va Rossiyaning o‘rta iqlimli rayonlarida tarqalgan. Salpugning bo‘g‘imlashgan boshko‘krak qismi qorinchadan to‘la ajralgan va bosh qismi qattiq qalqon bilan qoplangan. Boshida bir juft ko‘z, qorin tomonida juda katta va o‘tkir tirnoqlar bilan qurollangan xeletsera (hujum va himoya quroli) bo‘lishi, oyoqsimon tuzilgan pedapalplari xilma-xil vazifalar bajarish (sezish, harakatlanish, ovqat tutish)ga moslashgan. Yaxshi rivojlangan to‘rt juft oyoqlari, xeletsera, pedapalplari va tanasi juda ko‘p sezuv tukchalari va boshqa sezuv o‘simtalari bilan qoplangan. O‘n bo‘g‘imli qorinchaning oldingi bo‘g‘imiga bir juft jinsiy teshikchalar va har bir bo‘g‘imida bir juftdan nafas olish teshikchalari – stigmalar ochilgan. Nafas olish organi traxeya naychalari sistemasi shaklida tuzilgan bo‘lib, juda yaxshi tarqqiy etgan. Murakkab shoxlangan bu organga stigmalar orqali havo kirib turadi. Mazkur organning tuzilishi bilan ular boshqa o‘rgimchaksimonlardan keskin farqlanadi; boshqa ichki organlari ko‘p jihatdan o‘rgimchaksimonlar tipida tuzilgan. Erkak salpug qo‘shilishi paytida o‘z spermatoforasini urg‘ochisining jinsiy yo‘liga joylashi bilan tezda qochib ketadi. Aks holda “serishtaha” urg‘ochisi uni tutib yeydi. Urg‘ochisi uyaga 30 tadan 200 taga tuxum qo‘yadi. Lichinka davri bo‘lmaydi. Tuxumdan chiqqan mayda bolachalari bir necha marta po‘st tashlab o‘sib, voyaga yetadi. Salpuglarning ko‘pchiligi kechasi yashaydi, serharakat; turli hashoratlar, mayda sudralib yuruvchilar, hatto sichqon va oqtishlilar kabi mayda sut emizuvchilar bilan ovqatlanadi. Ular juda ham xo‘ra bo‘lganligidan zararli hashoratlarni qilib, ma’lum darajada foyda yetkazish mumkin. Bularning kunduzi yashaydigan turlari ham ma’lum. Sirtdan ko‘rinishida ancha katta va vahimali bo‘lgan bu o‘rgimchaksimonlar ko‘p afsonalar to‘qilishiga sabab bo‘lgan. Aslida ularda hech qanday zahar bezlari yo‘q. Ayrim hollarda himoya maqsadida odamni “tishlagan” salpuglarning xeletserasi tekkan joyda shish paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur shish xeletseraga yopishgan mikroblar kirishi natijasida paydo bo‘lib, tezda tuzaladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling