Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta


Jinsiy sistemasi va rivojlanishi


Download 1.03 Mb.
bet7/13
Sana30.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1309599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
“Xelitseralilar Chelicerata kenja tipi sistematikasi, filogeniyasi

Jinsiy sistemasi va rivojlanishi. Qilichdumlilar ayrim jinsli; jinsiy bezlari juft bo'lib, bir-biri bilan tutashgan naysimon xaltachalardan iborat. Jinsiy teshigi birinchi qorin segmentida jabra qopqoqchalarining ostiga ochiladi. Embrional rivojlanishi metamorfoz orqali boradi. Lichinkasining ko'krak segmentlari to'liq rivojlangan, lekin qorin qismi uncha yaxshi rivojlanmagan. Lichinkasida dum o ‘simtasi o ‘miga dum qalqoni rivojlangan. Tashqi ko'rinishi bilan lichinka trilobitalarga birmuncha о ‘xshash bo‘lganidan trilobitasimon lichinka deyiladi. Qilichdumlilar tropik va subtropik dengizlarda, xususan Adantika okeanining Shimoliy va Markaziy Amerika qirg'oqlarida, Tinch okeanining Malayya arxipelagi, Hindi-Xitoy, Filippin yaqinida hamda Yapon orollari atrofida uchraydi. Ular suvning qirg‘oqqa yaqin joylarida 4-6 m chuqurlikda yashaydi.

4-rasm. Qilichdumlilar vakillari.

1.4. O‘rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi аsosiy turkumlari va muhim vakillari.
O’rgimchaklar–Aranei turkumi xilma-xil, keng tarqalgan hayvonlar. Ko‘pchiligi bir yil umr ko‘radi; tuxum qo‘yib, qishda halok bo‘ladi. Tuxumlari yoki yosh o‘rgimchaklar qishlab qoladi. Tropik mintaqalarda tarqalgan qushxo‘r o‘rgimchak 7-8 yildan 20 yilgacha umr ko‘radi. O’rgimchaklar ko‘pchilik turlarining zahari odam va issiq qonli hayvonlarga ta′sir etmaydi. Butli o‘rgimchak bu sinfning tipik vakili hisoblandi. O‘rgimchaklar sinfi tuzilishi va hayoti bilan bir-birlaridan birmuncha farq qiladigan turkumlar: chayonlar, o‘rgimchaklar, salpuglar, soxta chayonlar, kanalar va bir necha turkumlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur sinf avlodlari bir qancha umumiy xususiyatlarga ega. Chunonchi, hamma xeletseralilar kabi bularda mo‘ylovlarning bo‘lmasligi, boshko‘krak qismidagi hamma bo‘g‘imlari birlashib, uning orqa tomoni boshko‘krak qalqoni bilan himoyalanganligi, haqiqiy jag‘lar o‘rnida oziqni ushlash va maydalash (kemirishkavshash)ga xizmat qiladigan o‘tkir tirnoqli kuchli, xitinlashgan xeletseralarining yaxshi taraqqiy etganligi bular uchun xos belgilardir. Bundan tashqari mazkur sinf vakillarida turli vazifalarni bajarishga moslashgan pedipalplarning bo‘lishi, boshko‘krakda joylashgan to‘rt juft oyoqlarining yaxshi rivojlanganligi, murakkab ko‘zlar o‘rnida bir necha juft sodda ko‘zlar mavjudligi, ko‘pchilik avlodlarida oldingi qorincha oyoqlarini nafas olish organiga aylanganligi va boshqa xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan organlar va umuman tananing tuzilishi ko‘pchilik parazitlik bilan hayot kechiruvchi kanalar turkumida turli darajada soddalashib, o‘zgarib ketgan. Umuman o‘rgimchaksimonlar o‘zlarining nihoyatda xilma-xilligi va turli sonining ko‘pligi (bularga 35 mingdan ortiq tur kiradi) jihatidan bo‘g‘imoyoqlilar o‘rtasida hashoratlar sinfidan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Ko‘pchilik turlari yirtqich. Ko‘pincha hashoratlar va boshqa umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Bir qancha turlari (kanalar) hayvonlar yoki o‘simlik tanasida parazitlik yoki tayyor mahsulot bilan oziqlanadi. Binobarin, bularda teri sezuv va hid sezuv vazifasini bajaruvchi sezuv tukchalari yaxshi rivojlangan.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling